44
Gidlarni tayyorlash jarayonining vazifasi - mutaxassislarni
malakali gid
qilish, ya’ni gid kasbining zaruriy bilim va ko‘nikmalariga ega bo‘lishi uchun har
bir mutaxassisga yordam berishdir. Bunda ishni shunday tashkil etish kerakki,
ekskursiya muassasasiga kelgan kishi o‘z mutaxassisligini
nafaqat saqlab qolsin,
shu bilan birga uni takomillashtirib, ekskursiya xizmatini
yaxshi tashkil etishi
uchun o‘z vazifasini mustahkamlasin.
Tarix o‘qituvchisi gid bo‘lganidan keyin tarixiy mavzuda ekskursiyalar
o‘tkazishi maqsadga muvofiqdir. Undan tabiatshunoslik
mavzusida ekskursiya
mavzusini tayyorlashni talab qilish noto‘g‘ri bo‘ladi. Bu mavzudagi ekskursiyalarni
mutaxassis – biolog, geograf tayyorlashi maqsadlidir.
Ekskursiya muassasalari va davlat muzeylari qoshida gidlarning malakasini
oshirish kurslari tashkil etilgan (tarixiy,
adabiyot, tabiatshunoslik, va sh.k.).
Masalan, Samarqand viloyatining Davlat muzey-qo‘riqxonasi
qoshidagi gid-
ekskursovodlarni tayyorlash o‘quv markazida 216 soatlik «Ekskursiya xizmatlarini
tashkil etish» qayta tayyorlash kursi tashkil etilgan bo‘lib, ushbu kursni
tamomlagan tinglovchilarga «O‘zbekturizm» MK tomonidan «Samarqand
shahri
gidi» ixtisosligi bo‘yicha qayta tayyorlash haqida guvohnoma beriladi. Hozirda
ushbu kursda 2013 yilda jami 116 nafar, 2014 yilda jami 107
nafar tinglovchi
o‘qidi.
Dostları ilə paylaş: