www.oriens.uz
April
2022
Keywords:
“Kolesov’s campaign”, “Bukhara news”, “Free Bukhara”,
“Foundation project”, “Central Executive Committee”, “Karakol case in Bukhara”,
“People's government”
KIRISH
O‘zbekiston milliy davlatchiligi taraqqiyotida 1920-1924 yillarda mavjud
bо‘lgan Buxoro Xalq Sovet Respublikasi (BXSR) muhim tarixiy bosqich ekanligi
ayni haqiqatdir. Biroq BXSR tarixini о‘rganishda davriy matbuotning manba bо‘la
olishi mavzusi tadqiqotchilar nazaridan chetda qolib kelayotir. Yuqoridagi fikrdan
kelib chiqib ta‘kidlash joizki, “Buxoro axbori” va “Ozod Buxoro” gazetalarining
BXSR tarixini о‘rganishdagi о‘rni va roliga alohida tadqiqot bag‘ishlash har jihatdan
о‘zini oqlaydi.
“Buxoro axbori” va “Ozod Buxoro” gazetalarida BXSRdagi siyosiy, ijtimoiy-
iqtisodiy va madaniy jarayonlarning turli sohalari hisoblangan hukumat boshqaruv
tizimi, aholi soni, ijtimoiy tarkibi, xalq salomatligi, xotin-qizlar muammosi, harbiy-
ma’muriy islohotlar, paxtachilik, qorakо‘lchilik, ipakchilik, milliy hunarmandchilik,
soliq va bank tizimlari, pul muomalasi, narx-navo, maktab va maorif tizimi, madaniy
oqartuv muassasalari faoliyati, tashqi aloqalar va hokazolar haqida muhim
ma’lumotlar mavjud.
I. BOB.
Buxorodagi iqtisodiy-siyosiy vaziyat va matbuotning ahvoli.
II. BOB.
“Buxoro axbori” va “Ozod Buxoro” gazetalari tarixiy manba sifatida
III. BOB.
Iqtisodiy va ijtimoiy masalalarni o‘rganishda “Buxoro axbori” va
“Ozod Buxoro” gazetalarining ahamiyati.
ADABIYOTLAR TAHLILI VA MANBALAR
“Buxoro axbori”ning 1920 yil 9 sentabrda bosmaxonadan chiqqan 1-sonida
“Maqsad va maslak” nomli muharririyat tomonidan bosilgan yirik maqolada:
“Gazetaning maqsadi buxoroliklarga inqilobimizning va uning amallarini, sabablarini,
uning qoida va fazilatlarini bir suratda tushuntirmakdan iboratdur... Shu barobar
kelajak ishlarining saodat va iqboli yо‘linda rag‘bat etib, Buxoroning obodlig‘ig‘a
xizmat yetmak” kabi fikrlar mavjud.
“Buxoro axbori” gazetasi о‘rniga 1923 yil oktabr oyi о‘rtalaridan boshlab “Ozod
Buxoro” gazetasi chop etildi. Yangi gazeta haqidagi rasmiy xabar “Buxoro
axbori”ning 211-soni (1923 yil 7 oktabr)dayoq “О‘quvchilar diqqatiga!” nomli e’lon
ostida ma’lum qilindi .
|