Oriental Renaissance: Innovative,
educational, natural and social sciences
VOLUME 2 | ISSUE 4/2
ISSN 2181-1784
Scientific Journal Impact Factor
SJIF 2022: 5.947
Advanced Sciences Index Factor
ASI Factor = 1.7
397
w
www.oriens.uz
April
2022
BUXORO XALQ SOVET RESPUBLIKASI TARIXINI O
‘
RGANISHDA
MATBUOTNING ROLI (1920-1924 y).
Raximov Sanjar Abdulloyevich
Samarqand Davlat Universiteti Tarix fakulteti II-kurs magistranti
ANNOTATSIYA
Muallif tomonidan mazkur maqolada Buxoro Xalq Sovet Respublikasi tarixini
xolisona va qiyosiy tahlil asosida о‘rganishda “Buxoro axbori” va “Ozod Buxoro”
gazetalarining manba sifatidagi ahamiyati haqida xulosalar berilgan. Matbuot
organlaridagi BXSR iqtisodiy tizimidagi qishloq xо‘jaligi (paxtachilik, chorvachilik,
ipakchilik, g’allachilik, qorakо‘lchilik), vaqf mulklariga munosabat, soliq siyosati,
bank tizimi, transport holati, tovar-pul munosabatlari kabi masalalarga oid
ma’lumotlarni o’rganilgan. Shuningdek bu manbalar asosida Buxoro Xalq
Respublikasi faoliyati davomida qishloq xo’jaligida paxta, g‘alla, chorvachilikni
rivojlantirish masalalarida hukumat tomonidan amalga oshirilgan ishlar yuzasidan
ma’lumotlar o’rganilgan. “Buxoro axbori” va “Ozod Buxoro” gazetalarida
BXSRdagi maishiy turmush muammolari, xalq salomatligi va xotin-qizlar masalalari,
harbiy
sohaga
doir ma’lumotlar tahlil qilingan. Ushbu gazetalardagi
ma’lumotlarning o’rganilishi natijasida Buxoro Xalq Sovet Respublikasi faoliyati
davomida amalga oshirgan ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy ishlar haqida ma’lumotlar
o’rganilib, “Buxoro axbori” va “Ozod Buxoro” gazetalari tarixiy manba sifatida
muhim ekanligi keltirib o’tilgan.
Kalit so’zlar:
“Kolesov voqeasi”, “Buxoro axbori”, “Ozod Buxoro”, “Vaqf
ishlari haqidagi loyiha”, “Markaziy revkom”, “Buxoroda qorakо‘lchilik ishi”, “Xalq
hukumati”