Rganishda matbuotning roli (1920-1924 y). Raximov Sanjar Abdulloyevich



Yüklə 65,12 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/7
tarix20.11.2023
ölçüsü65,12 Kb.
#161987
1   2   3   4   5   6   7
buxoro-xalq-sovet-respublikasi-tarixini-o-rganishda-matbuotning-roli-1920-1924-y

Oriental Renaissance: Innovative, 
educational, natural and social sciences 
 
VOLUME 2 | ISSUE 4/2 
ISSN 2181-1784 
Scientific Journal Impact Factor
 
 SJIF 2022: 5.947 
Advanced Sciences Index Factor 
 ASI Factor = 1.7 
400 
w
www.oriens.uz
April
2022
 
“Buxoro axbori” va “Ozod Buxoro” gazetalari BXSRdagi iqtisodiy jarayonlar 
va o‘zgarishlar, uning yangicha tarixiy sharoitdagi huquqiy asoslari haqida 
ma’lumotlar beruvchi muhim manbadir.
MUHOKAMA VA NATIJALAR 
“Buxoro axbori” va “Ozod Buxoro” gazetalaridagi “suv muammosi” bilan 
bog‘liq maqola, xabarlar, hukumat qarorlari tahlil qilinar ekan, respublikaning 
dastlabki yillarida bu masalaga e’tibor kuchli bо‘lib, 1921-1922 yillarda esa bu 
haqida ma’lumotlar kamroq keltirilganligi mamlakatdagi siyosiy va harbiy vaziyat 
bilan bog’liqdir. 
Gazetalardagi “Xitobnoma: Paxta va g‘о‘za ekinini ta’rif qildirmoq xususiyatda”, 
“Paxta mavsumi”, “Buxoroda paxtachilik ishini kо‘tarmoq uchun chiqarilgan qaror-
xitobnoma – 21”, “Butun kuch - iqtisodiy ahvolimizni kо‘tarish maydonig‘a”, 
“Paxtani qazodan saqlash masalasi”, “Buxoro Jumhuriyatidan paxta chiqarish 
haqida”, “G‘о‘za savdosi ochiqdur”, “Dallollar yordamidan foydalanish masalasi”, 
“Paxta mavsumig‘a hozirliq”, “Buxoro dehqonlarig‘a qarz berish”, «Bо‘nak 
masalasi», «Bо‘nak bermakni ma’n qilmoq xususiyatda» kabi maqolalar respublikada 
paxtachilikni rivojlantirish iqtisodiyotni tiklashning muhim omili bо‘lganligidan 
dalolat beradi. 
Paxta ekuvchi dehqonlarga imtiyozlar berish, paxtaning yangi amerika navini 
kо‘proq yetishtirish, paxta banklari ochish, dehqonlarni kooperativ tashkilotlar 
atrofida birlashtirish, paxta shirkatlarini tuzish va kengaytirish masalalarining 1924 
yil «Ozod Buxoro» sahifalarida keng miqyosda berilishi BXSRning iqtisodiy jihatdan 
xom ashyo yetkazib beruvchi mamlakatga aylanib borayotganligini anglatadi. 
Respublikada amerika navli paxta ekish afzalligi bir qatormaqolalarda 
qayd qilingan. «Azaldan g‘о‘za ekib kelar edik, g‘о‘za amriqoni paxtaga nisbatan 
kam foyda berar ekan. 1 tanob yerg‘a g‘о‘za ekilg‘onda 20 pud beradi. Buning pudini 
2,5 sо‘mdan sotg‘onda 50 sо‘m bо‘ladur. 1 tanob yerga ekilg‘on amriqoni urug‘ 15 
pud paxta berib, pudini 5 sо‘m sotg‘onda 75 sо‘m bо‘ladur».1924 yilda respublika 
viloyatlarida paxta ekiladigan maydonlar nisbati (tanob hisobida) gazetaning «Bu yil 
bizda paxtachilik ishlar nomli sarlavha ostidagi maqolada aniq keltirilgan. Manbalar 
ma’lumoticha, hukumat qancha tirishmasin izdan chiqqan paxtachilik sohasini о‘zi 
tuzgan istiqbolli rejalar va loyihalar asosida tiklay olmagan. Mamlakatda paxta hosili 
Birinchi jahon urushidan oldingi darajaga kо‘tarila olmaydi. 1923 yil kuziga kelib 
ekin ekiladigan yerlarning 80 foiziga urug‘ qadalgan va hosildorlik darajasi ham past 
bо‘lgan. Gazetalarning ma’lumoticha, BXSR xо‘jaligida paxtachilik sohasidan keyin 



Yüklə 65,12 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin