Rganishda matbuotning roli (1920-1924 y). Raximov Sanjar Abdulloyevich



Yüklə 65,12 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/7
tarix20.11.2023
ölçüsü65,12 Kb.
#161987
1   2   3   4   5   6   7
buxoro-xalq-sovet-respublikasi-tarixini-o-rganishda-matbuotning-roli-1920-1924-y

Oriental Renaissance: Innovative, 
educational, natural and social sciences 
 
VOLUME 2 | ISSUE 4/2 
ISSN 2181-1784 
Scientific Journal Impact Factor
 
 SJIF 2022: 5.947 
Advanced Sciences Index Factor 
 ASI Factor = 1.7 
401 
w
www.oriens.uz
April
2022
 
g‘allachilik tarmog‘i muhim o‘rin tutganligi anglashiladi. Biroq respublika aholisini 
о‘zi yetishtirgan g‘alla bilan ta’minlay olmagan. Bu haqida «Buxoro axbori» 
gazetasida yozilishicha: «Buxoro hukumati tomonidan turli joylardan oling‘on 
bug‘doy (200.000 pud) Buxorog‘a kelmakda. 44 vagon Peterskiydan, 21 vagon 
Orenburg va Orskdan Buxorog‘a uzatilib, hozirda 6 vagon yetib kelg‘on»; «Volga-
nakdiyot» shirkati vositasi bilan Krasnovodskka 2 paroxod bug‘doy kelg‘on.
Qishloq xо‘jaligining muhim tarmoqlaridan biri - chorvachilik bо‘lib, uning 
qorakо‘lchilik tarmog‘i haqida gazetalarda kо‘plab maqolalar uchraydi.
Chorvachilikning holati ham respublika yillarida amirlik davri darajasiga 
kо‘tarilmaganligi maqola va xabarlardan ayon bо‘ladi. Masalan, «1890 yilda butun 
mamlakatda turli nayel qо‘y hamda echkilar 800.000 adad bо‘lsa, 1916 yilda 2,5 
mln.ga qadar oshg‘ondur. 
Bugun (1923 yil) qо‘y va echkilar soni 500.000 dan ortiq emasdur, ya’ni 1916 
yilga nisbatan 5 barobar kamayib ketg‘on»,- deb yoziladi. «Buxoro axbori»da. «Ozod 
Buxoro»ning 7-sonidagi «Buxoroda qorakо‘lchilik ishi» maqolasidan esa: «20-
asrning boshlaridan 1913 yilg‘a qadar amirlikda har yili 1.500.000-2.000.000 
donagacha qorakо‘l teri yetishtirilg‘on. 1920 yilg‘a kelib, bu raqam 200.000 donaga 
tushib qolg‘on. Faqatgina 1922 yilda bu sohada biroz jonlanish bо‘lib, 800.000 dona 
qorakо‘l terilar yetishtirilg‘on», - tarzidagi ma’lumotlarni о‘qish mumkin. 
Mazkur maqola va xabarlar bilan tanishilar ekan, qorakо‘lchilik inqiroziga sabab, 
qо‘ylar sonining kamayishi, ichki urushlar tufayli qorakо‘l terilarining xorijga 
chiqarish keskin qisqarishi, ularga davlat tomonidan yuqori boj belgilanishi 
omillaridan voqif bо‘linadi.
1920-1922 yillarda qorakо‘l terisi yetishtirishdan daromad olmagan turkmanlar 
oddiy qо‘ylardek ularni sо‘yib yо‘qotganligi, xususiy tadbirkorlar esa о‘z mollarini 
Afg‘oniston orqali Angliya bozorlariga yashirin ravishda chiqarganliklari bilan 
bog‘liq qimmatli ma’lumotlar keltiriladi. «Buxoro axbori» va «Ozod Buxoro» 
gazetalarining bir qator sonlaridagi qishloq xо‘jaligi maxsulotlari narxi bilan bog‘liq 
ma’lumotlar orqali aholining turmush darajasi pasayib, narx-navo oshib ketganligidan 
xabardor bо‘linadi.
Ma’lumotlar orqali aholiniig turmush darajasi pasayib, narx-navolar oshib 
ketganligidan xabardor bо‘linadi. Yukoridagi jadvaldan kо‘rinib turibdiki, 3 yil 
davomida asosiy qishloq xо‘jaligi mahsulotlarining narxi muttasil о‘sib borgan, 
pulning qadrsizlanishi jarayoni kuchaygan. 

Yüklə 65,12 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin