80
ishlash va tadbirlar bo‘limi boshlig‘i N.Abduvaxidova
“Yangi O‘zbekistonning
taraqqiyot strategiyasi”
mavzusidagi prezentaziyada:
Harakatlar strategiyasi doirasida, avvalo, inson huquqlarini ta’minlash, davlat
tashkilotlarining
faoliyati, mas’uliyati va shaffofligini kuchaytirish hamda fuqarolik
jamiyati institutlari, ommaviy axborot vositalarining roli,
aholi va jamoat
birlashmalarining siyosiy faolligini oshirish borasida ulkan tadbirlar amalga oshirildi.
Haqiqiy bozor iqtisodiyotini barpo etish maqsadida tashqi savdo, soliq va moliya
siyosati liberallashtirildi, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash
va xususiy mulk
daxlsizligini kafolatlash tizimi yaratildi, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini chuqur qayta
ishlashni tashkil etish hamda hududlarni jadal rivojlantirish ta’minlandi.
Aholi turmush darajasini oshirish va kambag‘allikni kamaytirish davlat siyosatining
eng muhim ustuvor yo‘nalishlaridan biri sifatida tan olinib, yangi va munosib ish
o‘rinlari yaratish, aholini malakali tibbiy va ta’lim
xizmatlari, munosib yashash
sharoitlari bilan ta’minlash holati yaxshilandi.
Muxtasar aytganda, 2017–2021 yillar mobaynida amalga oshirilgan Harakatlar
strategiyasi natijasida yangi O‘zbekistonni barpo etishning
zarur siyosiy-huquqiy,
ijtimoiy-iqtisodiy va ilmiy-ma’rifiy asoslari yaratildi.
Natijada mamlakatimizda jamiyatimiz rivojining keyingi bosqichiga o‘tish ehtiyoji
paydo bo‘ldi. Ya’ni, xalqimiz turmush darajasini yanada oshirish, iqtisodiyot tarmoq
va sohalarini transformatsiya qilish, tadbirkorlikni jadal rivojlantirish,
inson
huquqlari, manfaatlarini so‘zsiz ta’minlash hamda faol fuqarolik jamiyatini
shakllantirishga qaratilgan islohotlarning ustuvor yo‘nalishlarini belgilash maqsadida
Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan “2022-2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi
O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi” va uni “Inson qadrini ulug‘lash va faol
mahalla yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi tasdiqlangani tog’risidagi
ma’lumotlarni aytib o’tdi .
Taraqqiyot strategiyasi 2021 yilda o‘tkazilgan
Prezident saylovida Shavkat
Mirziyoyev tomonidan
Dostları ilə paylaş: