Avzu: Huquqiy madaniyat milliy va umuminsoniy qadriyatlar



Yüklə 23,44 Kb.
tarix26.10.2023
ölçüsü23,44 Kb.
#161700
huquqiy madaniyat


Mavzu:Huquqiy madaniyat. milliy va umuminsoniy qadriyatlar.
Reja:

1. Inson huquqlari madaniyati


2. Qadriyatlar.
3. Milliy va umuminsoniy qadriyatlar mushtarakligi.
4. Qadriyatlarni jamiyat, millat hayotidagi o’rni
Inson huquqlari madaniyati — shaxs kamolining muayyan sifat pog‘onasini bildiradi. U o‘z doirasiga insonning g‘oyaviy saviyasini, huquqiy bilim va madaniyatini, siyosiy tajribasini, siyosiy-ijtimoiy hodisalarga bo‘lgan munosabatini, huquqiy bilimlarining haqiqiyligiga bo‘lgan ishonchi hamda hayotdagi faol huquqiy xulq-atvor darajasini qamrab oladi.
Inson huquqlari madaniyati jamiyatning ma’naviy madaniyati tarkibiga kirgan holda, huquqiy ong, huquqiy madaniyat va inson huquqlari bilan uzviy bog‘liqdir.
Ta’kidlash joizki, “huquqiy madaniyat” va “inson huquqlari madaniyati” bir xil tushunchalar emas, lekin jamiyat ma’naviy madaniyatining asosiy tarkiblari sifatida bir-biri bilan uzviy bog‘liqdir. Shu bilan birga, jamiyatda huquqiy madaniyatning shakllanishida inson huquqlari madaniyati ahamiyatli rolni bajaradi.
Huquq o‘z-o‘zidan inson huquq va erkinliklarini ro‘yobga chiqarishda eng muhim omillardan biri sanalsa, huquqiy ong va huquqiy madaniyat inson huquqlari real va unumli amalga oshishiga ta’sir qiladi. Inson huquqlari madaniyati esa jamiyatda inson huquq­larini ro‘yobga chiqarish kafolatidir.
Jamiyatda inson huquqlari madaniyatining yuksak pog‘onasiga erishish fuqarolarning o‘ziga bog‘liq bo‘lib, bu — har bir fuqaroning o‘z huquq va erkinliklarini yaxshi bilishi, huquqiy hujjatlardan o‘z vaqtida xabardor bo‘lishi, huquq va erkinliklarini himoya qi­lish borasida ma’lum bir malaka, qobiliyat va bilimga ega bo‘lishi, ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlarga o‘z munosabatlarini erkin bildira olishi, qonunlarga so‘zsiz rioya etib, boshqalarning huquqlarini hurmat qilishidir.
Inson huquqlari madaniyatining shakllanishiga aholi qatlamlarining mavqei, manfaati, yoshi, bilimi, jinsi, kasb-kori kabi bir qator ijtimoiy omillar ta’sir etadiki, ushbu xususiyatlar inson huquqi madaniyatiga o‘ziga xos yondashishni taqozo qiladi.
Inson huquqlari madaniyati demokratik huquqiy davlatni shakllantirishi va adolatli fuqarolik jamiyatini vujudga keltirishi barobarida shaxsning har tomonlama kamol topishi uchun muhit yaratish, zarur mehnat va hayot sharoitini, siyosiy erkinlikni ta’minlashga yordam beradi. Bu holat, umuminsoniy ahamiyatga ega bo‘lgan huquqiy va ma’naviy kafolatlarni, ya’ni rost­go‘ylik, insof, diyonat, ezgulik, shafqat, vijdon, insoniy qadr-qimmat va tanlov erkinligini qamrab oladi.
Shaxsda inson huquqlari madaniyatini shakllantirish uchun eng birinchi o‘rinda huqu­qiy tarbiya va huquqiy ta’limga katta ahamiyat berish lozim. Mamlakatimizda istiqlolga erishgan ilk kunlarimizdanoq huquqiy tarbiya dolzarb masalalar qatoriga kiritilgan va bu borada amalga oshirgan ishlarimiz fuqarolik jamiyatini qurishda katta ahamiyat kasb etmoqda.
Masalan, Prezidentimizning 1997 yil 25 iyundagi “Huquqiy tarbiyani yaxshilash, aholining huquqiy madaniyati darajasini yuksaltirish, huquqshunos kadrlarni tayyorlash tizimini takomillashtirish, jamoatchilik fikrini o‘rganish ishini yaxshilash haqida”gi Farmoni hamda Oliy Majlisning 1997 yil 29 avgustdagi Jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish Milliy dasturi hozirgi kunga qadar aholini huquqiy ongi va madaniyatini yanada yuksaltirishda eng asosiy hujjat sifatida amal qilmoqda.

Shuni alohida ta’kidlash mumkinki, rahbarlar va mansabdor shaxslarning xulq-atvori jamiyatda inson huquqlari madaniyatini shakllantirishga juda katta ta’sir qiladi.

Ayni chog‘da inson huquqlari madaniyati, umuminsoniy madaniyatning tarkibiy qismi bo‘lib, u umumiy madaniyatning shunchaki bir qismi emas, balki uning o‘zagi, tub negizi va asosidir. Shuning uchun ham inson huquqlari madaniyatini shakllantirishga faqat huqu­qiy tarbiyani amalga oshirish va huquqiy targ‘ibotlarning sifat darajasini ko‘tarish orqaligina erishish mumkin.
Qadriyatlar tushunchasi nihoyatda xilma-xil ma‘noda turli soxalarda qo’l-laniladi. Qadriyatlar to’grisidani fan bu aksio-logiyadir. Bu atama ilmiy bilimlar soxasiga o’tgan asrning ik-kinchi yarmida nemis aksiologii E.Gertman va frantsuz olimi P.Lapi tomonidan kiritilgan. Garbda bu atama grekcha «qadriyat» va «fan», «ta‘limot» tushunchalariga asoslanadi. qadriyatni aksiologik nuqtai–nazardan talqin qilish, uning kategoriya sifatidagi mazmuni, ob‘ektiv asosi va sub‘ektiv jihatlari, namoyon bo’lish shakllari va xususiyatlarini o’rganishga imkon beradi.

Qadriyat kategoriyasi buyum yoki narsalarning iqtisodiy qimmatini ifodalaydigan tushunchadan farq qiladi. qadriyatlar inson uchun biror ahamiyatga ega bo’lgan vokelikning shakllari, narsalar, voqealar, jarayonlar, holatlar, sifatlar, talab va tartiblar qadrini ifodalash uchun ishlatiladigan kategoriyadir.


Ma‘naviy madaniyat yoxud «ma‘naviyat»ning маg’зиni (ядросиni) qad-riyatlar атшкил эатди. Qadriyat alloqanday hodisa, voqea yokinarsaning o’ziga xos xususiyati yokixossasi emas, balki uning mohiyati, o’z navbatida borlikning уyokibu ob‘ektining yashashi, mavjud bo’lib turishi uchun tom ma‘nodagi zaruriy shartidir. qadriyatlar inson bisotida turli - tuman ehtiyojlarning va his - tuyg’u-larning mavjudligidan dalolat beradi, atrofida sodir bo’layotgan voqealarni, hodisa-larni turlicha baholashlari uchun zamin yaratadi. Chunonchi birovlar uchun o’at qadrli, o’at muhim ahamiyatga ega bo’lgan, у yokibu hodisa, boshqa birovlar uchun qadrsiz, sariq chaqalik ahamiyatsiz bo’lishи mumkin. Xuddiшuning uchun ham qadriyatlarni oddiy qilib ijobiy yoki salbiy (ahamiyatsiz, ahamiyat kamroq, qadr-qimmat sezilmaydigan), absalyut va nisbiy, ob‘ektiv va sub‘ektiv qadriyat-larga bo’lish mumkin. Mazmuniga qarab mantiqiy, etik, estetik va narsalar qad-riyatlariga bo’lish mumkin. Shuningdek, qadriyatlarni haqi-qatni, ezgulikni, go’-zallikni ulug’lovchi qadriyatlarga ajratish mumkin. 

Qadriyatlar jamiyat ijtimoiy - iqtisodiy, madaniy -ma‘naviy rataqqiyotining mahsulidir. Shuning uchun ham qadriyatlarda zamonning ruhi, imkoniyatlari, o’sha zamonda yashagan odamlarning orzu - umidlari, isatklari, atlab va ehtiyojlari o’z ifodasini topadi. Zamonlar o’tishi bilan qadriyatlarning mazmuni va ma‘nosi o’zgarib boradi. Xuddi shuning uchun ham qadriyatlarning atrbiyaviy ahamiyatga baho berganda konkret atrixiy shart - sharoitlarni doimo nazarda tutmoq zarur. 

Qadriyatlarni jamiyat, millat hayotidagio’rni, ijtimoiy xarakteriga qarab milliy va umuminsoniy, sinfiy yokidiniy, shuningdek kishilarning yoshi, pro-fessional xususiyatlariga xos qadriyatlarga bo’lish mumkin. 
Insonning qadr - qimmati, sha‘ni, or - nomusi, milliy g’ururi - milliy qadriyatlar bilan bevosiat bog’liq. Milliy qadriyatlar, har bir millatning o’ziga xos xususiyatlari, xossalari, belgilari, alomatlarini ifodalovchifalsafiy tushunchabo’lib, o’sha millat bosib o’tgan ijtimoiy rataqqiyot jarayonida shakl-langan milliy madaniy meros xazinasiga qo’shgan hissasini, ulushini ifodalaydi. Xuddi shu mil-liy o’ziga xoslik, o’ziga moslik, millat madaniyatida, adabiyotida, san‘atida, tilida, dinida, atrixiy xotirasida, yashash ishlash va fikrlash atrzida, urf-odatlarida, rasm - rusumlarida, bayramu - sayillarida o’z ifodasini topadi. Milliy qadriyatlar milliy ma‘naviy madaniyat ifodasi bo’lib, har bir millatning insoniylik xazinasiga qo’shgan munosib hissasining hosilasidir. 
Milliy qadriyatlar, shubhasiz, millatning ravnaqi yokiinqirozi bilan bevosiat bog’liq bo’ladi. Boshqacha aytganimizda milliy qadriyatlar millatning o’tmishi va buguni bilan bog’liq. Shuning uchun ham, «milliy qadriyatlar millat rivojlanishi bilan rivojlanadi, inqirozga uchrashi bilan qadrsizlanadi. Shuning uchun ham, millat - o’zining qadriyatlarini vujudga keltirib, ularning yangi - yangi qirralarini va jihatlarini sayqallashtirib, rataqqiyot jarayonida atkomillashtirib turi-shi ma‘nosida o’z qadriyatlarining haqiqiy egasi, makon va zamondagi ilgarilanma harakatdan iborat o’zgarishlar jarayonida ularni o’tmishdan kelajakka atmon yetkazib boradigan eng asosiy ob‘ektdir» .

Milliy qadriyatlarning negizini urf - odatlar, rasm -rusumlar, bayramu-sayillar atshkil eatdi. o’zbek milliy qadri-yatlari mazmunida insonparvarlik g’oy-alari yoatdi. Uzoq atrix davomida o’zbeklarning o’zaro munosabatlarida, kundalik turmush atrzida o’zaro hamkorlik va hamdardlik, vafodorlik va o’zaro hurmat, biri - biriga suyanish va yaxshi qo’shnichilik, bolajonlik va oat - onaga hurmat, mehr - oqibat va sadoqat har tomonlama e‘zozlanib kelinadi. Milliy qadriyatlar o’sha mil-latga mansub har bir kishi tomonidan yaratilgan, insoniylik, odamiylikka xos fazi-latlar, xislatlar, xosiyatlarni milliy - madaniy meros xazinasiga qo’shgan hissasini ifodalovchi buyuk ko’rsatkichdir. 



Milliy qadriyatlarni tiklash - ularga hozirgi zamonga mos yangi mazmun ato etish demakdir. Xuddi shuning uchun ham, O’zbekiston davlat musatqilligiga erishishi bilan mamlakatimizga hozirgi zamon öivilizaöiyasi atlablariga javob beruvchi umuminsoniy demokratik Qadriyatlar xalqimiz turmush atrziga kirib kela boshladi. Inson haq - huquqlariga rioya qilish, atdbirkorlik erkinligi, matbuot erkinligi, ana shular jumlasidan edi. «Ushbu demokratik qad-riyatlar jamiyatimiz uchun muhim ahamiyatga egaligi haqida gapirar ekanmiz, bu qadriyatlar atrixiy jihatdan ham, etnik - madaniy jihatdan ham xalqimizning o’ziga xos xususiyatlariga zid emasligini qayat-qayat at‘kidlashni isatrdik».
Umuminsoniy demokratik qadriyatlarning eng muhimi - inson haq – hu-quqlari va erkinliklarini har tomonlama himoya qilishdir. Insoniyat atrixida Buyuk franöuz revolyuöiyasi (1789) qabul qilgan «Inson va grajdanlar huquqlari dekloratöiyasi», 1948 yilning 10 dekabrida BMT Bosh Assambeliyasi atsdiqlagan «Inson huquqlarining eng umumiy dekloratöiyasi» - inson haq - huquqlari va erkinliklarini himoya qilishga qaratilgan atrixiy hujjatlar edi. O’zbekiston davlat musatqilligiga erishishi bilan musatbid tuzum sharoitida oyoq osti qilingan inson haq - huquqlari va erkinliklarini tiklash, uni himoya qilishga kirishdi. Insonning asosiy xuquqlari va erkinliklari O’zbekiston Respublikasi Asosiy qonuni – Kons-tituöiyaning umumiy qoidalari va olti bobdan iborat ikkinchi bo’limida xuquqiy jihatdan musathkamlandi. Shuningdek, demokratiya, barqarorlik, oshkoralik, tinchlik, hamkorlik kabi Umuminsoniy qadlriyatlarning rivoj topishi uchun ham imkon yaratildi.
Milliy va umuminsoniy qadriyatlarning uyg’unlashib borayotganligini, musatqillik yillarida O’zbekistonda vujudga kelgan - fuqarolarni tinch, totuv yashashga, barqarorlikka intilishida ham yaqqol ko’rish mumkin. Endilikda tinchlik, millatlararo totuvlik, barqarorlik O’zbekistonda yashovchi barcha xalq-larni, millatlarni, elatlarning buyuk ijtimoiy-siyosiy Qadriyatiga aylanmoqda. Ja-hon öivilizaöiyasining atlablariga mos tushuvchi bunday qadriyatlarni shakllani-shida va rivojlanishida, kishilar turmush atrzida musathkam o’rnashib olishida mustaqillik yillarida mamlakatimizda amalga oshirilayotgan bir qator xayrli tad-birlar turtki bermoqda.
XULOSA
Yuqoridagi fikrlarimizdan quyidagi xulosalar kelib chiqadi:
1Qadriyat alloqanday hodisa, voqea yoki narsaning o’ziga xos xususiyati yoki xossasi emas, balki uning mohiyati, o’z navbatida borlikning u yoki bu ob‘ektining yashashi, mavjud bo’lib turishi uchun tom ma‘nodagi zaruriy shartidir.
2. qadriyatlarni jamiyat, millat hayotidagi o’rni, ijtimoiy xarakteriga qarab milliy va umuminsoniy, sinfiy yoki diniy, shuningdek kishilarning yoshi, pro-fessional xususiyatlariga xos qadriyatlarga bo’lish mumkin. 
3. Milliy qadriyatlar, har bir millatning o’ziga xos xususiyatlari, xossalari, belgilari, alomatlarini ifodalovchi falsafiy tushunchabo’lib, o’sha millat bosib o’tgan ijtimoiy rataqqiyot jarayonida shakllangan milliy madaniy meros xazinasiga qo’shgan hissasini, ulushini ifodalaydi. Umuminsoniy qadriyatlar esa barcha millat vakillariga xos bo’lgan qadriyatlarni ifodalaydi.
Yüklə 23,44 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin