Nusxa yorlig‘i tasviriy - texnik kengash yoki boshqa shaxs
tomonidan etalon nusxa muvofiqligi haqida yozma holatda
tasdiqlangan bo‘lishi kerak.
4.2-rasmda loyihalash sohasidagi
mutaxassislarning ishini
tushunish uchun kalit vazifasini bajaruvchi mahsulotlami loyihalash
jarayoni sxemasi misol sifatida keltirilgan.
2. Mahsulotlarni ishlab chiqarish bosqichlari
Mahsulotlarni ishlab chiqarish uch bosqichni o‘z ichiga
oladi:
■ ishlab chiqarishga qo‘yish;
■ ishlab chiqarishga yo‘l berish;
■ ishlab chiqarishdan olib tashlash.
Ishlab chiqarishga qo‘yish ishlab chiqarishga tayyorlash va
o‘zlashtirishni o‘z ichiga oladi.
Ishlab chiqarishga tayyorlash
mahsulotlarning texnologik
jarayonini ta’minlash va tayyorlash harakatlarini ko‘zda tutadi.
Ishlab chiqarishni o‘zlashtirishda qayta ishlash va tayyorlangan
texnologik jarayonni tekshirish, shu kabi muhim ahamiyatga ega
bo‘lgan ko‘rsatkichlarni o‘rganish amalga oshiriladi.
Ishlab chiqarishni seriyali (ko‘plab)
ishlab chiqarishga
tayyorligini tasdiqlash uchun mahsulot ishlab chiqaruvchi direktiv
seriya (birinchi sanoat partiyasi) namunasining kvalifikatsion
sinovini o‘tkazadi. Sinov mahsulotning
asosiy parametridan chetga
chiqish, ishlab chiqarishning texnologiya bilan bog‘liqligi, ruxsat
etilgan doiraga kirmaydigan mahsulotning kamchiligini esa qabul
qilish komissiyasi ochiq ko‘rsatib, bartaraf
qilinishini tasdiqlashi
kerak. Kvalifikatsion sinov ijobiy natija bersa, ishlab chiqarishni
o‘zlashtirish
yakunlangan hisoblanadi, ishlab chiqarilgan mahsulot
esa xaridorga (buyurtmachiga) berilishi mumkin [
10
].
Dostları ilə paylaş: