6-amaliy mashg‘ulot
Mahsulot sifatini boshqarish va tahlil qilish
statistik usullarining tizimli tahlili
Reja:
1. Sifatni tahlil qilishning statistik usullari
2.
Yetti instrument usullari
Tayanch iboralari:
mahsulotni tayyorlash, sifatni tahlil qilish,
yetti instrument, jarayon, dastgoh, xizmat ko‘rsatish, diagramma.
1. Sifatni tahlil qilishning statistik usullari
1.
Sifatni tahlil qilishning statistik usullari mamlakatimizda
hamda chet
ellarda sifatni boshqarish
sistemalarida keng
qo‘llaniladi.
Statistik tahlil - bu mahsulot sifatiga ta’sir etuvchi omillarni va
shartlarni tahlil qilishdir.
Sifatni nazorat qilish va tahlil qilishning ma’lumotlar manbalari
bo‘lib quyidagilar xizmat qiladi:
1
) inspeksion nazorat: berilgan xomashyo, materiallarning
kirish nazorati ma’lumotlarini
belgilash; tayyor mahsulotlarni
belgilab qo‘yish; oraliq nazorat ma’lumotlarini belgilash va
boshqalar.
2) Ishlab chiqarish va texnologiya: jarayonni tahlil qilish
ma’lumotlarini belgilab qo‘yish; qo‘llanilayotgan
operatsiyalar
to‘g‘risida kundalik ma’lumotlarni to‘plash; dastgohlarni nazorat
qilish to‘g‘risidagi ma’lumotlami (to‘g ‘rilash, ta’mirlash, texnikaviy
xizmat ko‘rsatish) belgilab qo‘yish va boshqalar.
3) Xomashyo va materiallarni keltirish va mahsulotni sotish:
harakatni omborxonalar orqali ro‘yxatga olish va boshqalar.
4) Boshqarish va ish yuritish: foydani
hisobga olish; qaytgan
mahsulotni hisobga olish; doimiy mijozlarga xizmat ko‘rsatishni
hisobga olish; sotishni hisobga olish jurnali; bozomi tahlil qilish
ma’lumotlari va boshqalar.
5) Moliyaviy operatsiyalar: debet va kreditni taqqoslash
jadvali; zararlarni hisobga olish; iqtisodiy hisoblar va boshqalar.
43
2.
Odatda,
Yaponiya
korxonalarida
ish
o‘rinlarida
ma’lumotlarni
tahlil qilish uchun maxsus, tushunish unchalik qiyin
bo‘lmagan «sifatni nazorat qilishning yetti instrumenti» deb atalgan
statistik usullardan foydalaniladi.
Ushbu yetti instrument o‘z ichiga quyidagi usullarni oladi:
1. Qatlamlashtirish;
2.
Grafiklar;
3. diagramma Pareto;
4. sabab-oqibat diagrammasi;
5. gistogramma;
6
.
sochilish diagrammasi;
7. nazorat kartalari.
Yuqorida sanab o‘tilgan «sifatni nazorat qilishning yetti
instrument»i turli muammolarni hal etishda alohida yoki turli
kombinatsiyalarda qo‘llanishi mumkin.
U yoki bu muammolarning yechilishi quyidagi sxema asosida
amalga oshiriladi:
1
)
parametrlarni
o‘rnatilgan
me’yorlardan
farqlanishini
baholash.
2) Muammoning yechilishi bilan bog‘liq bo‘lgan eng muhim
omillarni tanlash.
3) Muammo yuzaga kelishiga sabab bo‘lgan omillarni
baholash.
4) Yaroqsiz mahsulotlarning pay do bo‘lishiga sabab bo‘lgan
eng muhim omillarni baholash.
5) Natijalarni tasdiqlash.
Statistik usullarni batafsil ko‘rib chiqamiz.
Dostları ilə paylaş: