Microsoft Word Амалиёт Махсулот сифати ва сифатни бошкариш 2016 lotin



Yüklə 1,46 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə29/100
tarix20.11.2023
ölçüsü1,46 Mb.
#162205
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   100
Mahsulot sifati va sifatni boshqarish (2)

-Pareto 
diagrammasi. 
Firma, 
korxonalar 
faoliyatida 
diagrammalarni 
qo‘llash orqali hal 
qilinadigan juda ko‘p 
muammolar 
yuzaga 
keladi. 
Pareto: 
kredit 
miqdorining 
aylanuvchanligidagi qiyinchiliklar, buyurtmalar qabul qilishning 
yangi qoidalarini o‘zlashtirish, yaroqsiz mahsulotning yuzaga 
kelishi, dastgohlarning nosozligi, mahsulot ishlab chiqarish bilan 
uning sotilishi orasidagi vaqtning cho‘zilib ketishi, omborxonalarda 
mahsulotning turib qolishi, reklamatsiyalarning kelib tushishi, 
xomashyo va materiallarning vaqtida kelib tushmasligi va 
boshqalar.
Pareto diagrammasi yuqoridagilarning aksi, ya’ni ayrim sex 
yoki bo‘limlarning ijobiy tajribasini butun korxonaga tatbiq etish 
kerak bo‘lgan holatlarda ham qo‘llaniladi. Pareto diagrammasi 
yordamida erishilgan yutuqlarning sababini aniqlab, samarali 
ishlash usullarini keng tatbiq etish mumkin.
Pareto diagrammasini muhim omillarni nazorat qilishda 
qo‘llaganda eng keng tarqalgan uslub - AVS-tahlili uslubidan
46


foydalaniladi. Faraz qilaylik, omborxonada 1000, 3000 va undan 
ortiq sondagi detallar bo‘lsin. Detallami bir xilda birma-bir nazorat 
qilish juda ko‘p mehnat sarfini talab qiladi va samarasiz 
hisoblanadi. Agar bu detallarni guruhlarga ajratsak, masalan, 
omborxonadagi hamma detallarning 20-30% ini tashkil etuvchi eng 
qimmat detallarga uning umumiy qiymatining 70-80% i, jami 
mahsulotning 40-50% ini tashkil etuvchi eng arzon detallarga esa 
mahsulot qiymatining 5-10% ig in a to ‘g ‘ri keladi.
Birinchi guruhni A, ikkinchi guruhni V deb ataymiz. Qiymati 
umumiy qiymatga nisbatan 20-30 % ni tashkil etuvchi oraliq 
guruhni esa V deb ataymiz. Agar omborxonadagi A guruhga tegishli 
mahsulotlarning sifati kuchli nazorat qilinib, S guruhga tegishli 
mahsulotlar sifati yengilroq nazorat qilinsa, mahsulot sifatini 
nazorat qilish samarali amalga oshirilgan hisoblanadi.
Bunday tahlil omborxonalarni, mahsulotning sotilishi bilan 
bog‘liq b o ‘lgan pul miqdorini nazorat qilishda keng qo‘llaniladi.
Pareto diagrammasi yaroqsiz mahsulotning yuzaga kelishi, 
dastgohlarning nosozligi, omborxonalardagi detallarni nazorat qilish 
kabi muammolarni hal etishda ustunli grafiklar ko‘rinishida 
ifodalanadi. Diagrammalami bir necha variantda tuzish tavsiya 
etiladi. Ularni ketma-ket tahlil qilib, oqibat natijada alohida Pareto 
diagrammasini tuzish mumkin.
Pareto diagrammasini sabab natijaviy diagramma bilan birga 
qo‘llash maqsadga muvofiqdir. Mahsulot sifatining past bo‘lishidek 
juda muhim masalani hal etishda har bir konkret defekt bo‘yicha 
uning mohiyatini aniqlab olish kerak.
Bunday holatlarda imkoni boricha ko‘proq sondagi manfaatdor 
shaxslar to ‘planadi va mahsulot sifatsizligining asosiy sababi 
o ‘rganiladi. Natijada, birinchi navbatdagi e’tibomi talab qiladigan 
to‘rtta-beshta sabablarda to ‘xtatiladi.
Korxonaning murakkab iqtisodiy faoliyatida, uning turli 
bo‘linmalarida 
muammolar 
kelib 
chiqishi 
mumkin. 
Ushbu 
muammolarni hal etishni Pareto diagrammasini tuzishdan boshlash 
maqsadga muvofiqdir.
Ular 
yordamida 
firma 
faoliyatining 
turli 
sohalaridagi 
muammolarni tahlil qilish mumkin.
47



Yüklə 1,46 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   100




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin