Mahsulotning xavfsizligi
- bu uning murakkab xossasi bo‘lib,
inson uchun zararli ta’sir etish miqdorini belgilaydigan ko‘rsatkichidir.
Mahsulotning ekologikligi ham uning murakkab xossalaridan
biri hisoblanib, atrof-muhitga zararli ta’sir etish miqdorini
belgilaydi.
Tayyor mahsulot o‘zining iste’moldagi bahosi va boshqalariga
hamda uning iste’mol yoki ishlatilishdagi xarajatlarning yig‘indisiga
mahsulotning iste’mol bahosi deb ataladi.
Mahsulot, ham muayyan ehtiyojga mos kelish darajasi
bo‘yicha, ham shu ehtiyojni qanoatlantirishdagi xarajatlar bo‘yicha
raqobatlanuvchi mahsulotlardan uning ajralib turishini ifodalovchi
mahsulotning tavsifi uning raqobatbardoshligi deb ataladi.
Mahsulot bozori
deganda, uning sotilishida ehtiyoj va taklif
orasidagi o‘zaro muvofiqlashtirish sharoitlaridagi tizim tushuniladi.
0
‘zaro muvofiqlashtirish darajasi esa bozor munosabatlarini
boshqarishda va turg‘unligida mezon bo‘lib xizmat qiladi.
Marketing
deganda, mahsulotning har bir hayotiy davri
bosqichlarida amalga oshiriladigan uning raqobatbardosh qilib
yaratilishini
va bozorda
sotilishini
ta’minlaydigan
faoliyat
tushuniladi.
6
Sifat halqasi deb ataluvchi tushuncha mahsulotning butun
hayotiy davrini o‘z ichiga oluvchi (to‘liq) mujassamlashgan
faoliyatdir (
1.1
-rasm).
1.1-rasm. Mahsulot sifatini shakllantiruvchi va ta’minlovchi
bosqichlar («Sifat halqasi»)
7
Sifat halqasi
ehtiyojlarni aniqlashdan tortib, to ularni
qanoatlantirishning baholashgacha bo‘lgan turli bosqichlarda sifatga
ta’sir etadigan, o‘zaro bog‘langan faoliyat turlarining nazariy
tushunchalar modelidir.
Sifat ham boshqa tushunchalar singari o‘zining tizimiga egadir.
Sifat tizimi deganda, tashkiliy tuzilish, mas’uliyati, ish tartibi,
jarayonlar,
resurslar
yigindisi
bo‘lib,
sifatning
umumiy
boshqaruvining amalga oshirilishi tushuniladi.
Belgilangan
mahsulotning
sifat
ko‘rsatkichlarining
nomenklaturasini tanlash, bu ko‘rsatkichlarining qiymatlarini
aniqlash va ularni asos bo‘luvchi qiymatlar bilan taqqoslashni o‘z
ichiga oluvchi ishlarning yigindisi mahsulot sifatining darajasini
baholash deb ataladi [4].
Mahsulot sifatining darajasini baholash uchun mahsulotlar
ikkita turkumga bo‘linadi:
1. Foydalanishda sarflanadigan mahsulot;
2
.
0
‘z resursini sarflaydigan mahsulot.
1
- turkum mahsulotlari vazifasi bo‘yicha foydalanish jarayo-
nida sarflanadi. Odatda, qayta ishlash qaytmas jarayon hisoblanadi:
(xomashyo, materiallar, yarimfabrikatlar), yoqilg‘ining yonishi, oziq
- ovqat mahsulotlarining o‘zlashtirilishi, ayrim vaqtda qaytariluvchi
jarayon ham bo‘lishi mumkin (masalan, erituvchilarni rekuperatsiya
va regeneratsiyasi).
Vazifasi bo‘yicha 2 - turkum mahsulotlaridan foydalanishda,
uning resursi sarflanadi. Bu holda mahsulot texnikaviy va ma’naviy
eskirishi hisobiga foydalaniladi.
Mahsulotning
ko‘rsatilgan
tavsiflanishining
qo‘llanishi
quyidagi amallarni bajarishda bir qator yengilliklarni yaratadi:
• Muayyan guruh mahsulotining birgina ko‘rsatkichining
nomlarini tanlashda;
• Mahsulotdan foydalanish sohasini aniqlashda;
• Bir yoki bir nechta asos bo‘luvchi namunalar sifatida tanlab
olishda;
• Mahsulotning
sifat
ko‘rsatkichlari
nomlariga
davlat
standartlarining tizimlarini yaratishda.
|