d) ko‘rilgan amallar natijalari bo‘yicha yozuvlarni olib borish;
e) o‘tkazilgan to‘g ‘rilovchi amallar samaradorligining tahlili.
To‘g‘rilovchi amallar marketingdan boshlab tayyor mahsulotni
sotishgacha bo‘lgan, mahsulotni ishlab chiqish, nazorat qilish va
ishlab chiqarishning barcha bosqichlarida ishlab chiqilishi mumkin.
To‘g‘rilovchi
amallar
aniqlangan
nomuvofiqliklarning
sabablarini bartaraf qilish maqsadida ishlab chiqiladi va joriy
qilinadi.
To‘g‘rilovchi
amallar
amaldagi
nomuvofiqliklarning
sabablarini, tashkilotning rivojlanishidagi istiqbolli muammolarini
hal qilishga va ishlab chiqarilayotgan mahsulot (xizmat) sifatini
yaxshilashga yo‘naltirilgan. Bu masalalar tashkilotning rivojlanish
rejasida, sifat dasturida, biznes - reja, boshqa hujjatlarda
ko‘rsatilishi mumkin.
To‘g‘rilovchi amalni ishlab chiqish uchun asos bo‘lib amaldagi
nomuvofiqlik, ya’ni o‘rnatilgan talablaming bajarilmasligi yoki
jarayonlarning
belgilangan
maqsadlarga
erishilmaganligi
hisoblanadi. Tashkilot to‘g‘rilovchi amallarni rejalashtirish va joriy
qilish tartibini ishlab chiqishi kerak. Rejalashtirish sifatga ta’sir
ko‘rsatuvchi muammolaming muhimligini baholashni o‘z ichiga
olishi kerak [17].
Dostları ilə paylaş: