7. Ma’lumotlarni tahlil qilish Tashkilot
sifat
menejmenti
tizimining yaroqliligini
va
samaradorligini tasdiqlash uchun hamda sifat menejmenti tizimining
samaradorligini
doimo yaxshilash bo‘yicha chora-tadbirlarni
aniqlash uchun kerak bo‘lgan ma’lumotlarni aniqlashi, yig‘ishi va
tahlil qilishi kerak. Bu ma’lumotlarning tartibiga o‘lchashlar va
monitoring
natij asida
hamda boshqa tegishli
manbalardan
olinadigan ma’lumotlar kiritiladi.
Tashkilot
quyidagilar
haqida
axborotni
olish
uchun
ma’lumotlarni tahlil qilishi kerak:
a) iste’molchining qanoatlanganligi;
b) mahsulotga qo‘yiladigan talablaming muvofiqligi;
v) jarayonlar va mahsulotning tavsiflari va tendensiyalari, shu
hisobda oldini oluvchi harakatlarni o‘tkazish imkoniyatlari;
g) yetkazib beruvchilar haqidagi axborotni olish uchun
ma’lumotlarni tahlil qilishi kerak.
Tashkilot mahsulotning o‘rnatilgan talablarga muvofiqligi,
jarayonlarning natijaliligi va samaradorligi va SMT o‘matilgan
talablarga muvofiqligi to‘g ‘risida guvohlik beruvchi ro‘yxatga
olinadigan ma’lumotlar turlari va tarkibiga talablarni belgilashi
kerak.
Tashkilot ma’lumotni olish manbalari va faoliyatni bajarilish
natij aliligini baholash, jarayonlar tendensiyalarini aniqlash, bo‘lishi
mumkin bo‘lgan holatlaming prognozini belgilash uchun statistik
usullarni qo‘shgan holda, olingan ma’lumotlarning qayta ishlash
usullarini belgilashi kerak.
SMT da o‘rnatilgan faoliyatda ishtirok etuvchi tashkilotning
barcha bo‘linmalari o‘z faoliyatini baholash, oldini oluvchi va
to‘g‘rilovchi amallarni va nomuvofiq mahsulotni boshqarish bilan
bog‘liq tadbirlarning bajarilishi to‘g ‘risida ma’lumotlarni yig‘ishi,
tahlil qilishi va korxona sifat bo‘limiga taqdim qilishi kerak.
Tashkilotning sifat bo‘limi bu ma’lumotlarni tahlil qilishi,
bo‘linmalar faoliyatini baholashi va tashkilot rahbariga ko‘rib
132