O`zbekiston davlatchiligi tarixi


-mavzu. Qo‘qon xonligi: hududi, davlat tizimi, ma’muriy tuzilishi, markaziy va



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə16/76
tarix20.11.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#162350
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   76
O`zbekiston davlatchiligi tarixi fanidan majmua 2022

15-mavzu. Qo‘qon xonligi: hududi, davlat tizimi, ma’muriy tuzilishi, markaziy va
mahalliy boshqaruv tartiblari.
Reja
1. Qo‘qon xonligining tashkil topishi va siyosiy tarixi.
2. Qo‘qon xonligining xududi, ma’muriy tuzilishi va aholisi
3. Qo‘qon xonligida davlat tizimi. Mansablar va unvonlar.
Tayanch so‘z va iboralar.
Farg‘ona vodiysi, Qo‘qon, ming urug‘i,
otaliq,beklarbegi ,biy, devonbegi,parvonachi, dodxoh, oftobachi, sarkor, qushbegi
XVIII asrning boshlarida Farg‘ona vodiysida shakllangan yangi davlat – Qo‘qon
xonligiga mahalliy aholi vakillari bo‘lgan ming urug‘i asos soldi. CHunonchi, XVII
asrning oxiri – XVIII asr boshlarida ashtarxoniylarning siyosiy va ijtimoiy hayotida
yuz bergan tushkunlik, Farg‘ona vodiysi iqtisodiy mustaqilligining o‘sishi hamda 1704
yilda CHodak xo‘jalarining isyon ko‘tarib, Farg‘onaning bir qismini egallashi bunga
shart-sharoit yaratib berdi. Ammo, Farg‘onaning shimoli va shimoli – g‘arbidagi
Koson, Asht, CHodak hududlari xo‘jalar qo‘l ostida bo‘lsa – da, ular mustaqil davlatga
asos sola olmadilar.


109
SHohruhbiyning o‘g‘li va vorisi Muhammad Abdurahimbiy (1721-1733 yy.) taxtga
o‘tirganidan so‘ng minglar tasarrufidagi erlar yana kengaya boshladi. Abdurahimbiy
1724 yilda Andijonni, 1725 yilda Xo‘jandni, 1726 yilda O‘ratepani bosib olib, xonlik
hududlariga qo‘shib oldi. U qisqa muddat bo‘lsa-da Buxoroga qarashli Samarqand va
Kattaqo‘rg‘onni egallab, SHahrisabzga ham tahdid solgan. Abdurahimbiy Qo‘qon
(Xo‘qand) qishlog‘i o‘rni va atrofida yangi shaharga (dastlab Qal’ai Rahimbiy deb
nomlangan, keyin esa Qo‘qon) asos soladi va bu shahar xonlikning poytaxtiga
aylanadi.
1733-1750 yillarda hukmronlik qilgan Muhammad Abdulkarimbiy ibn
SHohruhbiy asosiy etiborini mudofaa ishlariga qaratdi. U xonlikning poytaxti
Qo‘qonda Isfara, Qatag‘on, Marg‘ilon, Haydarbek nomli darvozalar qurdirib, shahar
atrofini mustahkam devor bilan o‘ratib oldi. SHu bilan birga u 1741-1745 yillardagi
qalmoqlar (jung‘orlar) ning Farg‘onaga qilgan hujumlariga zarba berdi.
Abdulkarimbiy qalmoqlarga qarshi kurashda qirg‘iz-qipchoqlar va O‘ratepa hokimi
Fozilbiy yuz yordamiga tayandi hamda xonlik mustaqilligini saqlab qoldi.
Abdulkarimbiy 1750 yilda vafot etganidan so‘ng xonlik taxtiga uning o‘g‘li
Abdurahmon o‘tirdi. Ammo, u taxtga to‘qqiz oy o‘tirib, so‘ng Marg‘ilonga hokim etib
jo‘natildi hamda taxtga Abdurahimbiyning ikkinchi o‘g‘li Erdonabiy o‘tirdi. 1753
yilda qalmoqlarning tazyiqi va talabi bilan ularning qo‘lida garov sifatida o‘shalab
turilgan Bobobek xonlik taxtiga ko‘tarildi. Lekin, oradan bir yil ham o‘tmay O‘ratepa
yurishi vaqtida Bobobek Beshariqda o‘ldirildi hamda Erdonabiy (1755-1769 yy.) qayta
Qo‘qon taxtini egalladi. Xitoylik geograflarning ma’lumotlariga ko‘ra, uning
hukmronligi davrida, 1759-1760 yillarda Farg‘ona to‘rtta mulk: Andijon, Namangan,
Marg‘ilon va Qo‘qonga bo‘lingan bo‘lib, ular ichida Qo‘qon etakchilik qilgan.
Erdonabiydan so‘ng taxtga SHohruhbiyning uchinchi o‘g‘li SHodibekning farzandi
Sulaymonbek o‘tiradi. Uning taxni egallashida urug‘ oqsoqollarining ko‘magi katta
bo‘lgan bo‘lsada u atigi 6 oy hukmdorlik qildi.
1770 yilda Qo‘qon taxtiga Abdurahmonbiyning o‘g‘li Norbo‘tabiy (1770-1801
yy.) o‘tiradi. Norbutabiy Markaziy hikimiyatni mustahkamlashda, bo‘ysunmas
hokimlar qarshiligini bostirishda nisbatan muvaffaqiyat qozonadi. U CHust va
Namangandagi g‘alayonlarni bostirganidan so‘ng, bu shaharlarga o‘z odamlarini
hokim etib tayinlaydi. Norbutabiy bir qancha urinishlardan so‘ng Andijon, O‘sh,
Xo‘jand va yaqin atrofdagi qo‘shni hududlarni bosib oladi. U 1799 yilda Toshkentni
ham bosib olishga harakat qildi, ammo, uning yuborgan qo‘shinlari mag‘lubiyatga
uchradi.
Norbutabiydan so‘ng uning o‘g‘li Olimxon (1801-1810 yy.) taxtga o‘tirib,
Qo‘qon xonligining siyosiy qudratini mustahkamlash, mamlakat hududlarini
kengaytirishga alohida e’tibor berdi. Natijada Qo‘qon xonligining siyosiy mavqei
oshib bordi. Olimxon davriga kelib Qo‘qon xonligidagi davlat boshqaruvi oldingi


110
davlatlar boshqaruv tizimidan deyarli farq qilmas edi. Uning davrida Qo‘qon davlati
kuchayib borishi bilan davlatning siyosiy maqomi ham o‘zgaradi. Agar Qo‘qonning
dastlabki hukmdorlari “biy” va “bek” unvoni bilan mamlakatni idora qilgan bo‘lsalar,
Olimxon davridan boshlab (1805 yil) hukmdorlar rasman “xon” deb yuritila boshlandi.
O‘z davrida Olimxon harbiy yurishlar qilib o‘ziga yangi viloyatlarni , jumladan
Ohangaron vohasi, Toshkent, CHimkent, Turkistonni bo‘ysundirishga muvaffaq bo‘ldi.
Qisqa muddat O‘ratepani ham egalladi, Jizzax va Zominga yurishlar qildi. Harbiy
islohatlar o‘tkazib, markazlashgan va kuchli davlat tuzish uchun harakat qilayotgan
Olimxonning siyosatidan norozi bo‘lgan ayrim zodagonlar guruhi unga qarshi fitna
tayyorlay boshladilar. Olimxon o‘z hokimiyatini mustahkamlash maqsadida ukasi
Rustambekni, bir nechta sarkardalarni, din peshvolarini o‘ldirtirib yuboradi.
Manbalarning ma’lumot berishicha, bu voqealardan so‘ng kuchayib ketgan
fitnachilarga Olimxonning ukasi Umarbek boshchilik qilgan. Natijada, 1810 yilda
Olimxon Toshkentdan Qo‘qonga qaytayotganda, Oltiqush mavzesida o‘g‘li
SHohruhbek bilan birga Qambar Mirza tomonidan otib o‘ldiriladi.
Manbalarga ko‘ra, Umarxon (1810-1822 yy.) hukmdorligi davrida yirik er
egalari, harbiy sarkardalar va ruhoniylarning mavqei yanada oshadi. U davlat
boshqaruvi ishlarida izchil tartib, qonun – qoidalar o‘rnatdi va diniy ishlarni tartibga
soldi. Natijada, 1818 yilda Umarxon ruhoniylarnng roziligi bilan “amir al-muslimin”
unvonini olib ham diniy, ham dunyoviy hokimiyatga ega bo‘ladi.
Muhammad Hakimxon ma’lumotlariga ko‘ra, Umarxon davrida Amir Temur va
Sulton Husayn Boyqaro zamoniga taqlidan unvon va lavozimlar joriy etilib, ularga
hokimiyatga yaqin shaxslar tayinlanadi. SHuningdek, Olimxon zulmidan qochib
ketgan ayrim amaldorlar Umarxon xizmatiga qaytib kelib, lavozimlarni egallaydilar.
Manbalarning guvohlik berishiga qaraganda, Qo‘qon xonligining O‘rta Osiyo
mintaqasidagi siyosiy jarayonlar va o‘zaro munosabatlarga faol aralashuvi ham
Umarxon davridan boshlanadi. O‘z darvida Umarxonning elchilari Xiva, Xitoy va
Turkiya davlatlariga jo‘natilganligi ma’lum.
1822 yilda Umarxon kasallanib vafot etganidan so‘ng taxtga uning o‘g‘li
Muhammadalixon (Madalixon) (1822-1842 yy.) o‘tiradi. Uning hukmronligi davrida
Qo‘qon honligining hududi yanada kengayib, qirg‘izlarning ba’zi tumanlari xonlikka
qo‘shib olinadi hamda Ko‘lob, Hisor, Badaxshon, Darvoz, Maschoh kabi viloyatlar
Muhammadalixon hukmronligini tan oladilar.
Manbalarga ko‘ra, Muhammadalixon hukmronligining dastlabki yillari yaxshi
va odilona kechgan. U 1826-1831 yillar davomida Qashg‘arga yurishlar qilib, bu
erdagi musulmonlarni xitoyliklar zulmidan ozod qildi hamda 70 ming uyg‘ur
musulmonlarini Andijon viloyatiga ko‘chirib keltirdi. Natijada din peshvorlari
Muhammadalixonga “G‘oziy” (“din homiysi”, “din yo‘lida kurashuvchi”) unvonini
berdilar.


111
1840 yilda Muhammadalixonning bosh maslahatchisi, davlatni boshqaruv ishlarida
katta tajribaga ega bo‘lgan Haqquli mingboshining tuhmatga uchrab xon tomonidan
qatl etilishi shusiz ham qaltis bo‘lib turgan vaziyatni yanada keskinlashtirib yubordi.
Undan tashqari xon davlat ishlariga loqayd bo‘lib, asosiy vaqtini haramida o‘tkaza
boshladi. Natijada davlatni boshqaruv ishlarida suiste’molliklardan umumiy
noroziliklar boshlanib, xonni ag‘darish uchun fitna tayyorlana boshladi.
Lekin o‘z kuchlari bilan fitnani amalga oshirishga ko‘zi etmagan bir guruh
Qo‘qon amaldorlari boshqa xon saylash maqsadida Buxoro amiri Nasrulloga noma
yozib, undan yordam so‘rashdi. Qo‘qon yurishi uchun bahona topolmay turgan Amir
Nasrullo bu taklifni tezda qabul qilib, 1842 yil aprelda Qo‘qonni bosib oldi.
Qo‘qondan oilasi bilan Namangan tomonga qochgan Muhammadalixon tutib keltirilib,
oilasining bir qismi bilan qatl ettirildi.
Amir Nasrullo Qo‘qon xonligining Buxoroga qo‘shib olinganligini e’lon qilib,
Qo‘qonda o‘z noibi Ibrohim dodhoh Mang‘itni qoldiradi. Ammo, Ibroxim dodhohning
Qo‘qon halqiga o‘tkazgan jabr-zulmi, soliqlarning haddan tashqari oshib ketishi
natijasida aholi qo‘zg‘olon ko‘tarib, Buxoro hukmronligidan ozod qilish uchun
qipchoqlarni yordamga taklif etadilar. Qipchoqlar Muhammadalixonning qarindoshi
SHerali boshchiligida Qo‘qonga kelib, buxoroliklarni tor-mor etdilar hamda
SHeralixon (1842-1845 yy.) taxtni egalladi. Qipchoqlar esa shu vaqtdan boshlab uzoq
vaqt xonlikda etakchi mavqega ega bo‘ldilar.
Qo‘qonda bo‘lgan voqealardan xabar topgan amir Nasrullo 1842 yilning kuzida
yana Qo‘qonga yurish qildi, ammo bu safar unga omad kulib boqmadi.
Muhammadalixon davrida yuzboshi bo‘lgan Musulmonquli qipchoq Nasrulloning
ishonchiga kirib Qo‘qonga keladi va qo‘qonliklarni taslim bo‘lishga ko‘ndirish o‘rniga
bir tan - bir jon bo‘lib amir Nasrulloga qarshi kurashga chorlaydi. Uning maslahatiga
ko‘ra Qo‘qonda himoya vositalari kuchaytirildi. Bir oydan ziyodroq Qo‘qonni qamal
qilgan amir Nasrullo o‘ziga qarshi suiqasd uyushtirilayotligi hamda xivaliklar
chegaraga joylashgan Buxoro qishloqlariga hujum qilayotganligi haqidagi xabarni olib
Buxoroga qaytishga majbur bo‘ldi.
Buxoroliklarning ketishi bilan Qo‘qon xonligida bir muddat tinchlik va
osoyishtalik hukm surdi. SHeralixon keksa odam bo‘lib oqko‘ngil va muloyim inson
edi. Uning davrida barcha davlat lavozimlarini qipchoqlar egallab, davlat boshqaruvini
o‘z qo‘llariga oldilar. Ammo, 1845 yilda Buxoroda bo‘lgan Olimxonning o‘g‘li
Murodxon (Qo‘qonda 11 kun xon bo‘lgan) amir Nasrulloning yordami bilan Qo‘qonga
kelib SHeralixonni qatl etadi va taxtni egallaydi. Bu paytda Namanganda bo‘lgan
mingboshi Musulmonquli bu voqeadan xabardor bo‘lgach SHeralixonning besh
o‘g‘lidan biri Xudoyorxonni olib Qo‘qonga keladi hamda uni xonlik taxtiga o‘tqazadi
(1845-1853, 1863, 1865-1875 yy.). 16 yoshga kirgan Xudoyorxonning yoshligidan
foydalangan Musulmonquli mamlakatni deyarli o‘zi boshqardi. Xudoyorxonning


112
birinchi xonligi davrida ikkita kuch – o‘troq aholi va ko‘chmanchi turkiy qabilalar
o‘rtasida hokimiyat uchun kurash xonlikning asosiy muammosiga aylandi.
Umuman olgan, XIX asrning o‘rtalariga kelib Qo‘qon xonligidagi siyosiy
jarayonlar hamda ichki ahvol yanada og‘irlashgan edi. So‘nggi tadqiqotlarga ko‘ra,
buning sababi birinchidan, o‘troq aholi ko‘chmanchi va yarim ko‘chmanchi bo‘lgan
qipchoqlar hokimiyatni tan olmaganlar. Xonlik hududlaridagi ba’zi viloyat
hukmdorlari Musulmonqo‘lga qarshi chiqdilar. Ikkinchidan, hokimiyatda yuqori
mavqeni egallash hamda xonga ta’sir o‘tkazish uchun qipchoqlar orasida ham o‘zaro
kurashlar borardi. Bu kurashlarda qipchoqlarning qulon urug‘idan bo‘lgan
Musulmonquli ham faol ishtirok etgan. Uchinchi sabab esa, qipchoqlarning o‘troq
aholiga nisbatan yuritgan siyosati edi. Qipchoqlar o‘troq aholiga nisbatan bepisandlik
nazari bilan qarab, boshqa elat va etnik guruhlarni kamsitganlar. To‘rtinchidan esa,
tashqi omil – Rossiya imperiyasining asta-sekinlik bilan xonlik hududlariga bostirib
kirishi siyosiy jarayonlarning yanada keskinlashuviga sabab bo‘lgan edi.
1852 yilga kelib, Musulmonquli va qipchoqlarga qarshi kurash uchun o‘troq
mulkdorlar va toshkentlik zodagonlar Xudoyorxon atrofida birlashdilar. Bu kuchlar
yordamida Xudoyorxon Musulmonqulini 1853 yilda qatl etib, uning tarafdorlarini yo‘q
qilgani bilan taxt uchun kurashlarga barham bera olmadi. Bunday vaziyatda xonlikning
ichki ahvoli og‘irlashib, u faol tashqi siyosatdan ham ancha orqada qoldi. 1858 yilda
SHeralixonning ikkinchi xotinidan bo‘lgan o‘g‘li Mallaxon Xudoyorxonni taxtdan
ag‘darib, o‘zini xon deb e’lon qildi. Mallaxon va Aliquli qirg‘iz boshchiligida
yangidan tiklangan ko‘chmanchilar guruhi uzoq hukm surmadi. Aynan shu guruh
a’zolari Mallaxonga qarshi til biriktirib, 1863 yil 25 fevralda uni o‘ldirdilar. Taxtga
esa Xudoyorxonning akasi Sarimsoqbekning o‘g‘li SHohmurod o‘tqazildi. Lekin,
qo‘shin boshliqlari va saroydagi ko‘pchilik amaldorlar unga qarshi fitna uyushtirib,
Xudoyorxonga yana taxtga o‘tirishni taklif etib, odam yuboradilar.
Bu payda Mallaxon o‘limini eshitgan Xudoyorxon Amir Muzaffarning ruxsati
bilan Buxorodan Jizzaxga kelgan edi. Turkiston hokimi Qanoatshoh yordamida
qo‘shin yig‘ib, 1863 yilning mart oyida Jizzaxdan Toshkentga kelgan Xudoyorxon
Qo‘qonga qarshi yurish uchun Toshkent qo‘shini bilan Xo‘jandga keladi. Bu orada
amir Muzaffar ham Buxoro lashkari bilan Xo‘jandga keladi. Xudoyorxon Qo‘qonga
hujum qilishni rejalashtirayotga paytda, ya’ni, 1863 yilning 5 mayida shahar aholisi
unga shimoliy darvozalarni ochib berdilar. Natijada Qo‘qonda qirg‘in boshlanib,
SHohmurodxon o‘z tarafdorlari bilan Marg‘ilonga qochdi. Xudoyorxon ikkinchi marta
(1863 y.) taxtni qo‘lga kiritdi.
Ammo, xonlikdagi qirg‘iz-qipchoqlar Koson va CHust atroflarida qo‘zg‘olon
ko‘tardilar va To‘raqo‘rg‘onga hujum qildilar. Ular, hatto Toshkent atroflaridagi qabila
boshliqlariga noma yuborib madad berishni so‘radilar. Oqibatda Toshkent atrofida
qozoqlar qo‘zg‘olon ko‘tarib, Toshkentni qamal qildilar. Xudoyorxon tomonidan


113
yuborilgan qo‘shinlar bu isyonlarni bostirishga muvaffaq bo‘ldilar. Ammo,
mag‘lubiyatga uchragan qirg‘iz-qipchoq boshliqlari taxt uchun kurashni davom
ettirdilar. Xususan, SHodmonxo‘ja, Said Mahmudxonto‘ra, Aliqulilar Sulton Saidxon
boshchiligida Marg‘ilon tomondan kelib Andijonni bosib oldilar va uning atroflaridagi
Baliqchi, Quva, Asaka, SHahrixon, O‘sh, Poytug‘ mavzelarini talon-taroj qildilar.
1863 yil 26 aprelda Sulton Saidxonning qo‘shini Mingtutga kelib, Qo‘qonni qamal
qildi. Amir Muzaffarning Xudoyorxonga yordami tufayli qirg‘iz-qipchoq lashkari
Asaka tomonga ketib, Qo‘rag‘ulcha darasida himoyaga o‘tdi. Qattiq kurashlardan
so‘ng 1863 yilning 24 iyulida Sulton Saidxon Qo‘qon taxtini (1863-1865 yy.) egalladi.
Xudoyorxon esa yana Buxoroga qochdi.
Xonlikdagi ichki nizolar tashqi dushmanlarga nihoyatda qo‘l kelgan edi. Bunday
vaziyatdan unumli foydalangan chor Rossiyasi qo‘shinlari 1864 yilda Turkiston va
CHimkentni bosib oldi. 1865 yil bahorida ular Toshkentga yaqinlashib, Niyozbek
qal’asini egalladilar. Uzoq qamaldan so‘ng 17 iyunda Toshkent egallandi.
Qo‘qondagi sarosimaliklardan foydalangan Xudoyorxon 1865 yilning yozida
amir qo‘shinlari yordamida so‘ngi marta Qo‘qon taxtini qo‘lga kiritdi. SHundan so‘ng
u amirning talablariga boshqa itoat etmay qo‘ydi. Xudoyorxon 1867 yil yanvar oyida
Rossiya bilan savdo bitimini, 1868 yil 13 fevralda Qo‘qon va Rossiya shartnomasini
imzoladi. Xudoyorxon 1868-1873 yillar oralig‘ida Rossiya bilan munosabatlarini
yaxshilash maqsadida Toshkentga ko‘plab sovg‘a- salomlar yubordi. SHuningdek,
Rossiya savdogarlari uchun qulay shart-sharoitlar yaratib berdi. Natijada Qo‘qon
xonligi amalda Rossiyaning vassaliga aylanib qoldi.
Xonlik hududida hukm surgan nisbiy osoyishtalik 1873 yilgacha davom etgan
bo‘lsa ham, hukmdor, uning yaqinlari va mahalliy hokimlarning jabr-zulmi hamda
qirg‘iz-qipqoqlarning qayta bosh ko‘tarishi natijasida bu erlarda o‘zaro nizolar, xalq
chiqishlari boshlandi. Hususan, 1873 yilda Po‘latxon (asli ismi Mulla Ishoq Hasan
o‘g‘li) qirg‘izlar tomonidan xon qilib ko‘tarilib, u boshchiligida qo‘zg‘olon ko‘tarildi.
Saroydagi nufuzli amaldorlardan biri Abdurahmon oftobachi Xudoyorxonni taxtdan
ag‘darish va uning o‘g‘li Sayid Nasriddinbekni xon taxtiga o‘tqazish maqsadida
Po‘latxon bilan til biriktirdi va O‘rdada isyon ko‘tardi. Sayid Nasriddinbek
Abdurahmon oftobachi ko‘magida xon deb (1875-1876yy.) e’lon qilindi. Xudoyorxon
Nasriddinbek foydasiga taxtdan voz kechib, avval, Xo‘jandga, undan Toshkentga
qochdi.
Ma’muriy–hududiy tuzilishi va aholisi. XVIII asr oxirlarida xonlikning hududi
faqat Farg‘ona vodiysidan iborat bo‘lib, bu davrda Norbo‘tabiy vodiydagi barcha
beklik va viloyatlarni o‘z itoatiga kirgizib, ularni Qo‘qonga bo‘ysundirdi. Uning
davrida Andijon va Marg‘ilon viloyatlari vodiydagi eng katta mulklar edi. Olimxon
davrida xonlik hududlari Toshkent va uning atrofidagi erlar hisobidan ancha kengaydi.
Tarixiy manbalarda Toshkent mulki - viloyat, shahar, Toshkent va Dashti Qipchoq


114
viloyati nomlari bilan tilga olinadi. Uning hududlariga Ohangaron, CHinoz, Toshkent
atrofi, Sirdaryo bo‘ylaridagi Turkiston shahri va uning atroflari kirgan. Bu mulkning
hokimlari manba va hujjatlarda hokim, hukmdor, voliy, noib atamalari bilan tilga
olinadi. Umarxon davrida Xo‘jand, O‘ratepa va Jizzax atrofidagi erlarga ham ketma-
ket yurishlar qilinib, 1817 yilda O‘ratepa bosib olinadi.
Muhammadalixon davrida xonlikning hududlari yanada kengayadi. Bu davrda
xonlik shimolda Rossiyaga qarashli Tashqi Sibir okrugi bilan, g‘arbda Xiva va Buxoro
amirligi bilan, janubda Qorategin, Darvoz va undan uzoqroqdagi erlar – SHug‘non,
Ro‘shon va Vaxon (bu hudud Qo‘qonga nomigagiga qaram bo‘lgan) Ko‘lob bilan,
Sharq da Qashg‘ar bilan chegaralangan. Xonlik erlariga Sirdaryo bilan Qorategin
O‘rtasida joylashgan Farg‘ona hududlari, Sirdaryoning o‘ng qirg‘og‘ida joylashgan
Namangan, Xo‘jand va boshqa shaharlar, Buxoro amirligi va Qo‘qon xonligi o‘rtasida
joylashgan Qurama viloyati, Turkiston, Sirdaryoning quyi oqimidagi to Balxash
ko‘ligacha bo‘lgan qirg‘izlar yashaydigan erlar, ko‘chmanchi qirg‘izlar yashaydigan
Billur tog‘ining Sharq iy etaklari, 1830 yildan boshlab g‘arbiy etaklari ham kirgan.
XIX asr manbalarida Qo‘qon xonligi beklik, ba’zan viloyat va sarkorlik sifatida
tilga olingan ma’muriy – hududiy qismlarga bo‘lingan hamda ularni xon tomonidan
tayinlanadigan beklar, hokimlar va sarkorlar boshqargan. Ayrim manbalar (A. Kun)
Qo‘qon xonligidagi 15 ta beklikning nomini keltiradi. Bular: Qo‘qon va uning atrofi,
Marg‘ilon, SHahrixon, Andijon, Namangan, So‘x, Mahram, Buloqboshi, Aravon,
Baliqchi, CHortoq, Navkat, Koson, CHust va Bobo darhon. “Turkestanskie
vedomosti” (1876, №13) to‘plamida esa Asaka, Marg‘ilon, Baliqchi O‘sh, So‘x,
Koson va O‘zgan sarkorlik sifatida ham tilga olinadi.
Hokimlar va hududiy bo‘linma boshliqlari xon oilasi a’zolari, unga yaqin
guruhlar, yuqori tabaqa vakillari hamda etakchi qabilalar sardorlari orasidan
tayinlangan. Misol uchun, Xudoyorxon davrida ettita beklik xonning o‘g‘illari va
yaqin qarishdoshlari tomonidan boshqarilgan. O‘z navbatida hokimlar viloyat
hududlarini o‘zlarining farzandlari va qarindoshlariga bo‘lib berganlar. Qo‘qon
xonligining ma’muriy-hududiy boshqaruv tizimida bek (hokim, voliy) va uning o‘rdasi
alohida o‘rin egallagan. Xon tomonidan tayinlangan hokim va qozi ko‘plab
vakolatlarga ega bo‘lgan.
Bek o‘rdasida ham xon saroyidagidek yuzlab amal va unvonlar joriy etilgan
bo‘lib, ular mahalliy aholidan yig‘iladigan soliq hamda to‘lovlar hisobidan kun
kechirishgan. Beklar xonning itoatkor vassallari bo‘lib, mamlakatni idora etishida uni
qo‘llab-quvvatlashlari, zarur bo‘lganda unga yordam berishlari, uning hurmat-izzatini
joyiga qo‘yishlari, kerakli vaqtda o‘z qo‘shinlari bilan harbiy yurishlarda ishtiroq
etishlari va sovg‘a-salomlar yuborib turishlari lozim bo‘lgan.
Qo‘qon honligida Qo‘qon, Toshkent, Andijon, Namangan, Marg‘ilon,
CHimkent, Jizzax, O‘sh, Xo‘jand, O‘ratepa kabi aholisining soni jihatidan katta,


115
hunarmandchilik va savdo rivojlangan, mamlakat ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy, madaniy
hayotida muhim ahamiyatga ega bo‘lgan o‘nlab shaharlar mavjud bo‘lgan. Xonlikning
poytaxti Qo‘qon shahri bo‘lib, u mamlakatning siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy
markazi edi.
XIX asrda xonlikning chegara hududlarini bir necha qal’a va istehkomlar
muhofaza qilgan. Ular jumlasiga Oqmasjid, Avliyoota, Pishpak, To‘qmoq, Qurtka,
Niyozbek, Mahram kabilarni kiritish mumkin. CHu vodiysi bo‘ylab bunyod etilgan
istehkomlar esa nafaqat chegara muhofazasi uchun, balki ularning atrofidagi shahar va
qishloqlarni itoatda ushlab turish uchun ham hizmat qilgan. Ushbu shahar va
qal’alarda harbiy qism hamda ularga boshliq bo‘lgan botirboshilar bo‘lgan. Mudofaa
maqsadlari uchun qurol va aslahalar saqlangan.
Xonlik tarkibiga kiruvchi hududlar aholisining joylashuvi va turmush tarzi bir –
biridan farq qilgan. Toshkent vohasi va Farg‘ona vodiysining sug‘orilib dehqonchilik
qilinadigan qismi aholi joylashuvi jihatidan zich bo‘lib, ular o‘troq hayot kechirganlar.
Sahro, tog‘ va tog‘ oldi tekisliklaridan iborat hududlarda ko‘chmanchi va yarim
ko‘chmanchi aholi yashagan.
Xonlikdagi aholi soni haqida manbalar turli ma’lumotlar beradilar. Bu
ma’lumotlarga ko‘ra, XIX asrning boshlarida xonlikda (Toshkent va Turkistonni ham
qo‘shib hisoblaganda) aholi soni 1 million, XIX asrning o‘rtalarida 1,5-2 million, XIX
asrning ikkinchi yarmida 3 million kishi bo‘lgan bo‘lsa, Rossiya imperiyasi tomonidan
ko‘plab hududlarning bosib olinishi hamda ularning bosqinchilar ma’muriyati
tarkibiga kirishi natijasida xonlik tasarrufidagi Farg‘ona vodiysida 2 millionga yaqin
aholi qolgani taxmin qilinadi.
Aholi tarkibida o‘troq aholi ko‘chmanchi va yarim ko‘chmanchi aholiga
nisbatan ko‘pchilikni tashkil etgan. XIX asr boshlarida aholining 40 foizdan ortig‘i
ko‘chmanchi va yarim ko‘chmanchi bo‘lsa, shu asrning oxiriga kelib ular 15 foizni
tashkil etgan. Xo‘jalik mashg‘ulotlariga ko‘ra, o‘troq aholining asosiy qismi
dehqonchilik, hunarmandchilik, kosiblik hamda savdo-sotiq bilan band bo‘lsa,
ko‘chmanchi va yarim ko‘chmanchi aholi chorvachilik bilan shug‘ullangan.
Davlat boshqaruvi. Mansablar va unvonlar. O‘zbeklarning ming qabilasi (urug‘i)
boshliqlaridan biri SHohruhbiy asos solgan Qo‘qon xonligidagi davlat boshqaruv
tizimi o‘rta asrlarda Movarounnahrda hukm surgan musulmon davlatlari boshqaruv
tizimidan farq qilmas edi. Xonlikda Buxoro amirligida bo‘lgani kabi Amir Temur
davrida shakllangan hamda SHayboniylar davrida qisman islohot qilgan davlat
boshqaruvi va tizimi mavjud bo‘lgan. Xonlikda eng oliy va markaziy unvon xon
unvoni bo‘lib, uning hukumati cheklanmagan. Farmon berish va uning bajarilishini
nazorat etish salohiyatlari xonning qo‘lida bo‘lgan.
Xonlikning ming qabilasidan bo‘lgan hokimlar turli yillarda SHahrisabz, Urgut,
Mog‘iyon, Urmitan viloyatlari va bekliklarida ham hukm surganlar. Olimxon


116
davrigacha (1798y.) ming urug‘i boshliqlari XIX asrning boshlarida biy unvoni bilan
hokimiyatni boshqarganlar. Olimxon 1805 yilda o‘zini rasman xon deb e’lon qildi.
Xon unvoni bilan hokimiyatni boshqargan Umarxon (1810-1822yy.) 1818 yilda o‘zini
“amir ul-muslimin” deb e’lon qildi. 1822 yilda Muhammad Alixonham hon unvoni
bilan taxga o‘tirgan.
Xon avlodlari xonzoda, amirzoda, mirzoda, shahzoda, to‘ra deb atalganlar.
Xonlikdagi davlat nizomi mutlaq yakka hokimlik bo‘lib, xonning o‘zi cheklanmagan
hokimiyatga ega bo‘lsa-da, ma’lum tarixiy davrlarda uning salohiyati va hokimiyati
cheklanib, saroy amaldorlari hamda qo‘shin boshliqlarining xonga ta’siri kuchli
bo‘lgan. Bunga Musulmonqulining mingboshi va otaliq bo‘lgan davrini (Xudoyorxon
davrida, 1844-1852yy.) yoki Aliqulining amirlashkarlik va vazirlik davrini (Sulton
Sayidxon, 1863-1865 yy.) misol qilib keltirish mumkin. Bu holat xonning siyosiy kuch
qudrati ma’lum iqtisodiy asoslarga hamda ma’lum ijtimoiy guruhlar faoliyatiga bog‘liq
bo‘lgan deyishga asos bo‘ladi.
Mamlakatda xon eng katta va yirik mulkdor bo‘lib, xonlik hududidagi barcha
boyliklarga, er, suv, qo‘riq erlar, ko‘lu anhorlarga egalik qilgan. Ulardan keladigan
zakot, xiroj, tanobona va boshqa soliqlar shaklidagi daromadlar xon xazinasini
muntazam ravishda to‘ldirib turgan. Xon va uning qarindoshlari, saroy ahli va
ma’muriyat, qo‘shinlar va qo‘shin boshliqlari asosan soliqlar hisobidan
rag‘batlantirilgan.
Manbalar ma’lumotlariga ko‘ra, xon saroyida mingboshi boshchilik qiladigan
Kengash tuzilgan bo‘lib,bu kengash saroydagi davlat ahamiyatiga molik muhim
ishlarni ko‘rib chiqqan. Dasturxonchi, risolachi va boshqa muhim amaldorlar a’zo
bo‘lgan ushbu kengash davlat boshqaruvida muhim ahamiyatga ega edi.
Qo‘qon xonligida asosan Olimxon, Umarxon va Muhammad Alixonlar davrida
(1798-1842 yy.) davlat boshqaruvi va davlatchilik ichki va tashqi siyosat ancha
barqaror hamda nisbatan tinch rivojlangan. Ammo XIX asrning o‘rtalariga kelib
Qo‘qon xonligi inqirozga uchray boshlaydi. Tadqiqotchilar ushbu inqirozning asosiy
sabablari sifatida o‘troq xalq va ko‘chmanchi aholi o‘rtasidagi qarama-qarshiliklarni,
o‘zaro nizo va urushlarni, xon taxti uchun olib borilgan kurashlarni, Buxoro amiri
bilan bo‘lgan nizolar va dushmanliklar, saroy amaldorlarining xoinliklari kabilarni
ko‘rsatadilar. Bularning natijasida iqtisodiy hayotda taraqqiyot pasayib, ijtimoiy
tarqoqlik kuchayib bordi va davlat inqirozga yuz tutdi.
Qo‘qon xonligida unvonlar va mansablar ular ijrochilarining vazifalari hamda
martabalariga qarab harbiy, harbiy-ma’muriy, saroy unvon va mansablari hamda
ma’muriy vazifalari, diniy mansab va unvonlar hamda diniy qozixona amallariga
bo‘linar edi. Xon saroyida quyidagi harbiy mansab va unvonlar joriy etilgan:
Amir ul-umaro – amirlar amiri. Xon tomonidan keng vakolatlar berilgan
(davlatdagi muhim ishlar, amaldorlarni amalga qo‘yish va olish, davlatdagi ichki


117
tartibni saqlash, saroydagi tartib – intizom kabilar) shaxs bo‘lib, xondan keyingi eng
yuqori mansab hisoblangan;
Amirlashkar – amir ul-umarodan keyingi mansab. Qo‘qon xonligida mingboshi
harbiy unvonining vazifalari, darajasi amirlashkarlikka teng bo‘lgan;
Mingboshi– ma’mur sifatida mingnafar otliq askar beradigan mulkning hokimi.
Bu unvondagi shaxs harbiy yurishlar vaqtida qo‘shinni boshqarib, lashkarboshi
unvonini olgan. Bu unvonning egasi vazirlikka ham da’vogar bo‘lgan. Bu unvon
SHeralixon davrida (1842-1844 yy.) yuqori darajadagi vazifaga aylanib ketgan;
Botirboshi – botir bahodirlar boshlig‘i. Besh yuz kishidan ko‘p lashkarga
boshchilik qilgan. Viloyatlarda botirboshi harbiy va qo‘shin ishlariga mas’ul edi.
Botirboshi ba’zan qurilish hamda sug‘orish ishlariga ham boshchilik qilgan.
(Ulug‘ nahr arig‘i, Otabek botirboshi).
Qo‘shbegi – harbiy qo‘shinning boshlig‘i. Bu mansab yurish va jang vaqtlarida
berilib, uning egasi mingboshi unvonini olishga da’vogarlik qilgan hamda alohida
viloyatga ham hokim bo‘lishi mumkin edi.
Voli yoki voliy (noib, muovin) – tobe etilgan viloyat va tumanlarda xonning
o‘rinbosari. Viloyatlarda lashkar unga itoat etgan hamda u viloyatning harbiy
ma’muriy ishlariga boshchilik qilgan.
Qal’abon yoki kutvol – Qo‘qon xonligining chegeralarida joylashgan qal’a va
istehkomlarining hokimi bo‘lib, shu hududlarning harbiy-ma’muriy, xiroj va boj olish
ishlariga javobgar bo‘lgan. Harbiy maqsadga ko‘ra, qal’abon vazifasiga dodxohdan
qushbegigacha bo‘lgan shaxslar tayinlangan.
Qo‘rboshi – qo‘rxona ya’ni aslahaxona boshlig‘i. Bu mansab egasi xon va
mingboshiga itoat etgan. Qo‘rboshi qo‘rxona, miltiqxona, to‘pxonalarga boshchilik
qilib,xomashyo topib kelishdan tortib to tayyor mahsulot ishlab chiqarish va ularni xon
qaroriga binoan tarqatib berish jarayoniga javobgar bo‘lgan.
Yofar – soqchilarboshlig‘i. Bu mansab egasining guruhi yuz nafar askardan
iborat bo‘lgan. Yofar o‘z guruhining hisob-kitobi, yillik xarajatini askarlari uchun
xazinadan olib bergan. Manbalarda yofarlar g‘allagir (g‘alla oluvchi), javgir (bug‘doy
oluvchi) va sarpo oluvchi sifatida ham qayd etilgan.
To‘pchiboshi – to‘pchilar, zambarakchilar guruhi boshlig‘i.
To‘qsabo – o‘zlarining tug‘iga ega bo‘lgan harbiy guruhning boshlig‘i.
Ponsadboshi – besh yuz nafar askardan iborat guruh rahbari.
YUzboshi – yuz kishilik harbiy dasta boshlig‘i.
Panjohboshi – ellikboshi, ellik nafarli harbiy guruh boshlig‘i.
Dahboshi – o‘n kishilik harbiy guruh boshlig‘i.
Qorovulbegi – soqchilar va qorovullar boshlig‘i.
Harbiylar qatoriga askar, sarboz, nukar, sipohi, mergan, mahram, botur, to‘pchi,
zanbarchi, qo‘rchi, qorovul kabilar ham kirib, qo‘shin safida, nog‘orachi, surnaychi,


118
to‘g‘chi (bayroqdor) kabilar ham xizmat qilganlar. Bu harbiy unvonlar orasida
mingboshidan
ponsadboshigacha
bo‘lganlari
oliy
unvonlar,
qo‘rboshidan
qorovulboshigacha bo‘lganlar o‘rta unvonli mansablar, qolganlari esa past unvonlar
hisoblangan. Elikboshidan mingboshigacha bo‘lgan harbiy lavozimdagi amaldorlar
o‘z xizmatlariga mulozimlar olganlar. Ponsadboshidan yuqori mansabdagi harbiylarga
yana mirzolar va munshiylar ham hizmat qilgan. Manbalarda harbiylarga saroydan
yiliga turli hajmdagi maosh berilganligi qayd etilgan.
Qo‘qon xoligidagi saroy unvon va mansablari quyidagilar edi:
Otaliq – xon yoki xonzodaning murabbiysi, ularning homiylari. Ular
tarbiyalagan xonzoda taxtga o‘tirganidan so‘ng, otaliqlar ham yuqori mansab va
unvonlarni egallaganlar.
Beklarbegi – beklarning begi. Bu unvon xonning vorisiga yoki ba’zi
viloyatlarning hokimiga berilgan.
Biy – turkiy qabilalarning boshliqlari.
Devonbegi – xon devonining boshlig‘i, Qo‘qon xonligi viloyatlaridan Toshkent
va Dashti qipchoq mulkida ham devonbegi mansabi bo‘lgan.
Xazinachi – davlat xazinasining hisob-kitobiga javobgar shaxs. Xazinachilar
viloyat markazlarida ham faoliyat yuritgan.
Inoq – xonning xos va sirdosh mulozimi.
Eshikog‘asi yoki chehraog‘asi – eshik oldidagi soqchi, posbon. Xon mahramlari
va soqchi-mulozimlarining boshlig‘i. Notanish kishilarni xon huzuriga ijozatsiz
qo‘ymaslikka javobgar shaxs.
Parvonachi – bu unvon egasi xon nomiga kelgan xat va arizalarni saroyga olib
kirib, javobini olib chiqqan. Bu unvon boshqa unvon sohiblariga ham berilgan.
Dodxoh – xon oldiga fuqarolarning xohish-istak hamda maqsadlarini bayon
etish huquqiga ega mansab, saroy unvoni.
Dasturxonchi – xon dasturxoniga, umuman, oshxonasiga javobgar saroy
mansabi.
Saroy qorovulbegisi – xon o‘rdasining soqchilariga boshliq bo‘lgan saroy
amaldori.
Tunqator – tun bo‘yi uyg‘oq bo‘ladigan soqchi. Xonning dam olishi va
yurishlari vaqtida qo‘riqchilik qilib, xonning yaqin kishilaridan tayinlanadigan
amaldor.
Oftobachi – xonning xos mulozimlaridan bo‘lib, uning yuvinishi va tahorati
vaqtida xizmat qiladigan amaldor.
SHarbatdor – eng oliy va faxriy unionlardan bo‘lib, xonning xos majlislari va
safarlarida hizmatda bo‘lgan.
Hidoyatchi – xon saroyiga yuborilgan tortiq va sovg‘alarni qabul qilib olib, xon
nazaridan o‘tkazuvchi amaldor.


119
SHig‘ovul – saroyga tashrif buyurgan elchilar va choparlarni xon huzuriga
boshlab kiruvchi amaldor. Manbalarga ko‘ra, bu mansabdagi amaldorning vazifalari
keng bo‘lgan.
Sarkor – saroydagi xon amaldorlarining boshlig‘i. Bu mansabdagi shaxs xonga
tegishli shifoxonalar, korxonalar hamda qurilish ishlariga ham boshchilik qilgan.
Qushbegi (mirishkor) – ov paytida xonga hamrohlik qiladigan mansab egasi.
Qushbegining ovchi itlari, lochin va burgutlari bo‘lib, ov paytidagi xonning dam olish
jarayonlariga ham bu shaxs javobgar bo‘lgan.
Salomog‘asi – xon nomidan xalqqa salom beruvchi.
Kitobdor – saroy kitobxonasi uchun javob beradigan amaldor.
Risolachi – elchilar va ularning xat-xabarlariga javob berish uchun mas’ul
bo‘lgan saroy amaldori.
Jam’og‘a – xonning suhbati, qabuli hamda bazmlariga ishtirok etuvchilarga
xabar berib, chaqirib keladigan saroy amaldori.
Jarchi – xalq yig‘iladigan ommaviy joylarda xonning farmon va buyruqlarini jar
solib (baland ovoz bilan) e’lon qiladigan shaxs.
CHopquchi – pichoq yasovchi, xon saroyidagilar uchun qurollar (pichoq, xanjar
qilich) yasab, qo‘rchi vazifasini ham bajargan.
SHotir – xon rikobi oldida yuradigan hizmatchi, odamlarni xon kelishidan
xabardor etib, ularni ta’zimga chorlab turgan.
Udaychi - xon rikobi oldida yurib, uning sha’niga baland ovoz bilan maqtovli
so‘zlar va hamdu sanolar aytib boruvchi hizmatchi.
YUqoridagi amal va mansab egalari o‘z hizmatlari evaziga yillik maosh (pul, ot,
qo‘y, g‘alla ko‘rinishida) olganlar. Bundan tashqari, ularga tegishli er-mulklar ham
berilgan.
Butun o‘rta asrlar musulmon davlatlarida bo‘lgani kabi Qo‘qon xonligidagi
musulmon ruhoniylari
ham alohida imtiyozlarga ega bo‘lgan ijtimoiy tabaqa
hisoblangan. Xonlikdagi davlat boshqaruvida, ta’lim – tarbiyada, sud ishlarida hamda
jamiyat hayotining turli sohalarida ularning fikri katta ahamiyat kasb etgan. Qo‘qon
xonligida qo‘yidagi diniy va qozixona mansab, unvon hamda amallari mavjud bo‘lgan:
SHayx ul-islom – dindorlarning eng oliy unvoni bo‘lib, 1818 yilda Umarxon
tomonidan joriy etilgan.
Xoja kalon – fikh olimi (huquqshunos) ning faxriy unvoni.
Xalifa–o‘rinbosar.
Qo‘qondagi
naqshbandiya,
qalandariya,
yassaviya
taraqqiyotlarining rahbarlari.
A’lam – faqih, olim hamda shariat qonun – qoidalarning bilimdoni.
Oxund – bilimli va madrasada o‘qiydigan kishi.
Sudur – vaqf mulklarining daromadlari hamda hisob – kitobiga javobgar
mansabdor.


120
O‘roq – vaqf erlarining xiroj va soliqlariga mas’ul shaxs, O‘roq shaklidagi
nishonni sallasiga taqib yurgan.
Mudarris – madrasada ta’lim beruvchi ustoz.
Imom va imom xatib – masjid imomi hamda juma nomozlarida xutba o‘qib
xizmat qiladigan imom.
Muazzin – musulmonlarni namozga chaqiruvchi, azon aytuvchi.
Qozi ul –qo‘zzot – qozilar qozisi (adliya vaziri).
Qozi kalon – xonlik poytaxti hamda viloyatlar markazlaridagi qozilar va
qozixonalar ustida nazorat qiluvchi amaldor.
Qozii askar – qo‘shin qozisi.
Tarakachi – meros qolgan mol-mulklarni merosxo‘rlarga taqsimlab (taraka)
beruvchi shaxs.
Xonlikdagi diniy va qozilik lavozimida bo‘lganlar davlat tomonidan belgilangan
maosh hamda turli ehsonlar hisobidan kun ko‘rganlar. Madrasa, masjid, mozorlar
o‘zlarining vaqf mulklariga ega bo‘lib, shu mulk daromadidan o‘z xizmatchilariga
maosh berganlar. Vaqf mulklariga muttavali mutasaddi – boshliq edi.

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   76




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin