133
Sovetlarning V o‘lka s’ezdi o‘zining markaziy hokimiyatga tobeligini ochiq
namoyon etib, Moskvaga sovet Rossiyasi siyosiy rahbariyatining “barcha inqilobiy
shiorlari hayotga qat’iy tadbiq etilishi” ta’kidlanib telegramma jo‘natdi. Bunga
javoban V.I.Lenin va I.Stalin zudlik bilan javob telegrammasi yo‘lladilar. Unda
quyidagi so‘zlar bor edi: “...sovnarkom sizning sovetlar asosidagi o‘lkangiz
avtonomiyasini qo‘llab-quvvatlaydi. Biz siz boshlagan ishlarni yoqlaymiz va butun
o‘lkani sovetlar tarmog‘i bilan qoplaysiz, mavjud sovetlar bilan to‘liq aloqada bo‘lasiz
deb to‘liq ishonamiz”.
S’ezd delegatlari Lenin va Stalinning ko‘rsatmalari asosida 1918 yil 30 aprelda
“Rossiya Sovet Federatsiyasi Turkiston Sovet avtonom respublikasi” haqida
Nizomni qabul qildi. Ushbu Nizomda Turkistonda davlat qurilishi asoslari, uning
hududi, oliy qonunchilik va ijroiya organlari, mahalliy organlar tuzilishi, vazifalari va
ularning sovet Rossiyasi bilan o‘zaro munosabatlari belgilab berildi. Ushbu Nizom
Turkistonda avtonom respublika tuzilganligini qayd etib, unga muvofiq, Buxoro va
Xivadan tashqari, Turkiston o‘lkasining geografik chegaralaridagi butun hudud
Rossiya sovet federatsiyasining Turkiston Sovet Respublikasi deb e’lon qilindi.
“Nizom”da Turkiston Respublikasi avtonom ravishda boshqarilib, “o‘z xatti-
harakatlarini Rossiya
Sovet Federatsiyasi markaziy hukumati
bilan
muvofiqlashtiradi”, deb qayd etildi. S’ezdda “markaziy hukumat bilan o‘zaro
munosabatlarni belgilash uchun” besh kishidan iborat komissiya tashkil etish va
Moskvaga yuborishga qaror qilindi.
S’ezd sovet Turkistonining qonun chiqaruvchi oliy organi - Markaziy Ijroiya
Komiteti (Tur SIK)ni sayladi. 36 kishidan iborat bu komitetning yarmi bolsheviklar,
yarmi so‘l eserlar (18 tadan) edi. Ushbu komitet sovetlar s’ezdlari oralig‘idagi davrda
o‘lkada oliy hokimiyat vazifalarini bajaruvchi oliy qonunchilik organi bo‘ldi.
Turkiston
MIK raisi
qilib Markazdan
hukumatning favqulodda komissari
P.A.Kobozev (hamrais qilib A.Salkin) saylandi. SHuningdek, Turkiston XKS tarkibiga
16 kishi (9 ta bolshevik va 7 ta so‘l eser) kiritildi. Mahalliy millat vakillaridan to‘rt
kishi – S.Jo‘raboev, S.YUsupov, SH.Ostonboev va S.Azimboevlar Turkiston MIKga
saylanib, S.Tursunxo‘jaev sog‘liqni saqlash xalq komissari
sifatida hukumat
tarkibiga kiritildilar.
1918 yil 17-25 iyunda Toshkent shahrida bo‘lib o‘tgan
Turkiston
bolsheviklarining
o‘lka
konferensiyasi
Turkiston
kommunist-bolshevik-lar
Dostları ilə paylaş: