8c479b6d5d95af464b7e958a2539bf5d METROLOGIYA, STANDARTLASHTIRISH VA SERTIFIKATLASHTIRISH ASOSLARI
21-MAVZU: SERTIFIKATLASHTIRISH TIZIMINING ASOSIY KO’RINISHI. REJA. 1. Majburiy
sertifikatlashtirish.
2. Standartlashtirish, metrologiya va sertifikatsiyalashtirishning
markazining vazifasi.
Majburiy sertifikatlashtirish me’yoriy xujjatlarning majburiy talablari
maxsulot, jarayon, xizmatga boglikligini isbotlashni ta’minlaydi. Majburiy
talablariga xavfsizlik, insonlarning sogligi va aggrof-muxitning xavfsizligini
ximoya qilish, uzaroalmashinuvchanligi, xamkorligi va xokazolar kiradi.
Majburiy sertifikatsiyalashtirish ruyxatiga kiruvchi maxsulotlar turi 1994
yil 12 avgustda O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining karorining
1-nchi ilovasida tasdiklangan. Bu karorga kushimcha ravishda O’zbekiston
standartlashtirish agentligi va Bojxona qumitasi tomonidan tasdiklangan,
xamda 2000 yil 26 fevralda 901 sonli rakam bilan Yustitsiya Vazirligida kayd
etilgan «Majburiy sertifikatsiyalashtirish ruyxatiga kiruvchi maxsulotlarni
O’zbekiston Respublikasi territoriyasiga kiritish yoki chikarib ketish tartibi
xaqida gi instruksiya» kiritipdi.
Maxsulot
va
xizmatlarni
majburiy
sertifikatsiyalashtirish
ishlari
O’zbekiston Respublikasi Milliy sertifikatsiyalashtirish tizimi doirasida amalga
oshiriladi.
Undan tashkari, O’zbekiston Respublikasi Milliy sertifikatsiyalashtirish
tizimida ixtiyoriy sertifikatsiyalashtirish ishlari kurib chikilgan. Bunday
sertifikatsiyalashtirish ishlari ishlab chikaruvchilarning ixtiyoriy istaklari
buyicha
utkaziladi.
Ixtiyoriy
sertifikatsiyalashtirish
maxsulotning
raqobatbardoshligini oshiradi, mol almashinuvchanlik jarayonini tezlashtiradi.
Sertifikatsiyalashtirish
tizimini
yaratish
MAQSADI
muvofiklik
sertifikatini amalga oshirish uchun o’tkazish va boshkarish qoidalarini
belgilaydi.