8c479b6d5d95af464b7e958a2539bf5d METROLOGIYA, STANDARTLASHTIRISH VA SERTIFIKATLASHTIRISH ASOSLARI
. - Quyidagilar sertifikatsiya kilinishi mumkin:. maxsulotlar, xizmatlar,
jarayonlar, ish, sifat tizimi va ishlab chikarish.
Davlatlar o’rtasida
savdo va iktisodiy, texnikaviy, madaniy alokalarning
rivojlanishi xalkaro tashkilotlar tomonidan ishlab chikilgan me’yoriy xujjatlar
bilan jaxon bozoriga yukori sifatli raqobatbardosh maxsulotlar yetkazib berish
bilan uygunlashadi. Davlatlaro savdo-sotiq munosabatlari samarali bulishi
uchun maxsulotlarni sertifikatsiya qilishning axamiyati kattadir. Bir turdagi
maxsulot ishlab chikarishda turli mamlakatlarda bulishidan kat’iy nazar shu
maxsulot sifatiga kafolat beruvchi sertifikatsiyadan foydapanadilar.
Maxsulotni sertifikatsiyalash maxsulot ishlab chikaruvchilar orasida
raqobatli kurashda uzlarining. savdo-sotiqdagi mavkeini mustaxkamlashda
asosiy vositalardan biri xisoblanadi.
Tovar-tayyorlovchining faoliyati natijasida olingan maxsulot, shu
jumladan iste’molchiga shartnoma asosida sotish uchun import kilingan
maxsulot.
Iste’molchi- biror bir tovarni maxsulotni yoki xizmatni foyda olish bilan
boglik bulmagan, o’zining shaxsiy extiyojini kondirish maksadida sotib oluvchi,
buyurtmachi yoki sotib olmokchi, buyurtma bermokchi bulgan fukaro (jismoniy
shaxe).
Tayyorlovchi-iste’molchiga realizatsiya qilish uchun tovar ishlab
chikruvchi korxona, tashkilot, muassasa yoki xususiy tadbirkor.
Tovar xavfeizligi-oddiy iste’mol sharoitida foydalanilganda, saklanganda,
tashilganda yoki ularni utilizatsiya kilinganda inson xayotiga, salomatligiga
raxna solmaydigan, iste’molchi mulkiga va atrof muxitga- zarar
yetkazmaydigan tovar yoki xizmat natijalari.
Tovar kamchiligi-tovar yoki xizmatning me’yoriy xujjatlarda kursatilgan
shartlariga, shartnoma yoki oddiy sifat talablariga mos kelmasligi.
Kafolatli muddat-tovarning ekspluatatsiya qilish qoidalariga amal kilgan
xolda, me’yoriy xujjatlarda kursatilgan sifatli xizmat qilish muddati(kursatkich
oy, soat, sikl, km v.b).
Xizmat muddati- tovardan foydalanishning me’yoriy xujjatlarda
130
belgilangan davri. Bu davr tugagandzn sung tovarning texnik xolatidan kat’iy
nazar ekspluatatsiya qilish tuxtatiladi.