8c479b6d5d95af464b7e958a2539bf5d METROLOGIYA, STANDARTLASHTIRISH VA SERTIFIKATLASHTIRISH ASOSLARI
5. Sertifikatlashtiriluvchi mahsulot ishlab chiqarish sharoitlarini tekshirish Uchinchi tomon tarafidan sertifikatlashtirilishi mo‘ljallangan mahsulotni
ishlab
chiqarish sharoitlarini tekshirishni yoki tayyorlovchiga berilgan huquq
doirasida sertifikatlashtirilgan mahsulot ishlab chiqarilishini amalda, deyarli hamma
sertifikatlashtirish
tizimlarida
ko‘zda
tutiladi.
Bu
o‘z
navbatida
sertifikatlashtirishdagi tekshirilayotgan mahsulotning sifatini turg‘unlanishiga,
ularga bo‘lgan talablarni doimo rioya qilinishiga olib keladi.
Har bir buyurtmachi (xaridor, iste’molchi) mahsulot ishlab chiqarilishi bilan
tanishish huquqiga ega (ko‘pincha bundan foydalanadi ham). Dastavval ularni talab
qilinadigan sifatni ta’minlanishi qanday amalga oshirilishi qiziqtiradi.
Sertifikatlashtirish doirasida bunday tanishish mustaqil idora tomonidan bajariladi
va buni maxsus tekshirish deb yuritiladi. Bundan ko‘zda tutilgan maqsad
mahsulotning sifati kerakli darajada bo‘lgan holda ushbu korxonada bir meyorda
ishlab chiqarilishiga ishonch hosil qilishdan iborat.
Bunday tekshirishning ikkita imkoniy yunalishi mavjud:
1.
Korxonani tekshirish va nazorat qilish mahsulotning majburiy sinovlari
bilan birga qo‘shib olib boriladi va sertifikat berish yoki muvofiqlik belgisi qoyish
bilan yakunlanadi;
2. Agar faqat korxonani sertifikatlashtirish (attestatlash) kerak bo‘lsa, bunda
sertifikatlashtiriluvchi mahsulotni aniq MTH muvofiqligiga sinovlar uchinchi tomon
tarafidan bajarilmaydi, demak mahsulot uchun sertifikat berilmaydi. Lekin, bu
sinovlarni sertifikatlashtirish doirasida bo‘lmagan holda, iste’molchi tomonidan
bajarilishi (yoki bajarilmasligi) mumkin.
Birinchi yo‘nalish ISO tomonidan tavsiya etiluvchi sertifikatlashtirishning 5 –
tizimiga, ikkinchisi esa 6 – tizimiga mos keladi.
Ikkala yo‘nalish ham korxonaning sertifikatlashtirilgan mahsulot sharoitini
tekshirishdan, dastavval nazoratning mavjudligi va ushbu mahsulotning sifatini
ta’minlovchi tizimning samaradorligini baholashdan iborat.
U yoki bu tizimni qo‘llanilishi mahsulot xususiyatlariga, iste’molchining
hohishiga va qator boshqa omillarga bog‘liq.