183
Chetdan
olib
kelinayotgan
mahsulotni
sertifikatlashtirish
uchun
quyidagilar taqdim etiladi:
–
ishlab chiqarilayotgan mahsulotga meyoriy hujjat nusxasi (u mavjud
bo‘lganda);
–
mahsulotni markirovka qilish namunasi (mahsulot to‘g‘risida axborot);
–
O‘zbekiston Respublikasining bojxona hududiga yetib kelganligi to‘g‘risida
belgi qo‘yilgan tovarning ilova hujjati (tovar-transport
yuk xati, invoys,
schyot-faktura) nusxasi.
Mazkur mahsulotlarining SI bir nechta bo‘lgan holda, so‘rovchi
buyurtmani ulardan xohlaganiga yuborishi mumkin.
So‘rovchida bunday idora haqida axboroti yo‘q bo‘lganida va u
manfaatdor bo‘lgan mahsulotni sertifikatlashtirish tartibi haqidagi axborotni SMI
yoki uning hududiy idorasidan olishi mumkin.
SI buyurtmani ko‘rib chiqadi, taqdim etilgan hujjatlarni tekshiradi va tahlil
qiladi hamda uni olgandan boshlab 2 kundan kechiktirmay so‘rovchiga muayyan
bir turdagi mahsulotni sertifikatlashtirishni belgilangan tartibiga asoslangan
sertifikatlashtirishning barcha asosiy shartnomani o‘z
ichiga olgan, shu jumladan,
o‘tkaziladigan sertifikatlashtirishga muvofiq keladigan sertifikatlash-tirish
sxemasi va kerak bo‘ladigan MH ko‘rsatilgan Qaror to‘g‘risida xabar beradi.
Qarorda, shuningdek sinovlarni o‘tkazadigan
akkreditlangan sinov
laboratoriyasi va sifat tizimi yoki ishlab chiqarishni sertifikatlashtirilishi kim
tomonidan o‘tkazilishi (agarda bu sertifikatlashtirish sxemasi bilan mo‘ljallangan
bo‘lsa) ko‘rsatiladi.
Tez
buziladigan
mahsulotlarni
sertifikatlashtirish
buyurtmasi,
kechiktirmay ko‘rib chiqiladi va u bo‘yicha
qabul qilingan qaror, so‘rovchiga,
murojaat qilingan kunning o‘zida xabar qilinadi.
Import mahsulotlarni majburiy sertifikatlashti-rishni o‘tkazish muddati,
“Majburiy sertifikatlashtirish lozim bo‘lgan tovarlarni (mahsulotlarni)
O‘zbekiston Respublikasi hududiga kiritish va uning hududidan olib chiqib
ketish tartibi» to‘g‘risidagi qo‘llanmada aniqlangan.
Dostları ilə paylaş: