3- Mavzu: Algoritmik tillar.
Algoritmlarning tahlili asoslari.
1.Algoritmik tillar
Ushbu qo'llanmaning asosiy maqsadi algoritmik tafakkurni rivojlantirish
bo'lganligi bois, qo'yilgan masalalarni yechishda o'zimiz
uchun dasturlash tiliga
o'xshash va ularning umumiy jihatlarini o'z ichiga olgan maxsus tilni tashkil etamiz.
Har qanday tilda bo'lgani kabi bu tilda ham
alifbo, sintaksisi
va
semantika
bo'ladi.
Bu tushunchalarni qisqacha yoritib o'tamiz.
Alifbo
— aniq bir til uchun asosiy belgilar ro'yxati, ya'ni shu tildagi matnlarni
yozish uchun qo'llaniladigan «alifbo harflari» — boshqa belgini qo'llash mumkin
emas.
Sintaksis
— bu jumlalarni hosil qilish qoidasi bo'lib, biror jumlani to'g'ri yoki
xato yozilganligini aniqlash uchun xizmat qiladi. Aniqroq qilib aytadigan bo'lsak,
til sintaksisi shu tilda belgilarni ma'noga ega bo'ladigan
biriktirishni aniqlab
beruvchi qoidalar ro'yxati.
Semantika
— jumla yoki gaplarning mazmunini aniqlaydi.
Semantika hosil
qilingan jumlalar yoki gaplarni qanday amallar ketma-ketligini
aniqlab berishini
ta'minlaydi.
Qulay belgilashlarni o'ylab topish san'ati inson
madaniyatida juda muhim
ahamiyatga ega. Masalan, sonlarni belgilashni olaylik.
Avvalgi bobda aytib
o'tilganidek, hammangiz sonlarni ustun ko'rinishda qo'shish va ko'paytirishni
bilasiz. Al-Xorazmiy to- monidan yoritib berilgan o'nlik belgilash sistemasi bunga
imkon beradi. Rim raqamlari orqali yozilgan sonlarni qo'shib ko'ring- chi, qo'shish
masalasini hal etishda belgilashlar sizga hech qanday
yordam bermayotganini
ko'rasiz. Yana, masalan, musiqani olaylik. Musiqa tovushlarini
belgilash uchun
notani o'ylab topib, musi- qachilar ancha murakkab va qiziqarli musiqalarni yozish
hamda tarqatish imkoniyatiga ega bo'ldilar. Shu kabi juda ko'p misollarni keltirish
mumkin.
Agar algoritm yordamida joiz boshlang'ich qiymat asosida izlangan natijani olish
mumkin bo'lsa
u holda