21
XIX asrning II yarmigacha bo‘lgan eski o‘zbek tili deb ataluvchi davrning tili
ahamiyatli ekanligi e’tirof etiladi. Jumladan, buyuk shoir
va mutafakkir Yusuf Xos
Hojibning adabiy merosi bo‘lgan “Qutadg’u bilig” asari O‘rta Osiyo Turkiy
xalqlarining madaniy-ma’naviy hayotida muhim o‘rin egallagan. U chinakam
vatanparvar shoir, qomusiy olim sifatida xalq tilining bitmas-tuganmas
manbalaridan foydalanish uning boyligi va nafisligini
namoyon etish bilan faqat
o‘z zamondoshlariga emas, balki undan keyingi butun avlodlarga ham o‘rnak
ko‘rsatdi. Yusuf Xos Hojib yaratgan asarlarida o‘zbek tilining boy xazinasidan
foydalanish bilan birga, o‘z asarlarida an’anaga
muvofiq boshqa tizimdagi
tillarning ilmiylarini qo‘llaydi
21
. Tillarning qadimgi davrlarida yuzaga kelgan
o‘ziga xos davriy yangiliklari o‘sha davriy yangiliklari, o‘sha davr yozma
yodgorliklarida saqlanib qolganligidir.
Hozirgi o‘zbek adabiy tili faqat bugungi
kunning mahsuli emas, balki
ma’lum bir tarixiy bosqichda yuzaga kelgan boshlang’ich sodda tilning o‘zgargan,
takomillashgan holidir. Bugungi kungacha u turli fonetik, leksik, morfologik,
sintaktik va boshqa mantiqiy o‘zgarishlarga uchraganligi aniq. Ana shu o‘zgarish
va taraqqiyot yo‘llarini va uning ahvoli qanday bo‘lganligini, u
vaqtdan boshlab
tilda qanday o‘zgarishlar bo‘lib o‘tganligini “Qutadg’u bilig” asarini tadqiq qilish
natijasida aniqlash mumkin. B. Abdurahmonova “Qutadg’u bilig” asari haqida
quyidagi fikrlarni aytadi: “ “Qutadg’u bilig”ni ko‘rgan ko‘plab olimlarning
ta’kidlashicha ko‘ra: u turkiy yozma adabiyotning rivojlanishida o‘ziga xos
bosqich bo‘lib, qadimgi adabiy an’analarning yakunlanib,
yangi bir tarixiy davr
asosidagi adabiy an’analarning boshlang’ich nuqtasida paydo bo‘lgan. Shunga
ko‘ra ularning barchasi to‘laligicha, yaxlit holda emas, balki tanlab,
saralab olingan
holda taqdim etilishi maqsadga muvofiq bo‘ladi”
22
.
Yusuf Xos Hojibning “Qutadg’u bilig” asarida havola bo‘lakning asosan
ikki havola bo‘lakli turini ko‘plab uchratishimiz mumkin. Masalan:
Bayat kimka bersa bu beglik ishi,
21
Abdurahmonov G’., Shukurov Sh., O’zbek tilining tarixiy grammatikasi – Toshkent: O’qituvchi, 1973.26-bet
22
Abdurahmonova B. “Qutadg’u bilig” asari ustida ishlash. Toshkent, 2013. 36-bet