20
2-BOB
TARIXIY MANBALARDA HAVOLA BO‘LAKLARNING QO‘LLANISHI
VA ULARNING TASNIFI
2.1.
Tarixiy manbalar tilida havola bo‘lakli qo‘shma gaplarning
qo‘llanishi.
Tarixiy manbalar tilining tahlili shuni ko‘rsatadiki, ular o‘zida turli gap
konstruksiyalarini, sodda gap-monopredikativ konstruksiyalarni namoyon qiladi.
Fosr mashoyixi bilan suhbat tutib erdi
tipidagi gaplar bir bosh bo‘lakli sodda
gaplarning shaxsi aniq gap turiga kiradi. Mazkur gapda
suhbat tutmoq predikati
o‘ziga aloqador aktantlar munosabatidan tashkil topgan sintaktik qurilma sanalib,
bir predikativ ifodadan iborat. Predikat o‘zida mayl, zamon, shaxs-son kabi
predikativlik belgilarini mujassam etgan. Ushbu gapda ega ifodalanmagan bo‘lsa-
da, u gap predikati kesimdan anglashilib turadi. Shuning uchun ham A.Nurmonov
bu tipdagi (nominallashgan) predikatlarni “o‘zida aks ettiruvchi har qanday
predikatning o‘zi eng kichik gap sanaladi”
20
, deydi. Demak,
gapning semantik va
grammatik asosi predikativlik bo‘lib, uni tashuvchi asosiy element kesimidir.
H.G’. Ne’matov ham “zamon, modallik, shaxs-son kategoriyalari, umuman
olganda, fe’lning morfologik
kategoriyasi sifatida emas, balki, kesimlik
kategoriyasi sifatida yuzaga chiqadi va ushbu kategoriyalar mazmunini kesim
pozitsiyasida keluvchi barcha so‘z shakllarida o‘zining ifodasini topadi”, - deydi.
Eski o‘zbek tilida havola bo‘lakli qo‘shma gap va ularning turlari,
shakllari
xilma-xil. Ularning ayrimlari hozirgi o‘zbek tilidagi kabi ayrim bo‘laklari ko‘zga
tashlanib tursa, ayrimlari yashirin yoki yondosh kelgan turlariga o‘xshamay qolishi
mumkin.
Dostları ilə paylaş: