Abu Yusuf Yoqub ibn Ishoq Kindiy.
Abu Yusuf Yoqub ibn
Ishoq Kindiy (801-866-yy.) - arab faylasufi. Sharq aristotelizmi
asoschilaridan. M o‘shaziliylar bilan yaqin aloqada bo‘lgan. Xalifa Mu-
tavakkil (847-86l)ning ratsionalistlar bilan kurashi vaqtida quvg’inga
uchragan. Yunon mutafakkirlarining risolalarini arab tiliga tarjima qil
gan, Aristotelning “Kategoriyalar”, “Ikkinchi analitika”, Evklidning
“Unsurlar” va Ptolemeyning “Almagest” asarlariga sharhlar yozgan.
Abu Kindiy fikricha, olamning yaratuvchisi Alloh, u abadiy mav
jud, yagona. Tabiatdagi narsalar o ‘zaro sababiy bog‘langan, ular 4
unsur - olov, suv, havo va tuproqdan iborat. Abu Kindiy 5 ta sub-
stansiya fazo, vaqt, materiya, shakl va harakatning mavjudligi haqida,
dunyoni bilish mumkinligi haqida fikr yuritdi. Abu-Kindiy asarlari-
ning aksariyati bizgacha yetib kelmagan, faqat 29 ta risolasi topil-
gan, ularning ko‘pchiligi riyoziyot, mantiq, falsafa va boshqa fanlarga
bag‘ishlangan.
Abu Kindiyning falsafiy qarashlari keyingi davrlarda Sharq muta-
fakkirlari dunyoqarashiga, o ‘rta asr Yevropa falsafasi rivojiga sama-
rali ta ’sir k o ‘rsatdi. M uhim asarlari: “Aql haqida”, “Jon haqida mulo-
haza”, “Ashyolarning ta’rifi va bayoni”, ‘Beshta substansiya haqida
kitob” va boshqalar.
Sharqda birinchi bo‘lib ilmlar tasnifi masalasiga yondashgan va
uni hal qilishga harakat qilgan olim - Yoqub ibn Ishoq al-Kindiydir.
Bir vaqtning o ‘zida ilmlaming falsafa, tib, riyoziyot, ilmu nujum,
musiqa kabi ko‘pgina jabhalarida katta muvaffaqiyatlarga erishgan
al-Kindiy o ‘zidan keyingi mutafakkirlar foydalangan arab tilidagi
falsafiy atamalami tuzishga va ilmiy tasnifni kiritishga asos soldi. Al-
Kindiy ilmlar tasnifi sohasiga oid “Insoniy bilimlar tasnifi”, “limning
15
tub mohiyati va uning tasnifi”, “Arastu kitoblarining soni va falsa-
fani o ‘zlashtirish uchun nim a lozim” kabi bir necha asarlami yozdi.
Ammo, taassufki, oxirgi qayd qilingan asaridan boshqalari bizgacha
yetib kelmagan. 0 ‘zining tasnifida al-Kindiy falsafaga katta ahamiyat
beradi va uni “H amm a narsa haqidagi bilim” deb ataydi. U falsafani
bilim va faoliyat, nazariy va amaliy donishmandlikka ajratadi. Al-
Kindiy fikricha nazariy bilim (yoki donishmandlik), riyoziyot, tabi-
iyot va ilohiyotni, amaliy bilim esa - axloq, uy ishlari va fuqarolik siyo-
satini o ‘zida mujassamlashtiradi. U ilmiy bilish haqidagi ta’limotini uch
pog‘onadan iborat qilib tuzadi. Birinchi pog‘ona mantiq va riyoziyotdan,
ikkinchi pog‘ona tabiiyotdan, uchinchi pog‘ona esa metafizikadan ibo
rat. Falsafa vazifalarini aniqlashda Al-Kindiy tutgan o ‘rin Arastu tutgan
o ‘ringa juda yaqin va o ‘xshashdir. Al-Kindiy fikricha, moddiy olam
predmetlari, ya’ni “birinchi substansiyalar”ni ularning asosiy xususiyat
lari - miqdori va sifatini o ‘rganish asosidagina bilish mumkin. Demak,
har bir ilm asosini riyoziyot tashkil etadi. Arifmetika miqdorga taalluqli
bo‘lsa, handasa va ilmu nujum — sifatga taalluqlidir. Riyoziyotdan so‘ng
esa mantiq, tabiiyot, psixologiya, metafizika, axloq, siyosat keladi.
Shunday qilib, Al-Kindiy falsafiy fanlami o ‘rganishda riyoziyotga
alohida aham iyat beradi. Uning fikricha, falsafa ilm sifatida riyozi
yotga asoslangandir.
Al-Kindiyning fan oldidagi eng muhim xizmati shundaki, u yu-
non, fors va hind olimlari yaratgan boy g ‘oyaviy meroslami o ‘rganib,
ularning ilg‘or a n ’analarini rivojlantirish orqali Yaqin va 0 ‘rta Sharq-
da ilg‘or, tabiiy-ilmiy va falsafiy fikrlami rivojlantirishga asos soldi.
Amalda u o ‘rta asrlar sharqidagi ilmlar tasnifining ilg‘or ta ’limoti
asoschisidir. O byektiv narsalam ing xususiyati, tashqi olam pred
metlari va ularning xususiyatlarini ajratishga asoslangan al-Kindiy
tasnifi ilmlarning predmeti va vazifalarini keyinchalik o ‘rganish va
aniqlashda katta rol o ‘ynadi.
A l-Kindiyning ratsional fikri arab tilida ijod qilgan Ar-Roziy, al-
Forobiy, Ibn Sino, al-Beruniy kabi ilm namoyandalarining dunyoqa-
rashi shakllanishiga asos bo ‘ldi.
16
|