1424—1428-yillarda Samarqand shahri
yaqinidagi Obirahmat degan
joyda rasadxona qurdiradi, o ‘zining astronomiyaga oid kuzatishlarini
bevosita shu yerning o ‘zida olib boradi. Uning 1437-yiIda tugatgan
“Ziji jadidi K o‘ragoniy” (“K o‘rag‘oniyning yangi astronomik jadva-
li”) asari ana shunday ilmiy kuzatish va
xulosalar negizida dunyoga
keladi.
“U lug‘bek akademiyasi” nomli kitobda (muallif Abdurahmonov,
Toshkent, 1993) qayd etilishicha bu asar kirish, to‘rt kitob (bo‘lim)
dan iboratdir. “Ziji”ning birinchi kitobi eralar va turli taqvimlarga
bag‘ishlangan. Unda hijriy, yunon eralari, ulami hisoblash usullari, ular
orasidagi munosabatlar qarab chiqiladi. Yil hisobida kabisa yilini topish
masalasi ko‘riladi, Ulug‘bekning fikricha har 30-yilga 11
ta kabisa yili
to ‘g ‘ri keladi. Ikkinchi kitobda matematik hisob-kitoblar tizimi beriladi.
Uchinchi kitob trigonometrik jadvallarga bag‘ishlangan. Uning amaliy
astronom iyaga bag'ishlangan qismida sayyoralar harakati nazari
yasi, osmon yoritg‘ichlaming koordinatalarini aniqlash, yulduzlar va
sayyoralar orasidagi masofalami belgilash kabi masalalar yoritiladi.
Nihoyat “Ziji”ning to ‘rtinchi
kitobi ilmi nujum, ya’ni astrologiyaga
bag‘ishlanadi. Ilmi nujumda sayyoralaming turlicha mos turishlariga
qarab kishilaming
tolenomasini tuzish, sayyoralaming turli-tuman
joylashuvining kishilar taqdiriga ta’siri masalalari qarab chiqiladi.
Shuni aytish kerakki, U lug‘bek jadvali o ‘z davrining eng mukam-
mal yutuqlaridan hisoblanadi.
Chunonchi, Ulug‘bekning yil hisobi
hozirgi zamon hisob-kitoblariga qiyos qilinganda bir minutu ikki
soniyaga tafovut qilar ekan. Temuriylar
davrida ilmu fanning barcha
sohalari, shu jum ladan tabiatshunoslikda ham muhim ishlar qilindi.
Ularning ayrimlarini qayd qilib o ‘tamiz.
Dostları ilə paylaş: