«мл т*'1шн» «* иа Alisher Navoiy



Yüklə 10,71 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə118/168
tarix20.11.2023
ölçüsü10,71 Mb.
#162698
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   168
Xamsa. Alisher Navoiy

16 Partav - nur.
17 Jonso'z - jonni о‘rtovchi.
18 Rasan - arqon.
19 Kolok - tolqin.


qirg'oqqa tushirishdi. Qizlar ichidagi Mehrga ko‘zi 
tushgan Jobir hushini yo‘qotib yiqildi, bir dam 
olik kabi yotib o‘ziga keldi-da, Mehrni ko'rgach, 
yana holidan ketdi. Bu holat bir necha bor yuz 
berdi. Oxiri qiz yuziga boqishga majoli yo‘qligi- 
ni anglab, parivashni bog£ ichidagi qasrga olib 
kirishga buyurdi. Uning oldiga bir necha qizlarni 
qo'yishdi. Keyin omon qolgan barcha odamlami 
bir kemaga o‘tqazib:«Joningiz kerak bolsa, tezlik 
bilan o‘z yurtlaringizga ketinglar», - deb buyur- 
ishdi. Mehming hamrohlari darhol yolga tushib, 
dengizda ko‘zdan g‘oyib bolishdi. Mahvash orolda 
qoldi. Jobir uning xayoli bilan xursand bolib, visol 
umidi ko'ngliga kelmasdi.
Shu dengizdagi orollardan yana birida jannat 
monand, daryosi esa Salsabilga o'xshagan, havosi 
jannat bog'idagidek bir shahar bolib, mamlakati 
obod va hikmati yuksak bolgan No‘mon degan 
bir shoh hokim-u voliy edi. Mamlakatining oti esa 
Yaman bolib, shoh adolatidan guliston-u cha- 
mandek edi. Uning odamizod ichra tengi yo‘q bir 
farzandi bolib, yuzidan gul xijil, qaddidan esa sarv 
uyalardi. Barcha fazilat-u hunarlarda uning tengi 
yo‘q edi. Yuzi quyoshga o'xshagan bu yigitning 
oti Suhayl bolib, Mehrga ko‘ngil qolgan, Mehr 
ham uni sevar edi. 0 ‘z yoriga vola-yu zor, vasliga 
xaridor bolgan oshiq hijron doglda kuyardi. U bir 
bog‘ni o'ziga manzil qilib olgan bolib, u yerda xil­
ma-xil daraxtlar va nilufar gullar serob edi. Nilufar 
gulini sevgani tufayli ham Suhayl o‘z kiyimlarini 
shu rangdagi matodan tiktirardi. Kunlaming biri­
da Suhaylning otasi Mehr bilan o‘glining nikoh 
toy ini o'tkazishga ahd qilib bir necha kemalarga 
xilma-xil sovg'alami ortib Suhaylni Mehrni olib


kelishga buyurdi. Y o l qirg'oqdan yurilsa yiroq 
bolib, dengizdan borish yaxshiroq edi. To‘fon 
Mehr kemasini dengizga surib ketgan joyga yet- 
ganlarida, xuddi o‘shandagidek kuchli dovul esib, 
Suhaylning barcha kemalarini bir-biridan ajratib 
tashladi. To Ton Suhayl tushgan kemani Jobir qa- 
roqchilari manzili sari surardi. Daraxtlar ustidagi 
nozirlar kemani ko‘ra solib, Jobimi ogohlantirdilar. 
U esa darhol tezyurar kemachasiga o'tirib, Suhayl 
kemasi tomon suzib ketdi va ko‘p o‘tmay undagi 
odamlar bilan jangga kirishdi. Suhaylga duch 
kelgan Jobir raqibining o‘ziga qaraganda ham 
kuchliroq ekanligini, yengilishi muqarrarligini 
ко‘rib, hiyla yoliga oldi-da, kiyimlarini yechib, 
o‘zini suvga otdi va kema ostiga borib, yonidagi 
xanjar bilan uni tesha boshladi. Taxtani o'yib, suv 
kirishi uchun y o l ochdi. Suhayl kema ostidan 
kirayotgan suv tobora ко ‘tarilayotganini ко‘rib, 
suv yolini to‘sishga urinsa ham foyda bolmadi. 
Oxiri kemaga suv tolib, kema ahli bilan birga 
chuqur dengiz ostiga g‘arq boldi. Shahzoda joni- 
dan umidini uzib, suvda halok bolishga hozir- 
landi. Jobir baliq yutishga intilgan nahangdek
Suhayl oldiga suzib bordi-da, awaliga uni o‘sha 
yerda oldirmoqchi boldi, lekin uning bir taxta 
pora ustida behush yotganini ко‘rib, qolidan 
tortib o‘z qayiglda soldi-yu, qol-oyog‘ini boglab, 
o‘z manziliga qaytmoqchi bolib turganida, nogoh 
shahzoda o'ziga kelib qoldi va o‘zining holatini 
ко‘rib, notavonligidan afsus chekdi.
Dedi Jobirki: «Ey qolumda asir,
Razm-u ko‘shishda20 qilmading taqsir.

Yüklə 10,71 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   168




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin