boldi-ku, chunki sen o‘z-o‘zingga balo tilayapsan.
Ahd qilgan bolsang,
shaharda turmasdan bosh
olib ketishingga qasam ichgin», - dedi. Men uning
aytganini bajo qildim. Shundan so‘ng mahvash
o‘z ahvolini hikoya qilishga tushdi:
«Men chekayotgan dard sabablarini soYayapsan.
So‘zni awalidan boshlamasam, g‘amim
senga
yaxshi ayon bolmasligi mumkin. Bilginki, mening
diyorim Chin mamlakatidir. 0 ‘sha yerda tug'il-
ib o'sganman. Bolalik paytimda ikki shohning
o‘zaro urushi tufayli men asirga tushib qoldim.
Meni cho‘rilikka sotishayotgan paytda xoja xari-
dor bolib sotib oldi. U meni yaxshi ko‘rishining
sababi shuki, men uning sotib olgan kaniziman.
Xojaning farzandi yo‘q edi, shuning uchun u meni
o‘z farzandidek e’zozlardi. Mening ovozim yoqim-
li, so‘zlarim muloyim bolib, dilkash qo‘shiqlarni
kuylardim. Bundan xabardor bolgan xoja musiqa
ilmining atoqli ulamolarini, mohir sozanda va xo-
nandalarni uyga chaqirib,
bir necha yil davomida
mening iqtidorimni kamolotga yetkazdi. San’atim
ovozasi jahonga tarqalib, changimning shuhrati
osmonga yetdi. Buning ustiga beqiyos husnim
ovoza ustiga ovoza boldi.
Qancha-qancha ba-
davlat kishilar menga ega bolish uchun behisob
mol-u xazinalar taklif qilishdi, shunchalar ko‘p
mablaglar toledilarki, oqibatda xoja o‘z farzandini
kanizga aylantirdi. Xaridorlarim ko'paygani sayin
bozorim ham shunchalik qizirdi.
Shu paytlarda Chinda mohir bir naqqosh bolib,
ismi Moniy edi. U mening suratimni yashirincha
chizib, safar chog'ida bir shahanshohga ko'rsat-
ibdi. Shoh suratga shaydo bolib, kanizakni sotib
olish uchun Chinga bir necha uddaburon kishilar-
ni jo'natibdi. Ular xoja istagancha Xitoy xiroj ini
to lab, meni o‘z yurtlariga olib
ketdilar va yolda
tez yurib shoh huzuriga yetkazdilar. Visolimga
erishgan shoh benihoya xursand boldi.
Dostları ilə paylaş: