«мл т*'1шн» «* иа Alisher Navoiy



Yüklə 10,71 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə134/168
tarix20.11.2023
ölçüsü10,71 Mb.
#162698
1   ...   130   131   132   133   134   135   136   137   ...   168
Xamsa. Alisher Navoiy

1 Qo'ton - oq tuma.
2 Sung4ir - lochin.


donlarning barchasini bir dona ham qoldirmay 
yeb bitirishdi.
Elchi Iskandarning bu qilayotgan ishlarini 
kuzatarkan, xijolatdan nima qilishni bilmasdi. 
So‘ng Iskandar buyurdi: «Endi Doro qoshiga borib, 
eshitgan javobingni yetkiz, men aytgan so'zlarni 
unga ham ayt».
Elchi bu so‘zlarni tinglagach, oyogl bilan kelib, 
boshi bilan chiqib ketdi. Doroning vakili o‘z manzili- 
ga yetib borgach, Eron hukmdoriga Iskandar so‘zla- 
rini uzundan uzoq so‘zlab berdi. Doro bu javobni 
eshitib, jismiga g‘azab otidan isitma tushib, yonar 
otga aylandi. To'xtovsiz yuraverish uni chaqmoqdek 
qilib qoydi. Goh davronni la’natlar, yer-u kolcka 
ta’na-yu shitob etardi. Bu hayajonlar ta’sirida 
lashkar to'plashga farmon berdi. Rum, Zangibor-u, 
Farangdan, Eron-u Turon, Chin-u Mashriq zamin, 
Janub-u Shimol - jahonning to'rt tomonidan ikki yil 
davomida yer sathiga sigtnaydigan shuncha sipoh 
yiglldiki, ularning bu qirg'ogldan u qirg'oglni ко‘rib 
bolmasdi. Barcha qo'shin va’da qilingan, tayinlan- 
gan manzilga to‘planishgach, shoh ular tomon yol 
oldi. Sipohlar tomon nazar tashlagan shohning o‘ch 
olish oti yanada alangalanib ketdi.
El shohlari, iqlim valiylari ketma-ket sovg‘a-yu 
salomlar bilan kelib turishar, barchalari Doro xiz- 
matiga tayyor turishardi. Doro o‘zi uchun solin- 
gan saroyda qurilgan baland taxtga chiqib o'tirdi. 
So‘ng: «Mulk sultonlarining barchalari kelib, yer 
o‘psinlar-da, salom bersinlar, bu ularning ehti- 
romlari sanaladi», - degan buyruq berdi.
Yarim kungacha sultonlar qalin qo‘shin orasi- 
dan o'tib salom berishdi. Ularning ichida eng 
sharafli mansabdor shoh-u sultonlar bolib, Xitoy-


dan Mangu qoon, Hind elidan Qoraxon, Misrdan 
Varqau Bosh, Dasht elidan Temurtosh, Xovaron 
mulkidan Farangis, Shirvon mulkidan Davali kabi 
yuzlab buyuk zotlar bor edi. Ular olib kelishayot- 
gan sovg'a-salomlar, qurollar, jang yaroglarini 
hisoblovchilar yuz yil shitob bilan ishlaganlarida 
ham ularning sanog‘iga yetolmasdilar.
Sipohlarni manzillarga tarqatishgach, lash- 
karboshilarni ichkariga taklif etdilar. Atrofini 
shoh-u sipohdorlar, uluglar har tomondan о‘rab 
o‘tirishgach, Doro o‘z so‘zini boshladi: «Bunchalar 
sipoh to'plashimizga sabab bu ediki, Rumdan 
Faylaqus jahon bilan xayrlashgach, uning o'rniga 
majnunvash, o‘t-u suvdek sarkash o‘g li taxtga 
o'tirgan edi. Mana, uch yil boldi, xiroj tolamay, 
toji bilan xursand bolib yuribdi. Xiroj tolamaslik 
sababini surishtirish uchun yuborilgan vakilim- 
izni о‘sal qilib qaytaribdi. Bema’ni so‘zlarida biror 
aqlli so‘z yo‘q. Yana vakil yuborib, pand-nasihat 
qildim, foydasi bolmadi. Adabsizlik bilan qilgan 
javoblari meni darg'azab qildi. Beodobona so‘zla- 
rini eshitgach, uning quloglni burab qo^ish ma- 
qsadida askar to‘plash uchun har tomon odamlar 
yuborildi».
Shohlar o'rinlaridan turib, yer o‘pib dedilarki: 
«Uning holini tang qilish uchun yurish qilish hojat- 
midi? Shuncha askar o‘miga bir qulni yuborsangiz 
ham bo‘lardi-ku!».
Shoh dediki: «Shuncha lashkar yiglshimizdan 
maqsad Rumni oromgoh qilmoq, uning hududiga 
Zangibor-u Farangni ham kiritish fikrini otylayap- 
miz. Bir necha kun bu yerlarni tavof qilib, keyin 
qaytsak ham yomon bolmaydi».


Shoh bu so‘zlami aytgach, barcha rozi boldi. 
Hammalari shoh so'ziga amal qilib, manzillarini 
aniqlab, Rum sari yolga tushdilar.
Bular ko‘chma-ko‘ch bolib Rum sari borayot- 
ganlari haqidagi xabar Iskandarga ham yetdi. U 
ham g‘ofil qolmaslik uchun yov tomonga doim 
lashkar yollab, ahvoldan xabar topib turardi. 
Nima zarur bolsa, fahm bilan joyiga qo'yardi.
Iskandar o‘z askarlarini shunday tayyorlagan 
ediki, olam sipohi kelsa-yu, ularning har biri 
Rustam kabi pahlavon bolsa, yov oldiga somon 
to‘planganida, yetishishi bilan sovurilgan somon 
kabi bolardi.
Doro murosa-yu madora choglga fursat qolma- 
ganini angladi-yu, butun askarlar bilan ilgari yurib, 
dushman lashkarlariga qo‘rquv solmoqchi boldi. 
Dushmanlar orasi o'n manzil bolib, ikki yondan ham 
qo‘shinlar ehtiyot bolib borishardi. Urush boladigan 
joyga esa bir kunchalik yol qolgan edi. Ora yerda 
tog‘ bolib, ikki yonida ikki dasht ham bor edi. Ikki 
dashtda ikki dushman eli joylashgan. Hatto yel ham 
ular orasidan yol topolmasdi.
Iskandar sipoh atrofini aylanib, mustahkam 
xandaq qurdirardi. Ko‘ngli tinch bolib, yuz tig'zan 
kamonchini o‘zi bilan birga oldi-yu, ul lashkar bi­
lan tog‘ ustiga chiqdi va o'sha yerdan yov qo‘shinini 
tomosha qilmoqchi boldi. Qarasaki, yer yuzini 
sipoh tutgan, tog‘-u tekis yer qorayib yotardi. 
Odamlar harakat qilishga ham yol topisholmasdi. 
Osmonni tutun-u gard tutib ketgan edi. Iskandar 
yov askarlari ichida bo‘sh joy qolmagani uchun 
ularning sonini ham aniqlay olmadi va chuqur 
o'ylanib qoldi. Xayolida: «Ikki tomon urush bosh- 
lashsa, ular zichligi tufayli bemalol urusholmay-


di ham. Bu yerdan ketishning ham imkoni yo‘q, 
aylanib o'tmoqchi bolsam ham foydasi yo‘q».
Donishmand shoh shulami otylab turgandi, bir 
tosh ustida ikki kabutar ko‘rindi, ular bir-birlari 
bilan ayovsiz urishar edilar. Birining jussasi zab- 
ardastroq, yana biri past bo^li bolib, kuchsizroq 
edi. Kattasida qancha quwat bolsa, kichigida 
shuncha zaiflik sezilardi.
Iskandar bu kuch-u zaiflikni ко‘rib, o‘zi bilan 
Doroga nisbat berdi. Shu payt nogoh havodan 
bir burgut pastlab kelib, chaqqonlik bilan katta- 
sini ushlab olib, uchib ketdi. Go^o u kaptar bu 
orada yo'qdek edi. Iskandar bu holdan xushdil 
boldi, kuchiga kuch qo'shildi. Unga dushmanlik 
qilayotgan yovyengilib, lekin o‘zga yerdan shikast 
topishini sezdi. Bu ishdan o‘ziga dalda berib, 
yovning qadri past bolishini bilib, sipohi tomon 
yurdi, go “yo jonsiz badanga jon kirgandek boldi.
U tog'dan navo topib uyg'ongandek, quyosh 
nurlarini tog‘ ortidan socha boshlagach, bir zamon 
hamma yoqni dud bosgandek bolib turdi-yu, na- 
rigi dashtdagi Doro o‘z dargohida g'alaba shodiy- 
onasi xayoli bilan band ekan, ko'ziga Iskandarni 
hech ilmas, qazodan ne hoi bolganidan bexabar 
edi. Sarkardalari:

Yüklə 10,71 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   130   131   132   133   134   135   136   137   ...   168




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin