Chin mamlakatidagi muzokaralar
Bu vaqt xoqon Iskandaming Hinddan Chin tomon
yol olganidan xabar topdi. U ko'pdan ko*p lashkar
to‘plagan, son-sanoqsiz qurollar ham tayyorlab
qoygandi. Lekin xoqon darhol dushmanlik ishiga
kirishmay, xusumat boshlamay turib, sulhdan
urushga sabab bolgan masalani tinch yol bilan hal
qilish, shunga raqib tomon ham kotisa, do'stona
munosabatlar oshkor qilib, raqibni tinchgina jotia-
tib yuborish yolini ma’qul ko'rardi. Ish bu bilan hal
bolmasa, urush boshlashga majbur bolardi.
Shularni oyiab xoqon oldin dono bir odaxnni
elchilikka yubordi. Elchiga o‘zi oyiab qo'ygan
ishlarni belgilab kelishini topshirdi. Qosid elchi
bilintirmay kelib, shoh saroyiga nazar solib ku-
zatdi. Sipohlarning ko'rinishi, so‘zlari, chodirlari
oddiygina ekanini ko‘rdi-da, hamma narsani
kuzatib chiqqach, Chinga, xoqon dargohiga qay-
tishni oyiayotganda, uni kuzatib yurgan sipohlar
shohga xabar berdilar. Elchi yer o'pishga o'tdi.
Shoh boshqa kiyimda har xil ishlar bilan mashg'ul
bolgan holda uni kuzatardi. Uning aqlli, hushli
odam ekanini ko‘rdi-da, xotirjam bolib: «Endi
gaplaringni gapiraver», - dedi. Elchi shohni duo
qilgach, xoqon deganlarini birma-bir bayon qila
ketdi: «Xoqonim talddlashicha, shoh bu kishvar
sari quyoshdek yuzi bilan nur taratib keldi. Bun-
ing ma’nosi ne edi?
Fikring do‘stlik esa, do'stlik bunday bolmaydi,
bu xil ishni do‘stlik deb atab ham bolmaydi. Sen,
ulug‘ shoh katta qo'shin bilan bizning mulkka
kirib kelib, mamlakatimizni tomosha qilyapsan.
Muddaong dushmanlikmi yoki bizdan yomonlik
ко‘rib, raqiblikni ma’qul ko'rdingmi?
Sening ilgari xiroj uchun kelgan elchingni uzr
aytib, tirik qo'yib yubordik. Degan ekansanki:
«Doro olib, taxt menga qoldi». Deb erdimki: «Doro
bilan mening o‘rtamda tinchlik, kelishuvchilik mu-
nosabatlari barqaror edi. U meni yenggan emasdi,
menga tolanadigan xirojni belgilab bermagandi.'
Agar sen shunday qilmoqchi bolsang, ikkalamiz
yolglzlikda otirib, bu masalani hal qilib olaylik. Bu
ishga rozi bolmasang, qazo mening peshonamga
yozganini ko‘raveraman-da.
Oldin ham shu so‘zlarni aytgandim, hozir ham
shu so‘zlardan qaytmayman, bulardan boshqa
so'zim yo‘q mening.
Agar senga ham so‘zlarim ma’qul kelsa, sulh
tuzib, gapingning o‘zi sulh bitimi o'rniga o‘tadi.
Agar yomonlikka yuz burib, dushmanlikni ma’qul
ко‘rsang, mening ham bu ishda kamchiligim yo‘q.
Sipohlarimning son-sanog‘i yo‘q. Yaroqlarim ham
yetib ortadi. Butun mamlakat, hatto, ayollargacha
oxirgi joni qadar jang qiladi. Ammo ikki tomon
urush qilarkan, zafaming qaysi tomonda bolishini
bilib bolmaydi. Kim g'olib bolishi malum emas
ekan, peshonamizga ul harf yozilmagan ekan, ki
shi urushdan uzoq bolgani ehtiyotkorlik jihatidan
yaxshiroqdir».
Elchi bu so'zlarni aytib bolgach, javob istab
yerga ko‘z tikdi. Iskandar bu so'zlarni tabassum
bilan, fikr yuritib eshitar ekan, dedi: «Agar shohlik
hurmatida, jahondorlik rasm-u oyinida men bilan
Doroni Xoqoni Chin bilan teng tutar ekanlar, bu
uncha to‘g‘ri emas. Kimsa ogoh bolsa, biladiki,
mulk bilan shohlik agar shohning mulki bilan
belgilansa, mening kishvarim ikki Doronikicha-
lik bor. Agar gap shijoatda bolsa, bundan ham
xabar topgandur. U bilan urushishga to‘g‘ri kel
di, ko'rdikki, uning shavkati menikining o'ndan
biricha edi. Uni shunday ojiz qildimki, xalqi uni
butunlay ko‘rmaydigan boldi. Men g'olib edim,
Alloh oxiri menga nusrat berdi.
Agar Xoqon shu sirlami, oglr so‘zlami unutmoq-
ni istasa, o‘zini buyruglmga botysundirsin, o‘zi-
ning uzri, sabablarini himoya qilsin. Iloji boricha
unga rioyat qilay, hurmatini joyiga qoVay. Buni
qollab-quwatlamasa, urush kunini boshiga solay.
Nima degan bolsam, rostdir, rost so‘zlamak men
uchun odatdir. So'zim tugadi, endi tezda qayt-
gil-da, unga bu so'zlarimni aniq qilib tezroq ayt.
Sen borarkansan, men ham asta yurib bo-
raveraman. So‘zlarimga xoqon javobini ertaroq
olib kelolsang, ikki tomonga ham savob boladi.
Buyruglmdan bo‘yin toblasang, ko‘ramiz, falak
ne oVinlar ко‘rsatarkan?».
Elchi bu so'zlami eshitishi zamon hayajonga
tushganicha jo'nab ketdi. Saroyga yetgach, Iskan
dar so'zlarini xoqonga so'zlab berdi. Xoqon Iskan-
daming o‘zi о ‘ylaganicha j asoratli ekaniga ishonch
hosil qildi va urushishga mardona bel bogladi,
Iskandarning yetib kelish vaqtini hisobladi. Yetti,
yo‘qki, yetmish otasining yurtidan, butun Xitoy
mamlakatidan askar yig'mish edi. Sipohi osmon
yulduzlaridan ham ko'proq, sahrodagi qumdan
ham soni ortiqroq edi. To'qqiz yuz ming kamondan
o‘q otuvchisi, yana shuncha qilichboz jangchisi
bolib, barchasining kiyimi zarhal-u zarbof edi.
Har qaysi o‘qchi va xanjarboz temir kiyimlarda
bolib, shuncha sipohlar bilan Chin xoqoni Chin
shahridan chiqib keldi-yu, dushmandan oldinroq
ulgurish uchun sipohlarni tezda tushirib, xandaq
qazdirishni boshladi. 0 ‘z sipohining chor atrofx-
cha xandaq qazdirdi. Uning, xandaqning davri
15 yig'och bolib, ichi metinlar bilan mustahka-
mlangan. Ko'pdan ko‘p arava ham tayyor bolib,
ular ustiga to‘ralar4 o‘matilgan, aravalar bir-bi-
riga boglangan bolib, ularning ketidan nayzali
va o‘qotar sipohlar tizilgandi. Xandaqlar oldiga
mustahkam mo‘ndu sanchiqlar tiqib qo“yilgandi.
Dostları ilə paylaş: |