etsang ham, sening xulqi lutfingga mos ish boladi.
Agar tig4 tortsang ham, jonim fido».
Iskandar: «Ey baxtiyor shoh! Menga sen ma’qul
javob aytib eding. Do‘stlarim ham, begonalar
ham ahamiyatli maslahatlar berishgan edi, lekin
men o'zimni puxta tadbirlik sanab, jahonni fath
etmoqqa azm ayladim. Dushmanini yenggan har
bir g‘olib shoh shunaqa fikr yurgizadi. So‘zimda
xatolami endi anglayapman».
Xoqon shohni yana bir duo qilib, so‘z boshla
di: «Olam ahli senga tobe bolsin. Ne kishvami
ochmoqqa qadam urgan bolsang, o‘sha mam-
lakat senga osonlikcha maglub bolmadi. Mallu
ne nayrang-u afsunlar qilmadi?! Sen esa uning
boshidagi tojni o'gliga kiydirding. Uni lutfingdan
bahramand etib, ota mulkiga shoh qilding, Meni
dushmaning deb xayol qilarding. Shuning uchun
o'zimni bunday selga oyoqosti qildim. Xayolimga
keladiki, bu xil hech kim qilmagan ish uchun nima
yaxshilik qilarkansan?».
Iskandar dedi:«Ко‘nglingni jam qil. Ikki dunyo-
da sen ota, men o'gllman. Nima desang xizmating-
da bo lay, seni taxtimga o‘tqizayin. Farzanddek
oyoglngni o‘pib, Faylaqus tirildi, deb elon qilay.
Sen shoh bol-u, men senga sipohdorlik qilayin.
Bulami istamasang, nimani xohlasang, men unga
yordam beray».
Xoqon shod bolib, ko'p-ko'p duolar qildi, ko‘zidan
yoshini tiya olmay, shukr tuprogiga boshini qo^yib,
dedi:
Dostları ilə paylaş: