«Shoho, qoshingda gunohkormen,
Jazo har ne qilsang sazovormen.
Chu men bandamen, bu ikki bandazod,
Alar afuin aylab meni ayla shod.
Iskandar: «Bu azoblar bizdan emas. Sen o‘z bo-
shingga tez tig‘ tortding. Bu dam tuproqqa yuzing
surib, kechirim so‘rayapsan-u, seni afv qildim.
Tuzalganingda kishvaringdan xirojni mukammal
to lab turishingga ishonch hosil qilib mulkingdan
chiqib ketaylik. Farzandingni senga otinbosar deb
tayinlaylik. Qizing ham bor ekan, uni o‘zimizga qalliq
qilaylik», - dedi.
Mallu bu so‘zlardan juda xursand bolib, joni
uzildi. Iskandar Malluni shohona dafn ettirdi.
Shoh ko'pdan ko‘p ziyofat qilib, bu mamlakatdagi
tabarruk joylar, qadimiy mozorlami ko'rsatishni
buynrdi. Mozordagi Mallu xonadoni qabrlariga
yetishgach, u yerdagi xilxona atrofiga devorlar
qurdirdi, chiroyli gilamlar soldirdi. Iskandar
Feruzni tilatib, bu olam foniyligini uqtirdi-da,
shunday dedi:
Senikim bu mulk uzra shoh ayladim,
Bu kishvarda kishvarpanoh ayladim.
Kerak lutf-u ehson shior aylasang,
Adolat y o ‘lin ixtiyor aylasang.
Raiyatg‘a sendin yetib shodlik,
Mamolikka yuz qo‘ysa obodlik.
Feruz ta’zim bilan Iskandarning barcha so'zla-
rini qabul ayladi.
Iskandar Kashmimi Feruzga topshirib, boshiga
toj qo*yib, u tolashi kerak bolgan xiroj miqdorini
belgilagach, unga «Ikki oyda o‘z olkang ishini
to‘g‘ri yolga qo^gin, shu muddat ichida sipohlarni
ham jam etib tegishincha, zarur bolganicha yol
xaiji berib tur. Boshqa ishlar bilan chalglmay,
bizga, tezda Hindistonga yetib ol», - deb tayinladi.
Iskandar Hindistonda
Bu so‘zlar bilan uni xursand qilib, singlisi Mehr-
nozni ham to'qqiz parda ichiga kiritib, Hindiston
sari y o l oldi. Barchalari shitob bilan tez yurib
manzilma-manzil borishar ekan, uning fathini ho-
sil qilib, yomonlardan ofoqni pok etib, yaxshilami
shodmon qilib, o‘jarlarni bo^sundirib, dashtini
adlidan bo‘ston qilib borisharkan, Hindistonning
barcha ahli bu voqealami eshitib xabardor boldi.
Ular Iskandarning Kashmirda qilgan ishlaridan
voqif bolgan tilsimotlarini fath qilib, Kashmir
xalqiga qilgan munosabatlarini eshitgan edilar.
Uni yengishga kuchi yetmasligini bilgan hind
shohi sovg‘a-salom, tuhfalar, to‘qqiz-to‘qqiz matolar,
zabardast to‘qqiz-to‘qqiz, ba’zi rivoyatlarga koVa 39
fil, har binning tani tog'dek, katta tosh uchidayana
bir yakpora tosh, undan bosh koVinib turar, ikki
tomonida ikki bodbon - yelkan bolib, har xartumi
katta ilon, yo‘q ajdar misoli bolib, jismiga har lahza
o‘ralib turardi. Chinor-u minorlami xartumi bilan
yiqita olardi. Xartumi atrofidan ikki tish chiqqan
bolib, ularning har biri falak eliga ofat edi.
Har biri uzra ajoyib bir taxt qurilgan bolib,
ichida to'qqizta baxtiyor hind o'tiradi. Har birining
libosi qizil yo sariq, xuddi ularni bahor bilan kuz
shu rangga bo^agandek. Haligi fil yurganida, taxt
ichidagilarga uyqu harom boladi. Uning yonida
filcha ham bolib, dev bolasiga o'xshaydi.
Otlar ham fillardek yasatilgan bolib, har xil
matolar yopilgan, ustida nayzali hindu o'tiradi.
Yana qancha shirinso'z to tilar, zumurrad va lal
minqorli qushlar, zebo jamolli tovuslar barchasi
shohga sovg'a edi. Sovg'alardan keyin ko'plab do
nishmand allomalar qadam tashlardi.
Shoh allomalariga qarab dedi: «Men shohga
kamtarin bir qulman. Uning bilan jang qilishni
o'ylaganim ham yo‘q. Ul zotdan maktub kelganda,
uzrli bolganim uchun shohlar yiglniga borolmadim.
0 ‘sha kunlari qattiq kasal bolib qoldim. Agar shoh
lutf aylab ko'rgani kelsa, xalq ichidagi obro^imni
kotaradi. Mening esa boshim ko“kka yetib, jonim
boricha quli bolaman. Agar Tangri ko'rsatmasin,
qahr qilib, do'stlik mayi ichiga zahar quyadigan
bolsa, siz shafoat qilingki, gunohimdan otsin».
Nihoyat, hind shohi yuborgan sovg‘a-salomlar,
hurmatli zotlar Iskandar turgan manzilga o‘rdaga
yetib borishdi. Awal arkoni davlatlar, keyin ahli
hikmat huzuriga kirib bordilar. Iskandar hur-
mat-ikrom bilan kutib olib, ular bilan so'rash-
gach, taxtidan tushib, har biri bilan ko'rishib, har
qaysisiga iltifot ko‘rsatdi. Shoh shundan so‘ng
taxtiga chiqmay, yerga takallufsiz oUrdi-da, har
bir amaldor-u olimga o‘z lavozimu ilmiga mos joy
ko‘rsatib o'tqazdi. Ular o'zlarining yolda qiynal-
maganliklarini aytib, burun shohga duo qildilar
va uning kechirishini so'radilar. Iskandar: «Siz
nimani iltimos qilsangiz, ularni bajarish bizga
farzdir. Shohingizning gunohi oz, ko‘p bolganda
ham uning uzrini qabul qilgan bolardim. Hind
xalqining gunohi ozmi, ko'pmi, bundan qat’iy na-
zar, barchasining gunohidan kechdim. Ulardan
jazolash, o‘ch olishdan qolimni tortdim. Inoyatim-
ga ishonib, saroyimga kelsin, men uning boshiga
toj qo'yib, baxtli qilay.
Sizlar ham qadam ranjida qilib, bu yon kelib,
meni xushdil-u bahramand etdingiz. Bir mam-
lakatga bir shoh kirganda qadimiy rasm-rusumga
ko'ra eldan moli omon qabul qilinardi, bu eldan
shuni talab qilmasinlar. Shoh xizmatni bosh-
lagach, bu kishvar xirojini qabul qiladi. Xaloyiq
boshidan ehtiyojlami yo'qotish uchun ikki yillik
xirojni kechirdik».
Iskandar xalqqa va podshoga bu xil yaxshi-
liklami ravo ko'rganidan el behad xursand boldi
va unga uzoq umr, baxt va saodat tilab, shohni
kafan kiydirib va bo^niga qilieh ostirib, olampa-
noh huzuriga olib kirdilar. Iskandar Hind sho-
hining ahvolini ko'rgan zahotiyoq uning holatini
man qildi, chunki u bu jazoga loyiq ish qilgan
emasdi. Bir shahar xalqi ikkinchisidan yengilsa,
butun millat shu holda kelib g‘olib hukmdordan
uzr so‘r as hi mumkin edi. Iskandar muruwatli
shoh bolgani uchun ham tig' bilan kafanni dar
rov oldirib tashladi. Shohona kiyim va qurollar
keltirib, qayta kiyintirishdi. Shoh uni hurmatlab
quchoqlashib ko'rishdi. Hind Royi Iskandaming
oyog‘ini o'pishga intilgan edi, shoh unga hurmat
ko'rsatib, yuqoriroqdan ko'tarib oldi va ikkovlari
quchoqlashib ko‘rishishdi. Hind shohi olib kelgan
sovg'alarini Iskandarga tutdi. Iskandar uning
o'tirishiga joy ko'rsatdi va shohona qonunlarga
ko'ra mehmon bilan suhbatlasha boshladi. Shu
bilan mezbon ko‘nglidagi vahmga barham berdi va
andishadan qutultirdi. Shohning bu xil iltifotini
ко‘rib, hind Royi o‘midan turib, iltimos qilib qoldi:
«Hind kishvarida g‘aroyiblar ко‘p. Bu yeming
qishi nihoyat mo'tadil. Issig‘ ham, sovuq ham
bolmaydi. Harbiy yurishlar vaqti ham shu davrda
maqbul boladi», - dedi. Iskandarga bu taklif xush
kelib, qishni Hindistonda o'tkazishga rozilik berdi.
«Dehlida otkaza qoling qishni», - deyishgan edi,
shoh: «Shaharga sipoh sig‘maydi», - deb shahardan
tashqarida alohida manzil-makon qurish uchun
ko'rsatma berdi. Hind Royi yana dediki: «Shoh
hukm aylasa, ishlami tezlashtirish, tezroq tugal-
lash uchun qurilayotgan shaharchani ko'rishga
vaqti-vaqti bilan borib, qilinayotgan ishlardan xa-
bardor bolib tursam, bolmasa ко‘nglim tinchimay-
di, dam-badam bezovta bolaman», - degach, bu so‘z
shohga ham xush keldi-da, tezjoiruvchi, karkko‘zli,
filtan naqshli egar otlami hozirlab, Hind mulkini
o‘zi ham aylanib kelishga yol oldi.
Hind shohi Roy o‘z olkasi ko'chalaridan borar
ekan, aholi uning olimdan qolganidan xursand
bolib, beadad duolar qilishdi. Roy elni xushdil
aylab, Iskandar buyurgan shaharchani qurishga
berilib ketdi.
O'sha mintaqada Nigor degan o‘rmon bolib,
hayratlanarli darajada go'zal edi. O'rmondan
doim anbar nasimi esib turar, tuprog'idan ham
anbar isi anqib turar, sandalu, obnus, san-
darus, shabah kabi xushbo^ daraxtlar u yerda
serob edi. Nasim esganda hammayoq sandal
daraxti isiga tolib ketardi. Daraxtlarning har
biri osmonga bosh tegdurib turar, daraxt bar-
glari orasidan hatto quyosh ko'rinmasdi. Chi-
nor, dorchin, zaytun, tok bir-birlarini bezab,
o'rmonga ajab manzara bag‘ishlar, xilma-xil
qushlarning qichqirishlari ajib musiqalar hosil
etar, to'tilarning bir xil navi har bargni kolcimtir
qilib, har daraxtni Xizr payg‘ambarga o'xshattir-
gandi. 0 ‘rmondagi qizil, yashil, gulnor ranglari
bo‘stonlarni hayotbaxsh qilib bezagan edi.
O'rmon ov uchun ham qulay bolib, kiyiklar
toglarda ming-minglab sakrab yurishar, marallar
shakar qamishlar o‘sgan o‘tloqlarda ko‘p bolgani
uchun har qaysining oyoglga asal yopishib qol-
gandi. Dengizida bolsa oq baliqdan ко‘pi yo‘q,
oYmon atrofida har xil katta va kichik qushlarning
inlari mol bolib, ulami istagancha ov qilish mum
kin edi. Shaharcha ochiq yerda barpo qilinayotgani
uchun gullar m ol-kol ekilgan bolib, dilni o‘ziga
maftun etardi.
Hamma ishlar bitgach, hind Royining o‘zi Iskan-
darni qo'shini bilan shu yerga boshlab kelib doira
qilib ishlangan qarorgohga tushirdi. Shoh bu yer
da chor atrofni bemalol kuzata olardi.
Hind Royining qilayotgan g'amxo'rliklaridan
juda xursand bolgan Iskandar qishi bilan boshqa
barcha ishlarni yig‘ishtirib, aysh-ishrat bilangina
mashgtil boldi.
Iskandar Kashmirda qishni otkazar ekan, uning
ajoyib latofati, g'aroyib imoratlari, sehrli tilsimlari
tomoshasiga tez-tez borib turardi. Hammomda
ko'proq bolar, Roy qasrida sozanda navozandalar
ishtirokida ziyofatlar uyushtirar, gohida o‘rmonni
ko‘ngli istab, yolbars va sherlami, ba’zida fil-u
kark oldirib, gohida daiyo boglab qayiqda sayr
etib, goh oq baliq ovlab, do'stlari bilan sho‘rva
qilib ichishib, goho shakar qamishzorda yurib,
nayshakami gazak qilib may ichishib, ba’zan ilm
ahlini saroyga to'plab, ilm majlisi qurishar, turli
kitoblar mazmuni haqida bahs yuritishardi. Kitoblar-
da nomalum, majhul o'rinlarni malum qilish
ayniqsa zavqli kechardi. Kecha-kunduzlar shun
day otib, bahor fasli ham boshlandi. Quyosh olamni
o‘zining nurlari bilan munawar aylagach, shoh
yana ketish yiglnini yig‘di va bu safar Xitoy bilan
Chin azmini ixtiyor etdi. Yana harbiy harakatlar
boshlanib, Chin chegarasiga bayroq tikildi.
Dostları ilə paylaş: |