«мл т*'1шн» «* иа Alisher Navoiy


Tazallum bila dedi: «Ki ey nozanin!



Yüklə 10,71 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə149/168
tarix20.11.2023
ölçüsü10,71 Mb.
#162698
1   ...   145   146   147   148   149   150   151   152   ...   168
Xamsa. Alisher Navoiy

Tazallum bila dedi: «Ki ey nozanin!
Nedin bizga qilding ay on bo‘yla kin?
Ne jurm ettim erkin meni xoksor,
Ki kocnglungga olturdi mendin g'ubor?
Vafo aylagilkim, jafokor emon,
Bu zulm aylamakka sazovor emon,
Chu men ishq aro o ‘zgum, o ‘lturmagil, 
Qatilingg‘a tig‘i jafo surmagil,
Niyozimga boq, asru noz aylama!
Taaddi ko‘p -u lutf oz aylama!»
Iskandarning bu so‘zlarini eshitgan Nozmehr 
kinoya bilan: «Shoh o‘z dilbari bilan ayshini davom 
ettiraversin. Uning munosib ko‘rgani Doroning 
qizi bo'pti. Kanizi hindlar avlodidan yoki Kashmir 
ahlidan bolsa, u, shohga loyiq bolarmidiki, o‘ziga 
yaqin tutib, o‘ziga hamsuhbat aylasa?» - deb javob 
qaytardi.
Dedi shohki: «Ey xasta jo n ofati!
Demay xasta jonkim, jahon ofati!
Kinoyat tariqini bir dam unut,
Qilib rahm, bedod tarkini tut,
Menga Ravshanak ta’nini qilma koe
p,
Ul ishta ko'zungga meni ilma ko‘p.
Meni anda m a’zur tutsang ЬоЧиг,
Zamiringni masrur tutsang bolur.
Ki vojibdur ehtiromi aning,
Nedinkim, biyikdur maqomi aning.
Erur Bahmaniy tojining gavhari,
Yana Kayqubodiy sipehr axtari».


Bu so'zlardan qoniqmagan Nozmehr o‘z dilidagi 
dardlami birma-bir ocha ketdi:
«Bu s o ‘zning muhabbatga ne daxli bor?
Ki ishq ichra shohlikka y o ‘q e ’tibor!
Nasab birla bo‘lsa, anga shohliq,
Hasab birla yetmish manga mohliq.
Uning toji mamlakat xiroji hisoblansa, toj ahl- 
lari mening oldimda boshlarini yerga qo'yadilar. U 
Jamshid avlodidan ekanligi bilan faxrlansa, men 
husnda quyoshdan ham or qilaman. Agar u o‘z aqli 
bilan afsona bolgan esa, menga yuz aqlli donish­
mand devona. Agar u jonlami kuydirishni o‘ziga 
odat qilib olgan bolsa, men jahonga o‘t qoQishni 
о‘rganganman. Agar u dam-badam xalqni oldirib 
tursa, men tiriltirish ilmidan ham xabardorman.
Uning zulfi ilonni afsun qilolsai, mening afsunim 
ajdahoni behol qila oladi. Qoshim yoyini kim xayol 
aylasa, uyatdan ko'ziga hilol ham koYinmay qoladi.

Yüklə 10,71 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   145   146   147   148   149   150   151   152   ...   168




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin