Yana Xorazm shohiga ham maktub yozib, unda
xojaga Xorazmning
bir yillik molini berib, uni tez-
lik bilan o‘z tomoniga jo'natishi buyurilgan edi.
Choparlar shamoldek tez yurib, Xorazmga yetib
bordilar-da, xojaning bog'ini topib, maktubni
qoliga tutqazdilar.
Xoja uni olgach, sajda qilib,
Diloromga yollangan xatni ham egasiga topshirib,
ikkovlarining boshlari osmonga yetdi. Xorazm
shohi esa o‘ziga yuborilgan maktubni o‘qib, darhol
Bahrom buyrug'ini bajo qildi: xazinadan tegishli
mablag'ni olib, xojaga yetkazdi. Xoja-yu Dilorom
yanada shodlanishib,
Bahrom taxti tomon y o l
oldilar-da, tez yurib ko‘zlagan manzillariga ya-
qinlashdilar.
Karvon bilan shahar orasida bir manzil ma-
sofa
qolganida shoh kechasi, barcha uxlayotgan
mahalda yashirincha o‘z gulchehrasi tomon yol
olib, saharda karvon qo'ngan joyga yetib keldi.
Bu payt karvon ahli shirin uyquda edi. Chashma
boshida katta bir chinor bolib ichida g'ordek kavak
kotinib turardi. Chashma oldiga qurilgan chodir
uy ichida esa Dilorom uxlab yotardi. Shoh otini bir
toshga mahkam qilib bogladi-da,
chinor tomon
yurdi. Keyin chinor bag'ridagi g‘orga qadam bosib,
u yerdan Diloromga nazar tashladi. Ko‘p otmay,
parivash ham uyg'onib ketdi va oldin Tangriga
shukrona aytib sajda qildi-da, keyin qoliga chang-
ni olib oshiqona ashula boshladi. Unda Dilorom
shoh firoqidan nola qilib,
uning ishtiyoqidan oh
chekardi. So‘ng u chashma oldiga borib, yangi
bir ashulani kuylay ketdi.
Shoh dildorining har
bir ashulasini tinglar ekan, ko‘zidan g'amli yosh
larini oqizib, o'zidan ketardi. Dilorom esa boshqa
bir ashulani kuylarkan, shunday fig'on cheka »di: