«мл т*'1шн» «* иа Alisher Navoiy


Andoq o'ldiki, mensizin bir dam



Yüklə 10,71 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə127/168
tarix20.11.2023
ölçüsü10,71 Mb.
#162698
1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   ...   168
Xamsa. Alisher Navoiy

Andoq o'ldiki, mensizin bir dam,
Tiyra erdi anga yorug‘ olam.
Umridin hosili jamolim anga,
Balki umri abad visotim anga.
...Mensizin у o ‘q edi dame komi,
Kom y o ‘q, xotirining oromi.
B o ‘lmasam hamroh urmay ul bir gom,
M en navo chekmay, ichmay ul bir jom.
M en qayu nag‘makim, ado ay lab,
Ul chekib oh-u jo n fido aylab.
Olmayin ko‘z dame jamolimdin,
To‘ymayin bir nafas visolimdin.
Shoh qanchalik menga moyil bolsa, mening 
ko'nglim ham unga shunchalik moyil edi. Oqi- 
batda shoh davlat-u sipohlarini unuta boshladi.1
Bir kuni u may ichib, bir kiyikni ko‘rdi-da: «Qa­
nday qilib oldiray?» - deb mendan so‘rab qoldi. 
Men: «Oldin qolini boglab, so‘ng uzoqdan turib 
oldirgin», - dedim. Shoh uni men aytganimdek 
qilib oldirdi. Uning bu ishini hech kim bajo qilol- 
masdi. Bu mahorati uchun jonimni fido qilsam 
arzirdi. Men baxtiqaro esa buning o‘miga shun­
day bema’ni so'zlami aytibmanki, buning uchun 
yuz
parcha qildirsa ham haqli edi. Shunda ham 
oldirmay, meni bir biyobonga tashlatibdi va qahr- 
lanib mast holda shaharga y o l olibdi.
Ikki kecha-kunduz o'tgach, sotib olgan xoja 
meni soglnib, ko'rish uchun Xitoydan safarga


chiqqan ekan. U Xorazmga tezroq yetib borish 
uchun ikkita quli bilan kechasi-yu kunduz y o l 
bosar ekan, tun paytida oti yoldan chiqib men 
yotgan dasht-u biyobonga borib qolibdi. Xojani 
uyqu bosib, otdan yiqilibdi-da, u%lab qolibdi. 
Ko'zini ochganda atrof yorishib ketgan ekan. 
Yonidagi yuz qadamcha yolga nazar tashlasa, 
ko‘ziga bir qora ko'rinibdi. U qol-oyog^ boglan- 
gan odamga о “xshab yotganmish. Xoja yaqin kelib 
qarasa, sochlari bilan boglab tashlangan bir ayol 
ekan. «Olikmikan, tirikmikan?» - deb, qol-oyogini 
yechib qarasa, yuzida qoni qolmagan bu ayolning 
boV-u basti, ko‘z-u qoshi menga o'xsharmish. 
Oyoglga tushgan sochlari-yu, zaqani va lablar- 
idagi xoli ham meni eslatarmish. Xoja ozxmng 
sog‘ yoki mastligini-yu, uyqudami, uyg‘oqligini 
bilmay hayratlanib, xayol surib otirarkan, uzo- 
qda bir karvonning qorasi ko‘rinibdi. Bir qulini 
o'sha tomonga yollab karvonni chaqirtixibdi-da, 
odamlarni shu yerga tushiribdi. Karvon ahli ichida 
meni ko‘rish uchun kelayotgan bir necha dugo- 
nam ham bor ekan. Xoja ularga meni ко rsatgan 
ekan, nishonalarimdan meni tanishibdi va yo- 
qalarini yirtib, oh-faryod ura boshlashibdi. Meni 
olgan deb o y lagan xoja-yu dugonalarim mem 
ko‘z yoshlari bilan yuvib, qimmatbaho ipakdan 
kafan bichib, unga kofur (oq xushboV modda) 
sepishib, ipak bilan o‘rab, gulob bilan xushboV 
qilishibdi. Gulob hididan o'zimga kelganimda, 
hamma yuzlarini iyagimga surtishib, dimog lmga 
yaxshi islar tutishibdi. Ko'zimni ochsam, ularn­
ing har biri boshim ustida har xil so'zlarni aytib 
turishardi. Shunda men ularga qarab: «Bunda 
turmay tezlik bilan jo ‘nab ketinglar» chunki bu


vodiy ofat manzilidir», - dedim. Shunda meni 
bir kajavaga o'tqazib, og'zimga sharbat tutishib, 
xushboV kolcatlar bilan quwat berishib, ikki 
kecha-kunduz y o l yurdilar. Mening ham sihatim 
yaxshilandi. Tuyalar charchagach, xoja bir chash­
ma oldida karvonni to'xtatdi. Ko'm-ko'k yaylovda 
koshona yasab, taxt qurib, uning ustida menga 
orom berdilar. Xoja oldimga kelib boshimdan 
o'tgan voqealami so‘radi, unga barchasini aytib 
berdim. Xoja birdan boshini ushlaganicha jim 
o‘tirdi-da, yana bir on boshini quyi soldi.
Men uning ahvollarini so‘radim. U ham o‘z 
qissasini aytdi va mendan «Endi nima qilmo- 
qchisan?» - deb so'radi. Men: «Garchi shoh o‘z 
kaniziga g‘azab qilgan ekan, men bunga sazovor 
edim. Shoh qahr qilgan bolsa ham, u oldirgan 
odamni Tangri asradi. Kishi olganga tig' urmaydi, 
bir olikni ikki bor oldirmaydi. Sizlar meni o'ragan 
kafanni kiyib, uning dargohiga borsam-da, ven 
qilgan gunohlarimning jazosini tortdim. Xudo 
menga yangidan jon ato qildi, uni ham shohga 
fido qilishni istab, bu yerga keldim. Qatl qiladigan 
bolsa ham, afv qilishni istasa ham men bandasi- 
man. Aybim bolsa, o‘zi panohim, uning karam-u 
lutfi esa mening orzuyimdir, deb aytsam, hech 
shubha yo'qki, shoh afv etib, benihoya yaxshilik 
ko'rsatadi», - deb javob qildim. Bu so'zlarimni 
eshitgan xoja-yu xalq faryod urib: «Bu xohishing 
xatodir, yo esingdan ayrildingmiki, bolmag4ir 
gaplami aytyapsan. Birgina so'zing uchun qoning- 
ni tolckan shohga joningni fido qilishing nimasi? 
Shoh kuydiruvchi bir shuladir. Har kimga bu 
shula tegsa, uning kuyib kul bolishi muqarrar. 
O'z ixtiyori bilan о‘t ichiga kirmoq esa o'zini kuy-


dirishdan boshqa narsa emasdir. Biron narsadan 
ranjib, g‘azab otida yonayotgan shohdan qancha 
uzoqqa qochilsa, shuncha ofat kamroq boladi. 
G'azabi tinchigach, senga ravo ko'rgan ishidan 
pushaymon bolganligi haqidagi xabar har tarafga 
tarqaladi. Afsuslanayotgan bolsa, uning huzuriga 
borish oson boladi. Qilgan ishini to‘g‘ri deb bilayot- 
gan bolsa, joningni qutqargan bolamiz, xolos», -
dedilar. Xoja bu so‘zlarini tugatgandan so‘ng bar- 
chalari maslahatlashib: «Hozircha biron tomonga 
qochib bormoq kerak», - degan fikrda to'xtashdi. 
Eng uzoq manzil Xorazm edi, shuning uchun 
o‘sha tarafga qarab y ol oldik. Men bu shohdan 
shu tarzda ayrilgach, hajrida tirik qolmasligimni 
bildim, o‘zimni olgan deb gumon qildim, zero hajr 
olim bilan tengdir. Shu tufayli menga libos bolgan 
kafanni kiyib yurishni odat qildim. Visolidan ayril- 
ganim uchun kafanim oq libosdir.
Bu shaharga yetib kelgach, shu yerga tushdik. 
Sen bolib o'tgan barcha ishlardan ogohsan. Bu 
yeming shohi oldida yolg'on so'zlashim, uning 
diliga yuz xil iztirob solganimni ko‘nglim xohishi 
deb bilmagin. U valine’matimga vafo ifodasi edi. 
Senga sirlarimni oshkor qildim. Sen ham menga 
bergan va’dang ustidan chiqqin-da, bu diyorda 
turmay tezroq ketgil».
Men bu xil so'zlarni eshitgach, sarvi gulrux 
bilan xayrlashdim-da, mamlakatma-mamlakat 
yurib, qadam ba qadam y o l bosgan bolsam-da, 
bu simi hech kimga aytmadim. Shoh: «Afsona 
ayt!» - deb hukm qilgach, bundan yaxshi afsonani 
topolmadim. Xususan, bunday kofuriy rang (op- 
poq) qasmi ко‘rib, firoq ichida iztirob chekib, oq 
kiyim kiyib olgan, yo‘q, kiyim emas, oppoq kafan


kiyib, unga kofur sepib olgan hurvash go‘zal yo- 
dimga keldi. Olamning ajoyiboti bolgan u sohib- 
jamol bu qasrga juda munosibdir».
Qissa aytuvchi musofir o‘z so'zini tugatgunga 
qadar g‘oyib bolgan mahbubasidan nishon top- 
gan Bahrom yuz marta hushini yo‘qotib, yuzdan 
ortiq olib tirilgan edi-yu, ushbu afsonadan olib, 
shu afsonadan tirilgan edi. Hikoyachi o'zining 
fig‘onidan ogoh bolib qolsa va bir nafas afsonasini 
to'xtatsa, boshqa voqeaga otib ketishi mumkin, 
degan xayolda nola qilishdan o‘zini zo‘rg‘a asrab 
turardi. Musofir afsonani oxirigacha aytib tu- 
gatgach, shoh otashin fig'on tortib, о‘z oldiga 
uni chaqirdi-da, qattiq quchoqladi-yu, ruhining 
bulbuli uchgandek olgan kishiga o'xshab o'zidan 
ketdi. Bunday afsonani eshitib, behush bolgan 
odam yana o‘ziga kelib nima ham qila olardi?!
★ 
*
*
Shoh Bahrom o'zining g‘oyib bolgan mah­
bubasidan nishon topgach, sahargacha beqaror 
bolib, chala so'yilgan hayvondek azob chekdi. 
Shavq o‘tida o'rtanayotgan shoh sabr qilishga 
chiday olmay, iztirobda o'zini u yoqdan bu yoqqa 
urardi. Sal tinchlansa, musofimi o‘z qissasini tak- 
rorlashga undar, hajr dardida qiynalsa ham, visol 
umidi bilan orom topardi. Shu tarzda oqshomni 
tongga uladi. Subh kulgusi olamga yoyilib
quyosh shulalarijahonniyoritgach, shoh awaliga 
Dilorom manzili - Xorazm tomon darhol yolga 
tushish istagini bildirdi. Lekin davlat arkonlari 
bolgan amaldorlar bir necha kun sabr qilish 
zarurligini uqdirib: «Shohning zaifligi davom eta-


yotgan bu kunlarda uzoq safarga otlanish to‘g‘ri 
bolmaydi», - deyishdi. Tabiblar ham: «Tog‘ qan­
cha ulugVor bolsa ham, viqor-u sokinlikni odat 
qilgan. Agar u harakatga tushsa, qiyomat oshkor 
boladi. Shuning uchun bir necha kun bu g'amga 
chidab, orom olgin-da, olamni buzmagin», - deb 
maslahat berishdi. Keyin xojaga:

Yüklə 10,71 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   ...   168




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin