«Kim bu yanglig* xabar eshittuk jazm,
Ki bor emish makoningiz Xorazm.
Bu xabardin agarchi b o ‘lduk shod,
Yetti yuz nav’ bandimizga kushod.
Lek holatni anglagan hangom,
Tutmangiz anda bir nafas orom.
Kecha-kunduz demay xirom qiling,
Uyquni biz kabi harom qiling», -
degan mazmunda maktub yozib, tezkor cho-
parlar q o liga topshirishdi. Shoh ushbu xat
ichiga o'zining dil so'zlari bitilgan maktubni
ham yashirincha qo'shib qo'ydi. Unda Bahrom
o'zining Diloromga bolgan samimiy muhabba-
tini izhor etib, tezroq kelishini iltimos qilgan -
di. Shoh o‘zining Xorazmga borolmayotganini
manmanlikka yoymaslik, balki o‘zining og‘ir
betobligi tufayli safarga chiqa olmaganini tus-
hunishini iltijo qilib:
«B o ‘yla majruh-u notavondurman,
Notavon jism-u, xasta jondurman.
Kel-vu o ‘lg‘on tanimga jo n bo4geil,
Jismima moyayi ravon b o ‘lg‘il»
kabi ta’sirchan so'zlami yozgan edi.
Yana Xorazm shohiga ham maktub yozib, unda
xojaga Xorazmning bir yillik molini berib, uni tez-
lik bilan o‘z tomoniga jo'natishi buyurilgan edi.
Choparlar shamoldek tez yurib, Xorazmga yetib
bordilar-da, xojaning bog'ini topib, maktubni
qoliga tutqazdilar. Xoja uni olgach, sajda qilib,
Diloromga yollangan xatni ham egasiga topshirib,
ikkovlarining boshlari osmonga yetdi. Xorazm
shohi esa o‘ziga yuborilgan maktubni o‘qib, darhol
Bahrom buyrug'ini bajo qildi: xazinadan tegishli
mablag'ni olib, xojaga yetkazdi. Xoja-yu Dilorom
yanada shodlanishib, Bahrom taxti tomon y o l
oldilar-da, tez yurib ko‘zlagan manzillariga ya-
qinlashdilar.
Karvon bilan shahar orasida bir manzil ma-
sofa qolganida shoh kechasi, barcha uxlayotgan
mahalda yashirincha o‘z gulchehrasi tomon yol
olib, saharda karvon qo'ngan joyga yetib keldi.
Bu payt karvon ahli shirin uyquda edi. Chashma
boshida katta bir chinor bolib ichida g'ordek kavak
kotinib turardi. Chashma oldiga qurilgan chodir
uy ichida esa Dilorom uxlab yotardi. Shoh otini bir
toshga mahkam qilib bogladi-da, chinor tomon
yurdi. Keyin chinor bag'ridagi g‘orga qadam bosib,
u yerdan Diloromga nazar tashladi. Ko‘p otmay,
parivash ham uyg'onib ketdi va oldin Tangriga
shukrona aytib sajda qildi-da, keyin qoliga chang-
ni olib oshiqona ashula boshladi. Unda Dilorom
shoh firoqidan nola qilib, uning ishtiyoqidan oh
chekardi. So‘ng u chashma oldiga borib, yangi
bir ashulani kuylay ketdi. Shoh dildorining har
bir ashulasini tinglar ekan, ko‘zidan g'amli yosh
larini oqizib, o'zidan ketardi. Dilorom esa boshqa
bir ashulani kuylarkan, shunday fig'on cheka »di:
|