«мл т*'1шн» «* иа Alisher Navoiy


«Manga bu g ‘amni oshkor etsang



Yüklə 10,71 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə126/168
tarix20.11.2023
ölçüsü10,71 Mb.
#162698
1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   ...   168
Xamsa. Alisher Navoiy

«Manga bu g ‘amni oshkor etsang,
Meni bu sirda rozdor etsang.
Toki b o ‘lg‘ay hayotim imkoni,
Kimsa mendin eshitmagay oni.
Lek mumkindurur davo qilurum,
Sa’y etib hojating ravo qilurum», -
dedim. So'zlarimni tinglagan gulrux biroz o^lanib 
qoldi-da, so'ng: «Mening holatimni to‘g‘ri anglab- 
san. Faqat iltimosingni aytmasang yaxshiroq 
bolardi. Chunki uni eshitishdan senga foyda yo‘q. 
Yurak sirlarimni anglashga juda ham qiziqayot- 
gan bolsang, ikki ishdan biriga rozi bol: yo bu 
ishdan voz kechgil yoki dardimdan ogoh bolgach, 
bu yerdan bosh olib, boshqa mamlakatga ketish- 
ga rozi bolgin», - dedi. Bu so‘zlardan vahimaga 
tushib, bir necha kun g'amgin bolib yurdim-u, 
keyin sabr-qarorsiz bolib, uni o‘z xonasida yolglz 
uchratdim-da: «Sen chekayotgan dardni bilishga 
bolgan qiziqish menga tinchlik bermay, devona 
qilay deyapti. Mayli, so‘zlaringni eshitib bolgach, 
boshimni olib qayoqqa desang ketishga ahd 
qildim», - dedim. Mahvash: «Bu so'zlaring qiziq


boldi-ku, chunki sen o‘z-o‘zingga balo tilayapsan. 
Ahd qilgan bolsang, shaharda turmasdan bosh 
olib ketishingga qasam ichgin», - dedi. Men uning 
aytganini bajo qildim. Shundan so‘ng mahvash 
o‘z ahvolini hikoya qilishga tushdi:
«Men chekayotgan dard sabablarini soYayapsan. 
So‘zni awalidan boshlamasam, g‘amim senga 
yaxshi ayon bolmasligi mumkin. Bilginki, mening 
diyorim Chin mamlakatidir. 0 ‘sha yerda tug'il- 
ib o'sganman. Bolalik paytimda ikki shohning 
o‘zaro urushi tufayli men asirga tushib qoldim. 
Meni cho‘rilikka sotishayotgan paytda xoja xari- 
dor bolib sotib oldi. U meni yaxshi ko‘rishining 
sababi shuki, men uning sotib olgan kaniziman. 
Xojaning farzandi yo‘q edi, shuning uchun u meni 
o‘z farzandidek e’zozlardi. Mening ovozim yoqim- 
li, so‘zlarim muloyim bolib, dilkash qo‘shiqlarni 
kuylardim. Bundan xabardor bolgan xoja musiqa 
ilmining atoqli ulamolarini, mohir sozanda va xo- 
nandalarni uyga chaqirib, bir necha yil davomida 
mening iqtidorimni kamolotga yetkazdi. San’atim 
ovozasi jahonga tarqalib, changimning shuhrati 
osmonga yetdi. Buning ustiga beqiyos husnim 
ovoza ustiga ovoza boldi. Qancha-qancha ba- 
davlat kishilar menga ega bolish uchun behisob 
mol-u xazinalar taklif qilishdi, shunchalar ko‘p 
mablaglar toledilarki, oqibatda xoja o‘z farzandini 
kanizga aylantirdi. Xaridorlarim ko'paygani sayin 
bozorim ham shunchalik qizirdi.
Shu paytlarda Chinda mohir bir naqqosh bolib, 
ismi Moniy edi. U mening suratimni yashirincha 
chizib, safar chog'ida bir shahanshohga ko'rsat- 
ibdi. Shoh suratga shaydo bolib, kanizakni sotib 
olish uchun Chinga bir necha uddaburon kishilar-


ni jo'natibdi. Ular xoja istagancha Xitoy xiroj ini 
to lab, meni o‘z yurtlariga olib ketdilar va yolda 
tez yurib shoh huzuriga yetkazdilar. Visolimga 
erishgan shoh benihoya xursand boldi.

Yüklə 10,71 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   ...   168




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin