«мл т*'1шн» «* иа Alisher Navoiy



Yüklə 10,71 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/168
tarix20.11.2023
ölçüsü10,71 Mb.
#162698
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   168
Xamsa. Alisher Navoiy

Odami ersang, demagil odami,
Oniki yo‘q xalq g ‘amidin g ‘ami.


...Boshni fido ayla ato qoshig‘a,
Jismni qil sadqa ano boshig‘a.
...Jahonda neki qilmish odamizod, 
Tafakkur birla bilmish odamizod. 
...Birovkim, jahonda so‘zi rostdir,
Erur dol angakim o ‘zi rostdur.
...Ki har kim ayonetsa yaxshi qilig‘,
Yetar yaxshiliqdan anga yaxshilig‘
kabi dono fikrlari mustaqillik davrida ham 
hayot darsligi bolib xizmat qilib, yoshlarimizni 
barkamol insonlar sifatida tarbiyalashimizga 
yordam bermoqda.
Shuni alohida talddlash loziriiki, Alisher Navoiy 
o*z salaflari dostonlariga yuqori baho berar ekan, 
har bir asar muqaddimasida ulardagi jiddiy 
nuqsonlami ham alohida taltidlab о lib, ushbu 
kamchiliklami keskin tuzatish yolini qollaydi. 
Masalan, Nizomiy va Dehlaviylar Bahrom, Xusrav 
kabi shohlami tasvirlaganda, ulaming dabdabali 
hayotlari, mol-u dunyosi-yu qo'shini, toj-taxti-yu 
hashamati, qudrati-yu imoratlarini rosa maqtab, 
odamlarga, masalan, Bahrom o‘z malikalariga 
nomunosib ishlar buyurgani haqida to‘xtalib, 
chinakam muhabbat tasviridan xoli bu asarda 
har ikki ijodkor xatolarini shunday deya alohida 
talcidlagan edi:
«Bo‘yla nodon uchun yozib avsof 
Anga qilgaylar o‘zlarin vassof.
Madhini behisob yozgaylar,
Balki mavzun kitob yozgaylar.


Har bir o ‘z ganjida ko'rub ko‘p ranj, 
Qilg‘ay o ‘z «Panj ganjbdin bir ganj.
Alloh, Alloh! Ne ganj bo‘lg‘ay bu! 
Sarbasar elga ranj bo‘lg‘ay bu!»
Alisher Navoiy dostonlari esa puxta tuzilishi, 
voqea-hodisalarning izchil rivojlanishi bilan ajra- 
lib turadi. Shoir o‘z asarlari qahramonlarining 
har bir xatti-harakatini, ichki olamini ijtimoiy 
va ruhiy jihatdan asoslashga alohida diqqat 
qiladi. Har qaysi asarning boshlanish qismida 
qahramonlarning kelajakdagi voqealarga, qah- 
ramonliklarga, sevgi-sadoqatga, sabr-qanoatga, 
ilmiy-muhandislik muammolarini hal qilishga, 
hunar sohasiga tayyorlaydi, shuning uchun 
ularning faoliyatlari o‘quvchida ishonch hosil 
qiladi. Farhod, Qays, Iskandar, Suhayl, Sa’d, 
Axiy kabi qahramonlar shunday fazilatlari bilan 
o'quvchi muhabbatini qozonadi.
Navoiy, ayniqsa o‘zi yaratgan qahramonlarning 
ichki dunyosini, ruhiyatini tolaqonli aks ettiradi. 
Farhodning Salosil qal’asidagi kechinmalari, Maj- 
nunning dasht va sahroda chekkan iztiroblari
Ka’ba huzuridagi nolishlari, Laylining alamli 
dil so'zlari, Iskandarning onasiga maktubi kabi 
o‘nlab tasvirlarda qalb kechinmalarining dardli 
ifodalari g'oyat ta’sirchan ifodalangani ko'zga ya- 
qqol tashlanib turadi.
Shoir «Xamsa»da tabiat va inson munosabat- 
larini eng jozibador, eng nafis, eng ta’sirchan aks 
ettiradi. Tabiatdagi har bir mavjudot, buijlar-u 
fasllar, oy-u yulduzlar, har qaysi o'simlik, samovot 
Navoiy qahramonlari tarafdori, ular uchun g‘am


chekadi, iloji boricha madad qollarini cho‘zadi, 
qiyinchiliklami yengib o'tishga hamdamlashadi.
Majnun bog‘da behush yotar ekan, gulzordagi 
barcha о‘simliklarning uning holiga munosabat- 
lari manzarasini eslaylik: yoridan ayrilib gulzorda 
tanho yotgan Qays ko'zini ochib qarasa:
Ko‘rdi o ‘zini chaman ichinda,
Sarv-u gul-u yosuman ichinda.
Bulbul boshi uzra nag‘ma pardoz, 
Ahvolig‘a navha aylab og‘oz.
Gul holig‘a chun nazora aylab,
Gulgun yoqasini pora aylab.

Yüklə 10,71 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   168




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin