Uchinchi maqolat
SALOTIN BOBIDA
Alloh senga mehribonlik soyasini solib, Xilofat
taxtini senga ro‘zi qildi - nasib etdi. Oldingda
buyuklami past aylab, olam zabardastlarini senga
maglub qildi. Xalqni oldingda ojiz etib, qadlarini
oldingda buktirdi.
Lekin shuni bilgilkim, sen ham bir bandasan,
hatto ko'prog'idan ojizroq hamsan. Ular tuprog'
bolib, sen nuri pok emassan, sen ham, ular ham
tuprog'dan yaratilgansiz. Barcha tana a’zolarida
hamma bilan tengsan. Lekin hunarda ham, kamo-
lotda ham, yaxshi xulq-u yaxshi so'zlashda ham,
yurish-turishing-u adl va insofda ham, shariat
qonunlariga amal qilishda, Alloh yolida taqvo va
toatda ham sen to‘g‘ri yoldan yurmay, ko‘prog‘i
bu yoldan yaxshiroq yuradi.
Senga Tangri imtiyoz berib, saltanatning eng
yuksak cho‘qqisiga chiqarib qo^ydi, shaxsinga
taxtni makon qilib, mamlakatda hukmingni yur-
gizib qoydi. Raiyat go “yoki gala-yu, sen cho'pon
bolding. Boldi raiyat gala-vu, sen shubon, ul
shajar-u musmir-u - о‘sib turgan daraxt-u, go^o
sen bir bogЪon bolding. Qo^ni cho'pon oy-u yil
asramasa, u och bo'rilaming yemishiga aylana-
di. Dehqon boglni tun-kun parvarish qilmasa,
bog'ning qurigan o‘tindan farqi qolmaydi. Bo‘ri-
ni galadan uzoq tutib, boglngga esa suv berib
ma’mur (obod) qil. G*am yesang, u gala foyda
beradi, bog‘ gul-u mevadan foydali hosil yetkazib
beradi. Gala bo'rilarga yem bolib tugab, daraxt-
lar esa qurib tamom bolsa, senga ham foyda-yaa
hosili qolmaydi.
Alloh topshirgan ne’matlarining javobini so Vasa,
u kuni nima deb javob berasan? Aqling bolsa, ho-
zirdan ko'zingni ochib, har bir ishingni o^lab qil!
Necha-necha kishilar sening hukmingga
botysunadi. Zulm qilsang ham, bechora mazlum
bolib turaveradi, chidaydi, garchi martaba-yu
pul-dunyosi bolmasa ham uning poyasi sendan
ham ortiqroq. Qiyomat kuni Yaratgan zolimni
ham, mazlumni ham so‘roq qiladi. U qomatini
rost tutib tursa, sen sharmanda holatda bolsang,
u tik tursa, sen qomati egilgan bir darajada tu-
rasan, mazlum Haqning savollariga polat xan-
jardek ochiq, dadil javob qilsa, sen uyatdan bosh
ko‘tarolmay qolasan-ku! Har bir qilgan xatong hi
sob qilingach, har biriga yuz azob belgilanadi-ku!
Mazlumlar, sendan zulm koYganlar gunohlaringni
kechirishmasa, vataning muttasil do‘zax bolib
qoladi-ku!
Ey podshoh! Alloh qolingni quwatli qildi-yu,
lekin sen zulm yo'lin i tanlading. Zulm ing
xaloyiqqa kam emas edi, endi sen uni o'zingga
ham qilayotirsan. Ey hushyor, zulm o'zingga fisq
(gunohdir), agar senga hush yor bolsa, ulardan
voz kech, chunki shodlik, xursandlikga berilib,
aysh-u ishrat yoliga kirishib ketding. Bazming
bolayotgan qasrda jannat ziynatlari bilan ol-
yashil pardalarining iplari el jonidan, la’li-yu
shingarfi - oltinrang bezaklari xalq qonidan. U
yerdagi glshtlar machitlami buzib keltirilgan,
toshi xalq qabrlaridan yetkazilgan, shift o'rtasida-
gi quyoshsimon yaltiroq kungira elning dur-u lali
bilan oltinrang qilib bezatilgan. Shunday manzilda
shohlarga xos oliy ziyofat uyushtiriladi, aysh-u
ishrat uchun bor narsa muhayyo qilinadi. Bazmda
may quyuvchilar tabassum bilan xilma-xil maylar
tutadilar, ashulachi - hofizlar har sohadan dos-
ton to‘qiydilar. Tillar deyilishi mumkin bolmagan
so'zlarni so'zlab, ko'zlar ko'rishi mumkin bolma
gan narsalami ko'radilar.
Bazmdagi har bir qari-yu har bir yigit maydan
har biri quturgan it bolib kechasi bilan shu xil
sharmandalik davom etib, tong otishi bilan yana
har biri bir zulmga mashg4il boladi. Har kuni
shu xildagi yaramaslik tungacha davom etadi, har
kecha shu g'aflat kun bo^i davom etadi.
Qoida mundog‘mu bo‘lur, de, axi,
Biro'z ishingni g ‘ami ham ye, axi.
Necha bu behudlik ila yil-u oy,
Voy, agar kelmasang, o ‘zungga voy!
Zulmni tark ayla-vu, dod aylagil,
Marg kunidin dogH yod aylagil.
Zulmung erur kecha-yu fisqing necha,
Zulm ila fisqing necha, bo‘lg‘ay necha?
May jism uyini vayron qilish uchun otilgan o‘qdan
boshqa narsa emas. Balki jism uyiga balo selidir.
Qanday qilib endi u jism uyi, jon uyi bolsin, jism
uyi, demaki, imon uyi ham bololmaydi-ku!
Sel qaysi tomonga qarab o'zini urib tugVon
solsa, shoh bilan darvesh uyi ham yakson boladi.
Bodag‘a ko‘rguzsa kishi xiraliq,
Aql charog4gea berur tiraliq.
Agar chirog' otiga bir tomchi suv tomsa, unda
yoruglikdan qolingni yuvib qotya ber. Alohida bir
chiroqqa bir odam tongdan kechgacha may suvidan
ketma-ket jom quyib turar ekan, mash’al otiga bir
qadah suv quysa o‘chadi-yu, bu xil chirog'ning holi
ne kechadi? Suv bilan mash’al o'ti, mash’al otigina
emas, manqal oti. Manqal otimi, qo‘ra otimi, tandir
otimi - suv yetib borgach, unda tob-u nur qolmaydi.
Yonayotgan suv ichra majusiy dinidagi odamning
holi ne kechardi, sandal daraxti bir damda obnus
daraxtiga o^shab qop-qorayib ketadi-da! Har ki-
shikim bu suvdan bir idish tanovul qilsa, xonaning
siyohga aylanishi ajab emas.
Suv dema oniki, bir o ‘t erur,
Kim yeti ko‘k xirmanini kuydurur.
U shula tushsa, xas-u xashak nima emish, os-
monni o'rtasa, uni kuydirib kul qiladi. Vujuding
uyi bir xashak bolsa, zor taning xuddi bir hovuch
kulning o‘zi-ku! Bu xashakka necha ot uraverasan?
Bu tufrog'ni necha sovuraverasan? May suvi dard
о lining o'zidir, yo‘q, u do‘zax oli-yu, toTon suvidir.
U otni xas-u xashagingga uraverma, quyma, bu
suvni bir hovuch xokingga quyaverma!
Dostları ilə paylaş: |