«мл т*'1шн» «* иа Alisher Navoiy



Yüklə 10,71 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/168
tarix20.11.2023
ölçüsü10,71 Mb.
#162698
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   168
Xamsa. Alisher Navoiy

Nargis shabnamdin ashk etib fosh, 
Ahvolig‘a yummayin to‘kub yosh.
Chun ko‘ksida hajrdin ко‘rub dog‘,
Ko‘ksi uza lola kuydurub dog‘.
Zaxmi ko‘kidin binafshada g ‘am,
So‘ziga kiyib libosi motam.
Sunbul qilibon qaro uzorin,
Ochib qora zulfi mushkborin.
So‘giga oqar su zor yig‘lab,
Un tortib so‘gvor yig‘lab.
Sarv оЧтау mehnatidin ozod,
Qolmay shamshod dardidin shod.
Bu xil samimiy va ta’sirchan tasvirdan tabi- 
atning inson zotiga hamdardligi, unga cheksiz 
mehribonligi mohirona chizilgani ko'zga tashlanib 
turadi. Shoir insonning ham tabiatga mehr-u 
shafqatini ko‘p o‘rinda san’atkorlik bilan talcidlay- 
di. Jumladan, Farhod o‘z olimi oldida jabrdiyda 
tog‘ga murojaat qilib deydiki:


...Sanga mandin yetibdur oncha yotliq,
Ki yuzungdin uyotlig'man, uyotlig‘.
Gahi bag‘ring bo‘lub tesham g'ilofi,
Gahi jismingda metinim shikofi.
Yuzung yoshimga xunolud gohi, 
Damimdin boshing uzra dud gohi.
Bori jurmumg‘a tig‘i afv surgHl,
Borur chog‘imda afv aylab kechurgil».
Tabiat bilan Inson orasidagi bu xil do‘stona 
munosabat, sadoqat, shafqat Navoiyning barcha 
ijobiy qahramonlariga xosdir.
Alisher Navoiy mumtoz she’riyatimizda keng 
qollanib kelgan turli xil uslublardan о‘m i bilan 
unumli foydalanaveradi. Shuning uchun «Xam- 
sa» dostonlarida sof realistik hayotiy hodisalar, 
manzaralami ham, romantik ko^tarinki, kuchay- 
tirilgan tasvirlami ham, xalq og'zaki ijodiga xos 
xayoliy fantastik lavhalami ham aralash holda 
uchrataveramiz. Masalan, Farhodning tog'dan 
suv chiqarish faoliyatida rejalashtirish, ariqni 
tayyorlash lavhalari haqqoniy tasvirlansa, ba’zan 
Farhod kuch-qudratini dalillash uchun romantik 
manzaralarga murojaat qiladi. Uning dev va aj- 
daho bilan jang koWnishlari esa g'oyat bo'rttirib 
tasvirlanadi. Boshqa dostonlarda ham shu to'rt 
usul birgalikda qollanaveradi. Bu xil sinkretik 
aralashlik realistik hayotiy tasvimi yorqinroq aks 
ettirish maqsadini ko'zlaydi.
«Saddi Iskandariy» dostonidagi qo'shinlaming 
to'qnashuvi, ayniqsa, yakkama-yakka olishuvlar, 
shohlar aro munozaralar, Iskandar devorining 
qurilishi o'quvchini hayotiy tasvirga ishontiradi.


«Sab’ayi sayyor» dostonidagi ko‘plab hikoyalar 
ham voqealaming rostligiga shubha uyg'otmaydi. 
Birinchi hikoyada Axiyning o‘z xotinini Farruxga 
berib yuborishi har qancha g‘ayritabiiy tuyil- 
masin, Axiyga xos yuksak insonparvarlik, uni 
olimdan qutqarib qolish uchun shunday ishga 
qo*l urishi ham aql bilan fikr yuritgan kishiga o‘ta 
g'ayritabiiy tuyulmaydi. «Suhayl va Mehr» hikoyasi 
ham haqqoniyligi bilan ko‘zga tashlanib turadi.
Navoiy «Xamsa»sida yaqqol ko‘zga tashlanib 
turadigan kashfiyotlardan yana bin dostonlarda 
ilmiy-hayotiy timsollarga keng o‘rin berilishidir. 
Ilm va fan bilan bolalikdan qiziqib kelgan shoir 
«Farhod va Shirin» dostonida robotlar siste- 
masini yovuz kuchlar quroli sifatida tasvirlab, 
inson tafakkurining, Farhodning bu ilmiy-xay- 
oliy jismlar ustidan g'alabasini tasvirlagan edi. 
«Sab’ayi sayyor» dostonida Navoiy soatiga 35-45 
kilometr yuradigan «Sariyus sayr» nomli ulov 
haqida fikr yuritadi. Bu asboblar odamlarga tez 
harakat qilishga imkon beradi.
«Saddi Iskandariy» dostonida esa jahonni 
yorituvchi Jamshid jomi, Chin olimlari ishlagan 
ikki ajoyib ko‘zgu, Rum donishmandlariyaratmish 
ajoyib jom va usturlob asboblari tasvirlanadi. Mal- 
lu qo'shinlariga qarshi Iskandar olimlari tomoni- 
dan ishlangan sirli qurol atom bombasini eslatadi.
Bunday tasvirlami biz boshqa shoirlar ijodida 
uchratmaymiz. To‘g‘ri, shoir salaflari Iskan- 
darning shisha idish yasatib, unga arqon ulab, 
suv ostida yuz kun baliqlar hayotini oVgangani- 
ni talcidlashgan edi, lekin Navoiy bu xil tasvir 
ilmiy-xayoliy timsolga nisbat berilsa, o‘quvchini


ishontirmasligini his etib, shohning bu xil faoli- 
yatini uning payg'ambarlik quwati ifodasi sifatida 
ko‘rsatishni ma’qulroq ko‘radi.
Alisher Navoiy «Xamsa»sini tashkil qiluvchi 
dostonlaming har biri katta hajmga ega bolgan, 
yuksak ma’naviyat va badiiyat qonunlariga tola 
amal qilingan holda yozilgan hamda boy va go'zal 
o‘zbek tilining bor nafosatini o'zida ifoda qilgan 
mukammal badiiy asardir. XV asr adabiy tilida 
yaratilgan va hozirgi zamon o'quvchilari uchun 
anchagina tushunilmaydigan, aniqrog'i, eskirgan 
so'zlari bolgan, xilma-xil til san’atlari va uslublari 
qollangan bu obidalami Navoiy tilida tushunish 
ancha mehnatni, lug‘atlar ustida tinimsiz ishlash- 
ni talab qiladi. Kitob yozib tugallangan XV asrda 
va undan keyin ham dostonlarni o'qib anglash 
oson bolmagandirki, keng xalq ommasi qiynal- 
masligi uchun «Xamsa»ning ixchamlashtirilgan 
va soddalashtirilgan xalqona nasriy nusxalari 
yaratilgan. Adabiyotshunos Maxzun, Umar Boqiyning 
kitoblari shunday asarlardan edi.
Navoiy «Xamsa»si dostonlarini osonroq tushu­
nish uchun o'tgan asrda ham bir necha harakatlar 
qilindi. O.Sharafiddinov, Y.E.Bertels, V.Zohidov, 
A.Qayumov, P.Shamsiyev, O'.Karimov, S.Mutalli- 
bov, A.Rustamov, S.Erkinov, N.Mallayevvabosh- 
qalar tomonidan Navoiy «Xamsa»si dostonlarining 
mukammal nasriy matnlari tuzilib, ko‘p nusxada 
nashr qilindi. Ammo o'quvchilar, litsey va kollej 
talabalari hamda ulug‘ shoirning ko‘p sonli mux- 
lislari uchun bu mukammal nasriy nashrlar ham 
oglrlik qilyapti, shekilli. Har holda yoshlarimizning 
ko'plari «Xamsa» dostonlari mazmunidan yaxshi


xabardor emaslar. Maktablar, litsey, kollejlarda 
bunga imkoniyat topilmaydi - kitoblar yetish- 
maydi.
Shulami hisobga olgan holda biz Navoiy «Xam- 
sa»si dostonlarining asosiy mazmunlarinigina ix- 
cham tarzda bayon qilingan kitobchalar va ulam- 
ing barchasini to'plab bitta kitob holida tajriba 
sifatida taqdim etishni ma’qul ko'rdik. Nashr etil- 
gan asarlaming kirish va xulosa qismlari tushirib 
qoldirilgan, asardagi cho'zilib ketgan ba’zi oVinlar: 
manzaralar, monologlar ixchamlashtirilgan. Bu 
Xil yondashish dostonlaming toliq tushunilishiga 
imkon bermaydi. Ular haqida keng malumotga 
ega bolish uchun dostonlaming toliq nasriy 
bayoni, qolaversa, Navoiy dostonlarining o‘zi bilan 
toliq tanishish lozim. Qolingizdagi kitob esa dos- 
tonlar mazmunini osonroq tushunib olishingizga 
yordam beradi, xolos.
Kitob tajriba holida nashr etilayotgani uchun 
unda ayrim kamchiliklar bolishi ham mumkin. 
Olimlarimiz, navoiyshunoslarimizning o'rin- 
li maslahatlari, Navoiy «Xamsa»sining shu xil 
nashrini yanada mukammalroq nashr etishimizga 
yordam beradi, deb ishonamiz.

Yüklə 10,71 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   168




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin