«мл т*'1шн» «* иа Alisher Navoiy


Mehr kim gulruxi samoviydur



Yüklə 10,71 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə122/168
tarix20.11.2023
ölçüsü10,71 Mb.
#162698
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   168
Xamsa. Alisher Navoiy

Mehr kim gulruxi samoviydur,
Nilufarvash libosi moviydur.
Musofir o‘z hikoyasini tugatgach, pardador 
moviy pardani ochdi, shoh Bahrom ko‘p in’om- 
lar berib musofimi xursand qilgach, orom topib, 
uyquga ketdi.


Payshanba kuni shoh Bahrom sandalrang ki- 
yimlar kiyib, sandalrang qasrga qadam qo^di. Uni 
sandalrang kiyimlaridan sandal hidi anqib turgan 
mahbuba kutib oldi. Bazm boshlangach, qadahlar 
davra Ьо*у1аЬ aylana boshladi. Kecha ichgan 
mayidan boshi og'riyotgan shoh qadahga qolini 
ham uzatmadi. Lekin soqiy bosh og‘rig‘iga qizil 
sandaldan dori hozirlab qolgan edi. Bazm kechga 
qadar davom etdi. Qorong'i tushgach, gul yuzli 
go‘zal o‘z pardasi ortiga kirib ketdi. Shoh yana 
uyqu keltiradigan afsona eshitish istagini bildirdi. 
Mulozimlar y o l bo“yiga chiqib, so‘z dengizining 
kemachisi bolgan bir sayyohni boshlab kelishdi. 
Musofir shoh istagidan xabar topgach, awal uni 
yaxshilab duo qildi-da, afsonasini boshladi.
Oltinchi iqlim yo‘lidan 
kelgan musofirning rivoyati
Boxtar diyoridan ikki kishi Xovar tomon yolga 
chiqishgan edi. Ular tun-u kun sayr qilishardi. 
Birining oti Muqbil25, yana biriniki Mudbir26 edi. 
Muqbil pok, omadli, xalq e’tiborini qozongan yigit 
bolsa, Mudbir qayerga borsa, yuzida baxtsizlik 
changi paydo boladigan inson edi. Yolda borish- 
arkan, qo'rqinchli bir vodiyga duch kelishdi. Uni 
biladigan odamlar bu yerdan yurmasdilar. Ushbu 
vodiyning sabza-yu bog'i tikon-u sho'ra, suvi-yu 
tuprogl esa neft-u oltingugurd edi. Tuprog'idan 
badboy bug' ko'tarilib, otdek shamoli kishi taniga 
urilar ekan, uni kulga aylantirib, kolcka sovu-
25 Muqbil - iqbolli, baxtli.
26 Mudbir - badbaxt.


rardi. U yerda jonivorlaming yashashiga imkon 
ham yo‘q bolib, kirib qolgan hayvon darrov halok 
bolardi. Odamlar uni «Vodiyi hamim», ya’ni «Ja- 
zirama vodiy» deb atashar, harorati bu nomni 
isbotlab turardi. Bulardan ogoh bolmagan ikkala 
hamroh y ol azoblari, balo dashtining uqubatlarini 
ко‘rib, cheksiz bu dashtni bosib o'tishdan boshqa 
chora topisholmadi. Har qanday balo duch kelsa 
ham, chidashga ahd qilib, tavakkal qildilar-da, 
dashtda o‘z safarlarini davom ettirdilar. Haro- 
rat alangasi kuchayib borgan sari Mudbirning 
besabrligi orta borardi. «Bu qanday havo boldi? 
Bunday dashtni yaratishning nima keragi bor 
edi?» - deb shikoyat qilar, behush mastlar kabi: 
«Bu yerda suv yaratish qiyinmidi?», - deb nola 
chekar, har bir so‘zi Tangriga e’tirozdan iborat edi. 
Buning ustiga doim hamrohiga: «Men bechoraga 
sendek yoldosh hamroh bolmagani yaxshiroq edi. 
Qanday shum kunda senga yoliqdimki, shunday 
yomon xosiyatlarga duchor boldim», - deb ta’na 
qilgani qilgan edi.
Muqbil esa xudo yodi bilan mashg'ul bolib, 
zikr-u tasbihdan bo'shamasdi. Mudbirga nasi­
hat qilishdan charchamas, lekin bu pandlardan 
foyda yo‘q edi. Muqbil barcha azoblarga bardosh 
berib, dashtdan chiqib oldi. Dasht ko'zdan yo'qol- 
gach, ular dard-u balo dengiziga duch keldilar. 
Hamrohidan bezor bolgan Muqbil undan ayri- 
lishni istagan edi, Mudbir qilgan ishlari, gapirgan 
so'zlaridan tavba qilib, hamrohini bundan buyon 
sabrli bolishiga ishontirdi. Muqbil uning qilgan 
ishlarini, noto‘g‘ri so‘zlarini unutdi.
Ikkovlari dengiz qirg‘og‘iga kelib, u yerda bir 
kemani ko‘rdilar, har tarafni izlab, kema egasini


topdilar-da, haqini to lab kema ichiga kirdilar. 
Kemachi ikkovlariga bitta sandal berdi. Bir necha 
kema bir tomonga qarab suza ketdi. Kema qush- 
dek tez suzib borarkan, Mudbir yana ,oh-voh qilib, 
bema’ni so'zlami aytishga tushdi. Muqbil bolsa 
tasbih-u ibodat bilan band edi. Hamrohiga yana 
nasihat qila boshladi. Mudbir esa uning gaplari- 
ga parvo ham qilmay, kufr so'zlami aytishdan 
tinchim asdi. U ning bu s o ‘zlarid an qattiq 
g'am chekib, azoblanar ekan, Mudbir Tangriga 
xitob qilib «Ishlaringda hech tartib yo‘q. Qum-u 
dashtingda odam suvsizlikdan iztirob cheksa, 
bahr va tolqinlaringda bu qadar beboshlik. U yer­
dagi yetishmovchilig-u, bu yerdagi ortiqchalikdan 
aql-u hushini yo'qotmoqda», - deb nido qilardi. 
Uning bu xil shum so'zlaridan yanada ko'proq 
chayqalib, to‘fon yanada kuchaydi. Tolqinlar bal­
and ko‘tarilib, katta-yu kichik kemalarni har to­
monga surib tashladi, anchasi suvga g‘arq boldi.
Ikki hamroh bir qayiqda qolishdi. Muqbil 
tavba-tazarru’ qilib, Tangridan o‘z panohida as- 
rashini iltijo qilar ekan, uning bu duolari ta’sir 
qilib, shamol tindi va dengiz taskin topdi. Qayiq 
dengizda tinch suzib borarkan, bir manzil ko‘zga 
tashlandi. Uning rangi osmondek kolc bolib, u 
tomondan yoqimli boy esib turardi. Bu sandal 
hidi bolib Masih nafasidek jonlarga oro berardi. 
Undan rohatlangan Muqbil shukrona sajdasini 
ado qildi-da, qayiqni o'sha qirg'oq tomon surib, 
ko‘p o‘tmay, u yerga yetib bordi. Qirg'oqda baland 
bir daraxt o‘sar, barglari keng maydonga soya 
solib turardi. Uning tanasida katta bir kavak 
bolib, u yerda tiniq bir chashmadan suv chiqib, 
dengizga quyilardi. Ikki hamroh o'sha manzilda


orom olmoqchi bo “lib, qayiqni bir ildizga bogladi- 
lar-da, Muqbil daraxt kavagiga ko'zi tushgach, 
qiziqib uning ichiga kirdi. Suv ichmoqchi bolgan 
Mudbir ham uning ortidan kirib keldi. Chashma 
boshida bir tosh bolib, unga xat yozib qo'yilgandi. 
Ikkovlari u xatni o‘qishga tushishdi. Unda: «Kimki 
bu manzilga kelib, ushbu ajoyibotni tomosha qil- 
sa, shuni bilsinki, bu daraxt sehrlidir, uni «San- 
dali simiyo», ya’ni «Sehrli sandal» deb atashadi. 
Chashmadan suv ichgan har qanday odam o‘z 
chanqogini qondiradi. Agar u kishi to‘g‘ri, pok 
inson bolsa, bir oygacha xursand bolib, yeb- 
ichishga muhtoj bolmay yuradi, yolg'onchi bolsa, 
uch kun oTgach, suv va taom istab qoladi. Bu 
chashma suvidan bahramand bolgan odam key- 
inchalik yolg‘on so‘zlasa, o'sha ondayoq qomi yo- 
rilib, halok boladi. Bu aytilgan so'zlar suv ichish 
haqida edi. Chashma ichiga tushishning ham o‘z 
xosiyatlari bor: yolg‘onchi bu suvga tushsa, o‘sha 
ondayoq oyogl kuyadi. RostgoV odam tushib, 
ko'zini yumib, qulog‘-u bumini ushlab sho'ngisa, 
boshini chiqargach, shunday narsalar ко‘rad iki, 
ulami aytib ham bolmaydi. Lekin bir sho‘ng‘ig- 
an odam o‘zi ko'rganlarini yana bir ko‘rmoqchi 
bolib, yana sho‘ng‘isa, suv pasayib ketadi-da, 
sho‘ng‘iy olmaydi», - deb yozilgan edi. Xatni o‘qi- 
gan Mudbir bir-ikki hovuch suv ichib, yolg'on va 
behuda so‘zlashni bas qilmoqchi boldi. «Bundan 
kejdn yolg'on so‘zlashni tark etdim. Shu ahdimni 
buzsam, olimga ham roziman», - dedi-da, chash­
ma suvidan ichdi.
Muqbil Yaratganga shukrona aytib sajda qil- 
di-da, keyin suvdan ichdi-yu, chanqogini bostir- 
di. Mudbir suv ichiga tushmoqchi bolib, oyoglni


tiqqan edi, qaynoq suv oyoglni kuydirdi. Muqbil 
lungi boglab, suv ichiga tushdi-da, unda o‘z ak- 
sini ко‘rib, suv ichiga sho‘ng‘idi. Boshini chiqarib 
qaragan edi, chashma suvini emas, balki zilol 
suvga limmo-lim tolgan hovuzni ko‘rdi. Uning 
ichlari tartib bilan terilgan sandalrang sof tosh- 
lardan bolib, atrofi Eram bog‘ini eslatar, u yerda 
esa, haram kabi chiroyli bir bino qurilgan edi. 
Hovuzdan chiqish uchun oyoq qolgan Muqbilni 
bir necha kumushtan qizlar qollarida top-toza 
matolar, tan quritish uchun esa ipak sochiqlar 
olib kelib yigitning qoliga berishdi, sochiqlar bilan 
tanasini quritishdi. Ustiga sandal hidi kelib tur­
gan xilma-xil kiyimlar kiydirishib, boshiga salla 
o‘ratishdi-da, qolidan ushlab, sandal qasrga olib 
bordilar. Muqbil atrofga hayrat bilan boqarkan, 
o‘zini boshqa bir olamga kelib qolgandek sezardi. 
Es-hushi og‘ib qasr ichiga kirgach, hamma yogi 
sandaldan ishlangan, yoqimli atir hidi ufurib 
turgan keng xonaga ko'zi tushdi. Sandaldan 
ishlangan taxt javohirlar bilan bezatilgan bolib, 
uning ustida quyosh yuzli bir pari paykar go‘zal 
otirganini, atrofida esa sahar paytidagi yulduzlar 
kabi sohibjamol kanizlar tizilib turishganini 
ko‘rdi. Muqbilning ko‘zi u diloroga tushgach, qoni 
qurib, rangi sarg‘aydi-yu, yiqilib hushidan ketdi. 
Gul yuzli sarvqomat go‘zal uning oldiga kelgach, 
yoqimli atridan o'ziga keldi-yu, yana ко‘rib o‘zini 
yo‘qotdi. Mahbuba shirin so'zlari uni xursand 
qilgach, yigitning ko'ngli qaror topib, o‘ziga keldi. 
Go'zal qiz unga yondashib otirganida, Muqbilning 
shavq oti belidan oshib, yana sabr-u qaroridan 
ayrildi-yu, ko‘ksini pora qilishiga sal qoldi. Mah­
vash uni qolidan tutib taxti tomon olib borib,


oTirishni taklif etdi. Muqbil yer o'pib: «Bunday 
joyda oTirishga haddim yo‘q», - desa ham, pari­
vash taxtda yonma-yon o‘tirib, taom yeb, shar- 
bat ichdilar. Keyin bazm boshlanib, jomlarda 
boda keltirildi. Bir diloro parivash sandal hidi 
anqib turgan jomni ularga uzatgan edi, mahbu- 
ba bir-ikki qultum ichib, keyin jomni Muqbilga 
tutdi. U o'zini zo‘rg‘a qolga olib, mayni oxirigacha 
sipqordi. Qadah davrada to'xtamay aylanar ekan, 
Muqbilning kayfi oshib, devonalarga o'xshab 
behijobona so'zlarni ayta boshladi, keyin esa no- 
joiz harakatlarga o‘tdi. Gul yuzli go‘zal Muqbilga 
qarshilik qilmay, qolidan qolini olmay o'tirardi. 
Yigit oxiri chiday olmay qizga: «Meni qiyin ahvolga 
solib qo^ding, rahm qilib dardimga davo qilgin, 
vasl bilan hojatimni ravo qilgin!» - deb iltijo qila 
boshladi. Parivash bu so'zlarga: «Bugun shuncha 
may ichib, hushimizni yo'qotgudek mast boldik. 
Ertaga katta bir to У qilib, nikoh o'qitaylik. Keyin 
o‘z murodingga erishasan», deb javob qaytardi. 
Muqbil uning bu so'zlariga e’tibor bermay, qan­
day bolsa ham o‘z maqsadiga erishmoqchi bolib, 
nojo'ya qiliqlar qila boshladi. Shunda mahbubasi 
«Agar o'zingni to'xtata olmayotgan bolsang, biron 
sarvqomat kanizimga ajrtay, tonggacha sening 
yoring bolsin», dedi. Muqbil o‘z maqsadi haqida 
boshqa oglz ochmadi. Parivash unga bir kanizag- 
ini hamog4ish etdi, ikki eshik og'asiga ishora 
qilgan edi, yigitni arang turglzib, alohida xonaga 
olib borib yotqizdilar.
Quyosh nurlari yoyilib ketganda uyqudan 
uyg‘ongan Muqbil o'zining kechagi qilgan ishla- 
rini eslab, xijolat chekdi-da, hovuz oldiga borib, 
cho'milmoqchi boldi, sandalrang lungini beliga


boglab, suvga tushib sho‘ng‘idi, keyin boshini 
ko'tarib atrofga qaradi-yu, o'zining sirli buloq 
ichida turganini ko‘rdi. Ko‘zlariga ishonmay, 
yana bir necha marta suvga sho‘ng‘idi, lekin 
har safar boshini ko'targanda o‘zini yana o‘sha 
buloq ichida ko‘raverdi. 0 ‘z mahbubasi visoliga 
yetisha olmaganidan iztirobga tushgan Muqbil 
nima qilishni bilmas, Mudbirga esa o‘z ahvolini 
aytishni lozim ko‘rmasdi. Shu payt ko‘zi yana 
buloq ustidagi toshga tushdi. Uning burchagida 
yana bir xat yozilgan bolib, Muqbil oldin e’tibor 
bermagan ekan, Unda: «Kimki bu simiyoni ко‘rib, 
suvga sho‘nglgach, yuz baloga duch kelgan bolsa, 
qaytib chiqqanidan keyin bu yerda turmay, tezda 
suv orqali jo ‘nab ketishi kerak. Aks holda uni dev 
yoki nahang oldiradi», - deb yozilgandi.
Muqbil xat mazmunini anglab: «Hayotim xafv 
ostida qolsa ham bu yerda qolaman, bunaqa ha- 
yotdan olganim yaxshiroq», - dedi. Ammo yana 
fikr yuritib, jonining azizroq ekanini o^ladi-da, 
ketishni lozim topdi. Qayiqni yechib hamrohi 
bilan birga dengizda suza ketishdi. Mudbir ham- 
safarining holatidagi o'zgarishlarni ko‘rib, uning 
sababini bilishga intilsa ham, Muqbil unga hech 
narsani oshkor qilmadi. Qayiqda о“у surib o‘ti- 
raverdi. Ikkovlari Haqdan panoh so‘rab, qayiqni 
haydab borisharkan, Muqbil hajr o‘tida qiynalar, 
Mudbir holini soVasa javob qilmas, chunki uning 
g‘ami sharh etardek emasdi. Ba’zida unga qarab: 
«Ey do'stim, bu savolingga javob berishimni kut- 
magin. Holimni senga aytmayotganimning sababi 
uni o‘zim ham bilolmayotganimdandir. Holimdan 
malolat chekayotgan bolsang, sen haqlisan, men 
esa bundan xijolatdaman!



Yüklə 10,71 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   168




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin