«мл т*'1шн» «* иа Alisher Navoiy


 Razm-u ko'shishda - jang va shijoatda



Yüklə 10,71 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə119/168
tarix20.11.2023
ölçüsü10,71 Mb.
#162698
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   168
Xamsa. Alisher Navoiy

20 Razm-u ko'shishda - jang va shijoatda.


Men bu zavraqni21 suvg‘a to surdum, 
Ming seningdekni suvda olturdum. 
Birida sencha ko'rmadim jur’at,
Jur’ating boldi maxlasingg'a22 jihat.
Kim tengiz ichra boshinga yettim, 
Olaringdin seni xalos ettim.
Qatlinga garchi tab’ rog'ib emas23,
Lek qoymoq dog‘i munosib emas.
Kim agar banddin xalos olgtm g,
Bir shahi komrong'a xos olgtmg. 
Bolmak olmas xalos domingdan 
Bolmag4im emin intiqomingdan24.
Ish hisobin shumora qilgtingdur,
Qatl-u kinimg'a chora qilgtingdur. 
Olmak avlo sanga kamand ichra,
Tirik olmoq valek band ichra.
Suhayl har qancha iltijo qilmasin, Jobir uni 
qo'yib yuborishni istamadi. Kemasini maskani 
tomon surdi-da, qasri yonidagi chohga tash- 
lashga hukm qildi. Unga tushgan mahbus hech 
qachon qaytib chiqmasdi. Suhaylning a’zosidagi 
arqonlarni yechdilar-da, band bilan uning qa’riga 
tushirdilar. Kim u chohga tushsa, unga har kuni 
ikkita non va bir obdasta suv berilardi. Yuqorida 
dilbar-u, quyida bedil bolib, ikkovlari bir-birlarining 
ahvollaridan g'ofil edilar.
Jobir Mehr kemalaridagi odamlami ozod qilib, 
o‘z yurtlariga qaytarib yuborgach, ular bir necha 
kundan so‘ng manzillariga yetdilar-da, barchalari
21 Zavraq - qayiq.
22 Maxlasingg'a - xalos bolishingga.
23 Tab’ rog'ib emas - istamayman.
24 Intiqomingdan - qasos olishingdan.


nilufar rangida kiyinishib, shoh saroyiga borishdi 
va motam izhor qilishdi. Mehming otasi ham jigar- 
go'shasidan ayrilgani uchun o‘zi shu rangli kiyim 
kiyib, saroy ahliga ham shu tarzda motam kiyimi 
kiyishni buyurdi. Dengiz safariga ketganlar qaytib 
kelishgach, shoh ulardan bolib o'tgan voqealar, 
qizining ahvolini batafsil surishtirib, fig‘on kotar- 
di, uning ко‘ziga jahon qorong'i bolib, iqboli quy­
osh botgandek ko‘rindi. Achchiq-achchiq yiglar 
ekan, o‘z-o‘ziga: «Bu xil yigidan foyda yo‘q. Uning 
o'miga qizimni zolim qolidan qutqarish chorasini 
ko‘rmog‘im lozim», - deganicha, qoliga qog‘oz-u 
qalam olib, bolib o'tgan ishlar bayon qilingan 
maktub yozdi-da, shoh No‘monga jo'natdi. Xat 
ichida yashirincha mana bu gaplar ham taldd- 
langan edi: «Bolib o*tgan voqealaming barchasi 
qazodan. Choramiz esa qasos olishdan iborat. 
Mehr mening jonim payvandi bolsa, senga ham 
farzand bolib edi. Uning dushman qolida bolishi 
ikkalamiz uchun ham nomusdir. Endi bu ishning 
chorasini ко‘rib, lashkar to‘plasak-da, o‘gling 
Suhayl o‘z qo‘shinini sohildan boshlab borsa va 
Jobir manziliga yetib kelsa, men esa sipohlar- 
imni dengizdan o‘sha manzilga olib borsam, ikki 
qo'shin qaroqchilami ikki yondan qamalga olib, 
zolimlami yengsak-da, Mehmi ozod qilib, Jobir va 
uning qaroqchilarini jazolasak. Agar bu fikrimga 
qo'shilmasang, o‘z taklifingni tezroq yozib yubor- 
sang, yolg'iz o‘zim chorasini qilsam».
Shoh No‘mon bu maktubni o'qigach, voqeadan 
xabardor bolib, o‘glining ham o‘z maqsadiga yeti- 
sha olmaganini bildi-da, bu ikki ish motam ustiga 
motam bolib, Suhaylning taqdiridan xabar topol- 
may, iztirob chekib, Navdar nomasiga shunday


javob yozdi: «Mehr ahvoli bayon qilingan maktub- 
ingni o‘qib, g'amga tushdim. Kuyib o'rtanishim- 
dan foyda yofqligini ham bildim. Suhayl o‘z qo‘shi- 
ni bilan sohil bo У lab yov makoniga y o l olsin, deb 
yozibsan. Awal ayt-chi, qani Suhayl? Bundan olti 
oy muqaddam o ‘glim sening mamlakating tomon 
y o l olgan edi, haligacha qaytgani yo‘q. Shuning 
uchun xavotirda edik. Endi malum boldiki, u 
ko'zlagan manziliga yetib bormabdi. Endi sen 
quruglikdan y o l olsang, men esa dengiz bilan 
borib, o'glimdan nishon topsam. Undan biron 
xabar topmasam ham sen aytgan manzilga yetib 
boraman. U qaroqchidan qasosimizni olib, jazosi- 
ni beramiz. Endi falon kuni, falon soatda yolga 
tushishga ahdlashsak. Sen ham o‘z va’dangga 
ko‘ra yurishni boshlasang». No'mon belgilagan 
mul
ozim
bu maktubni Navdar qoliga topshirdi. 
U esa xatni o‘qigach, safar muddatidan xabardor 
bolib sipoh to'plashga kirishdi va ko'rsatilgan 
muddatda ikki qo‘shin y o lg a tushdi. Navdar 
sipohlari Jobir qaroqchilari hududiga yaqinlashar 
ekanlar, qalin o'rmonga duch kelib qolishdi. Shoh 
yovlarning pistirmalardan hujum qilishi oldini 
olish uchun qalin butalami kestirib, qo'shin bilan 
birga ilgarilar edi. Bu o‘rmon ichi kiyiklarga tola 
bolib, ovni yaxshi ko'radigan Navdaming havasini 
keltirardi. Har tarafda ko'zga tashlanayotgan ohu 
ko'zli kiyiklar yaqinlashib kelganda, shoh ulardan 
ko'zlarini olib qochar, xayoli faqat sipohlarda edi.
Nogahon bir gulrang ohu Navdar oldidan otib 
qoldi, shu chog‘ shoh chiday olmay, uning ketidan 
quva boshladi. Ohu changal ichiga o‘zini urgan edi, 
yol tor va chirmash bolgani uchun shoh ota olmay 
qoldi-da, o‘q otishga tushdi, bir-ikki o‘qi xato ketdi.


O'zini yo'qotib, dushman makonida yurganini ham 
unutib qo^di. Yana ohu ketidan quvib, qaroqchilar 
pistirmasi q o ^ ga n joydan chiqib qoldi. Jobir bir 
necha joyga pistirma qo^gan bolib, qaroqchilar bi­
ron kishini tutib olsalar, darhol uning huzuriga olib 
kelishardi. Qaroqchilar bir chiroylik kiyik ketidan 
quvib kelayotgan otliqni koVdilar-da, otiarini qam- 
chilab, uning ketidan yugurdilar va yerga tushirdi- 
lar. Navdar ov qilmoqni orzu qilib, o‘zi sayyodlar 
qoliga tushib qoldi.

Yüklə 10,71 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   168




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin