Beshinchi iqlim yo'lidan kelgan
musofirning dostoni
Adan mamlakatida bir qaroqchi bolib, odamlar-
ga ko‘p yomonliklar qilardi. U dengiz qirg'oqlarini
o'ziga manzil qilib olgan bolib, faqat sohillarda-
gina emas, balki dengizda ham yolto‘sarlik bilan
shugtillanardi. U yangi oyga o'xshagan bir necha
tez yurar kemachalar yasatgan bolib, ular doim
jangga tayyor bolib turardi. Qaroqchi bu kemachalar-
ni yashirin joylarda saqlar, har qaysi kemaga bir
nechtadan yolto'sam i biriktirib qolgan bolib,
ulardan bittasi baland daraxt ustiga chiqib olib,
dengizni doimo kuzatib turar, ko‘zi biron kemaga
tushsa, darhol pastdagi kema ichida kutib turgan
qaroqchilami ogohlantirar, ular esa kemacha bi
lan tez suzib ketar, ko'ringan kemaga yetib borib,
molini talar, odamlarini esa halok qilishardi.
Qaroqchilar rahbari esa dengizda nahangdek,
o‘rmonda esa sher-u yolbars kabi jang qilishga
mohir bolib, xalq uni Jobir deb atardi.
O'sha dengizdagi orollardan birida «Behisht
saro» deb atalgan shahar bolib, uning shohi
Navdar ismli saxiy va ma’rifatparvar, har ishda
nodir-u qodir kishi edi. Uning go‘zal bir qizi bolib,
odamzod unday parivashni hargiz ko'rmagandi:
Dostları ilə paylaş: