Shod eduk mehrvash jamolingdin,
Mutamatti’10 chuchuk maqolingdin.
Necha kun tursang o ‘lg‘abiz masrur11,
Yo‘qsa taqsirimizni tut m a’zur»12.
Shoh unga o‘z uzrini aytib, xayrlashdi-da,
poytaxti tomon yolga tushdi. «Gulgumga mingan
Jo‘na o‘sha kuniyoq Dehliga yetib keldi. Mas’ud
shohga bergan in’omlarini o'zining ishonchli mu-
lozimlaridan berib yubordi. Bir necha kundan
so'ng bu tortiqlar ham shoh saroyiga olib kelindi.
Shoh Mas’udning qilgan ishlaridan, son-sanoqsiz
bergan sovg'alaridan hamon hayratda edi. Uni
esiga olib gulrang to‘n kiydi-da, gulgun jomga
may quyib ichdi.
Taroz shahrida himmati past-u, mansabi yuqori
bolgan bir odam voliylik qilardi. U Junpur degan
shahardan bolib, oti Jaypur edi, o‘z zulmi bilan
Hind mamlakatida mashhur bolgandi. Uning
ustidan Jo'naga ko‘p shikoyatlar kelib tushgan
bolib, shoh qancha-qancha gunohlaridan ham
xabardor edi. Shuning uchun shoh: «Hoziming
o'zida farmon yozib Mas’ud tomon yollanglar:
Mas4id Taroz shahriga voliylikni qabul qilib olsin»,
- deb buyruq berdi. Lekin bu farmondan oldin
ushbu xabar Jaypurga yetib borib, uni iztirobga
soldi. Saltanati qolidan ketgani, shoh adolatni
qaror toptiradigan bolsa, o‘zining ко‘plab ayblari
ochilishi va hukmdor uni jazolashi muqarrarligiga
ko‘zi yetgan zolim voliy Mallu degan o‘zidan ham
zolimroq noibini chaqirib, shoh farmoni haqida
10 Mutamatti’ - lazzat, bahra olish.
11 Masrur - shodmon, xursand.
Dostları ilə paylaş: