«мл т*'1шн» «* иа Alisher Navoiy


Dedi: «Dardimg‘a gar davo ko'rmon



Yüklə 10,71 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə109/168
tarix20.11.2023
ölçüsü10,71 Mb.
#162698
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   168
Xamsa. Alisher Navoiy

Dedi: «Dardimg‘a gar davo ko'rmon,
Bo'yla zulmi sanga ravo ko‘rmon.
Aylabon lutfbehisob asru,
Qildi bizni Axiy xarob asm.
...Gar anga bu qadar muruvvat bor,
Bizda ham shammayi jutuvvat bor.
Sen ham. endi shukufta dil bo‘lg‘il,
Manga ikki jahon singilbo‘lg‘ih, -
dedi-da, parivashni xursand qilib chiqib ketdi. 
Ular tun-u kun y o l yurib, Hindistonga yetib 
bordilar. Bu vaqtda Jasratxon vafot etgan bolib, 
o‘glini o‘ziga valiahd deb elon qilgan ekan. Shuning 
uchun xalq uning istiqboliga chiqib kutib oldi. 
Farrux otasi taxtiga chiqib otirgach, o‘ziga singil 
bolib qolgan parivashni xursand qilish uchun 
unga Axiy huzurida bolganidek qasr va bog* barpo 
qilishga buyruq berdi: «Yuzta mohir hunarmand 
o‘zlarining bor mahoratlarini ishga solib, go‘zal 
qasr bilan bog‘ni tugallasinlar», - deyilgan edi 
farmonda. Ko‘p o ‘tmay qasr bilan bog‘ tayyor 
boldi. Ular Axiy dargohidagi shaklga ega bolib, 
g'oyat go'zal edi. Go“yoki Halab Hindga ко‘chib 
kelganga o^shardi. So‘ng parivashga shu qasrga 
ко‘chib otish hukm qilindi. Uyni va bogW ko'zdan 
kechirgan sohibjamol o‘zini xuddi o‘zining oldingi 
manzilidan chiqmagandek sezdi. U shohga sin- 
gildek aziz bolib, yuzta go‘zal qiz xizmatida edi. 
Noz-u ne’matlar esa behisob edi.
Hind diyorida ana shunday ishlar qilinayot- 
gan vaqtda Halabda qolgan Axiyning holi ne


kechdi ekan? 0 ‘zining gul yuzli yoridan ko'ngil 
uzgan Axiyning tole’ yulduziga zarar yetib, ekin- 
lari ofatga uchradi, savdosi ham ziyon ko'rdi, 
qilgan choralari foyda bermay, ahvoli tobora 
yomonlasha boshladi. Dushmanlari buni ko‘rib, 
shahar shohiga: «Axiy mamlakatni xarob qilish 
uchun boshqa bir shohning xizmatini qilib, unga 
ko'plab mol-u dunyo berib, Halabdan jo'natib, 
dushmanlarimizga qo‘shildi», - deb arz qildilar. 
Hukmdor ularning so'zlariga ishonib, g‘azab bi­
lan Axiyni tutib, bor mol-dunyosini tortib oldi va 
uni oldirmoqchi boldi. Haqiqiy ahvoldan xab- 
ardor bolgan zindonbonning unga rahmi kelib, 
qochirib yubordi. Shoh odamlari tutib olmasliklari 
uchun Axiy kiyimlari-yu ko'rinishini o'zgartirib, 
yalang'och bolib, gulxanlar atrofida devonalardek 
kezib yurdi. Farruxning qora palosini topib, uni 
ustiga yopib oldi-da, Farrux diyori tomon y o l oldi. 
Bir qancha muddatda tog‘-u dashtlarni bosib 
о lib , Sarandib taxtiga yetib keldi. Uzoq safar uni 
holdan toydirgan edi, u bir vayronadan joy topib, 
faryod urgancha yiqilib qoldi.
Farrux Halabga qilgan safaridan qaytgach, 
Axiy ishini o'ziga odat qilib olib, katta bir meh- 
monxona qurdirgan, g‘arib-u musofirlar u yerdan 
o'ziga najot topardi. Shoh goh-goh ot minib, sha­
har atrofini kezar va muhtoj bechoralarni topsa, 
ularga mehribonlik ko‘rsatardi. Axiy bu shaharga 
kelib, vayronada yiqilgan kuni ham Farrux shu 
maqsad bilan shaharda kezib yurardi. Bir vay- 
ronaga ko‘zi tushgan shoh qora palos yopinib 
yotgan behol odamni ко‘rib qoldi-da, o'zining 
Halabdagi ahvolini eslab: «Bu g‘arib kim ekan, 
qanday mashaqqat bilan u bu yerga kelib qoldi


ekan?» - deb o‘ylar ekan, palosni tanib qoldi-da: 
«Ey g‘arib o‘rningdan tur», - deb unga murojaat 
qildi. Axiy uyg'onib, boshini ko‘tardi-yu, shohni 
darrov tanidi. Farrux ham uni tanib, otidan oh 
tortib tushdi-da, ikkovlari quchoqlashib ketdilar. 
Zor-zor yiglashib, bir-birlaridan hol-ahvol so‘ra- 
shishga boshladilar. Shoh a’yonlari-yu sipohlar 
bu uchrashuvdan hayratda edilar. Keyin barcha 
shoh saroyi tomon y o l oldi. Farrux Axiy qilgan 
ishni eslab, awal uni hammomga yubordi. Axiy u 
yerda y ol changlaridan poklangach, o‘ziga tayyor- 
lab qo'yilgan qimmatbaho kiyimlarni kiygach, 
mulozimlar uni shoh qoshiga olib keldilar. Farrux 
aziz mehmonga atab shohona bazm uyushtirdi. 
Ziyofat bir necha kun davom etdi. Bir kuni shoh 
bor davlat arkonlarini to'plab, Axiyning Halabda 
o ‘ziga ko'rsatgan behad yaxshiliklarini so'zlab 
berdi. Saroy ahli bu g‘aroyibotlami eshitib, xojaga 
ofarinlar aytdilar, oyoqlarini o‘pib, ehtirom izhor 
qildilar. Shoh dediki: «Men podsho bolsam ham, 
xojaning qilgan yaxshiliklariga munosib javob 
bera olmayman. Mening qarindoshlarim ichida 
iffatli bir qiz bor. O'sha go'zalni xojaga nikohlab 
berishni istayman. U o‘z juftini meni deb taloq 
qilgan edi, shu singlim endi unga juft bolsa, men 
baxtiyor bolardim».
Bu so'zlar barchaga ma’qul boldi. Shundan 
so‘ng shohona to*y boshlandi. Shoh Axiyga meh- 
ribonliklar ko'rsatib, bor-yo‘g‘ini, hatto o‘z mam- 
lakati ixtiyorini unga taqdim qildi. Xutba о ‘qilib, 
shoh o ‘z singlisini Axiyga nikohlab bergach, xojani 
kelin o'tirgan uyga boshladilar. Xojaga bu yerdagi 
barcha narsalar: osm ono‘par qasr, darvoza-yu 
eshiklar, naqshlar - barchasi tanish bolib ko'rin-


di. Kelinning uyiga oyoq qoygan zamon barcha 
xalq tashqari chiqdilar. Kelin o ‘z yuzidan pardani 
olgach, ikkovlari bir-birlarin ко‘rib, oh-u faiyod 
urishib, behush bolib yiqilishdi. 0 ‘zlarigakelish- 
gach, ko'zlaridan yosh toldb, yana behush bolib 
yiqilishardi.
Hijron iztirobi taskin topgach, xoja o ‘z dil- 
baridan: «Men hayratlanganim dan o'zim ga 
kelolmayapman. Bu holatni о ‘zing tushuntirib 
bergin», - deb so‘radi. Shunda parivash xojadan 
ayrilganidan so‘ng boshiga tushgan voqealami, 
shoh Farruxning iltifoti-yu muruwatini Axiyga 
mufassal so‘zlab berdi. Shundan so‘ng ikkovlari 
baxt nashidasini sura boshlashdi. Ikkovlari ham 
o'zlarini Halabdagi uylarida yurgandek his 
qilishardi. Axiy zarbof to‘n kiyib shoh yonida 
tursa ham, uyga kirganida safardagi qora palosga 
o'ranib yurardi. Qora polosni kiyib olgan Axiy: 
«Bor yaxshiliklar shu palos tufayli yuz berdi, uni 
tashlab yuborsam to‘g‘ri bolmaydi», - deb shu ki- 
yimda ibodat qilardi. Uning bu ishini ko‘rgan shoh 
ham qora kiyim kiyib yuradigan boldi, shoh shu 
yolni tutgach, xalq ham qora kiyishni odat qildi.
Bu afsonadan xushhol bolgan shoh Bahrom 
musofiming qayerlik ekani, ajdodlari kimligini 
surishtirdi. «Mening vatanim Hindiston, o ‘zim 
Axiy avlodidanman, bu yerga ko‘nglim amri bilan 
keldim, muddaom esa shohga xizmat qilmoqdir»,
- deb javob berdi. Shoh uni muhtojlikdan xalos 
qilib, o‘z saroyidagi xos nadimlikmansabiga tayin­
ladi. Hikoyadan shod bolgan shoh yaxshi kayfiyat 
bilan uyquga ketdi.


Yakshanba kuni quyosh o‘zining zarxal bay- 
rog'ini ko'targach, osmon zarbof kiyimini kiydi. 
Ko'kning kelini to'nini zarkash qilib, oy yuzli 
g o‘zaldek chiqib keldi. Shoh Bahrom ham 
quyosh misoli boshidan oyog'igacha oltinga g‘arq 
bolib, quyosh kabi behad oltinlar sochib, sariq 
gumbazni manzilgoh qildi. Rum shohining qizi 
sariq oltin ichidagi quyosh monand bolib, oltin 
qadahdagi sarig' mayni shohga tutdi. Qadahga 
qadah ulanib, saroy ahli oqshomga qadar bazm 
qilishdi. Qorong*u tushgach, barcha tarqalib, 
rumlik go‘zal o ‘z pardasidan o‘rin oldi. Zarrin 
taxtda orom olayotgan shohning uyqusi kelmay, 
kechagidek yolga chiqib biron musofirni topib 
keltirishni, uning afsonasi yoki boshidan kechir- 
ganlarini eshitish istagini bildirdi. Mulozimlar 
yolga chiqishib, tez-tez yurib borayotgan bir 
yolovchini to'xtatishdi-da, shoh xohishini unga 
aytishdi, u rozilik bildirgach, qasrga, Bahrom 
huzuriga olib kelishdi. Shohni uzundan uzoq duo 
qilgach, musofir o‘z hikoyasini boshladi.
Ikkinchi iqlim yo‘lidan keltirilgan 
musofir hikoyati
Shoh Jam shidning zam onida Rum mam- 
lakatida mohir bir zargar yashardi. Uning nodir 
ishlari xalqqa malum edi. Shoh saroyida xizmat 
qiluvchi bu zargar oltin-kumushning soflik dara- 
jasini aniqlovchi sohib iyorlik hamda xazinador- 
lik vazifalarini bajarardi. Kondan olingan har 
oltin-u kumush uning oldiga olib kelinardi. Shu 
hunari tufayli uni Zaydi zahhob deb atashardi. U


tabiblik, muhandislik bilan ham shug4illanardi. 
Tun-u kun shohning yaqin suhbatdoshi ham, 
poytaxtning asosiy tabibi ham u edi. Zaydning 
kunlari aysh-u ishrat bilan о‘tar, shoh molini o‘z 
moli hisoblar, lekin omonatga insofsiz bolib, shoh 
mulkiga xiyonat qilishdan ham toymasdi. U ko‘p 
hunarlarga mohir bolgani uchun shoh ko‘p yax- 
shilildar qilib turar, Zaydni maqtagani-maqtagan edi. 
Hech kim uning aybini ayta olmas, biron gunohi 
shohga oshkor bolganida ham, unga e’tibor ber- 
masdi. Mabodo e’tibor qilsa, Zayd o‘z hunarini 
ishga solib, ajoyib asbob-uskunalar yasab, shohni 
tezda jahlidan tushirardi. Yuz xil makr-hiyla bilan 
shohni aldamay turolmasdi.
Bir kuni Zayd shoh huzuriga kirib, shunday 
dedi: «Olampanoh, shohning boshqa shohlardan 
farqi, awalo, uning taxtidadir. Ko‘p shohlaming 
taxti yog'ochdan yasalgan, sizniki ham shunday 
bolib, qimmatbaho toshlar bilan bezatilgan, xolos, 
Aslida siz kabi baxtiyor shohlar oltindan yasalgan 
taxt ustida otirishlari kerak. Bunday taxt turgan 
maskan ko‘zni ham ravshan qiladi. Xazinangizda 
oltin juda ko‘p bolib, miqdori kundan kunga ortib 
bormoqda. Bu oltinlaming xazinada yotishidan 
hech qanday foyda yo‘q. Bu yerda tursa, foydali 
ham boladi, shohga o‘zgacha savlat ham beradi». Bu 
so'zlar shohga ma’qul kelib: «Bu ishning xayolingga 
kelishi yaxshi bolibdi, endi tezda ishga kirishib, o‘z 
hunaringni ko'rsatgin», - dedi. Zayd bu taxtni ya- 
sash uchun ikki ming botmon oltin kerak bolishini 
aytganida, shoh rozi boldi. Usta bu oltinlami olib, 
o‘z ishxonasiga eltib, ishga kirishdi. Zayd tun-u kun 
harakat qilib, taxtni biryilda bitkazishga tirishardi. 
Shu fursat ichida taxt tayyor boldi.


Bu g'aroyib taxt sakkiz poyali bolib, to'rttasi 
yuqoriroqda, yana to'rttasi pastroqda edi. Past- 
dagi to‘rt poyada to'rtta gapiradigan toYi, baland 
poyalardan esa to'rtta tovus o‘rin olgan edi. Dur-u 
lallar bilan bezatilgan bu taxtning zinasi ham 
sakkiz poyali bolib, shunday ishlangan ediki, 
shoh taxtga chiqmoqchi bolganida, u poyalar 
pasayib ustma-ust taxlanar, qadambosgaeh, u poyalar 
kotarilib, shoh taxt ustiga chiqar, o'tirganida esa 
toYt to‘ti: «Shoh o‘z maqsadlariga yetsin, bu taxt 
unga abadiy bolsin», deb gapirardi. Shu payt 
to‘rttala tovus ham patlarini yoyib, Humo qushi 
kabi shoh boshiga soya solardi. Shoh qaysi tomon 
yurmoqchi bolsa, taxt salgina ishorat bilan yura 
boshlardi. Odamlaming «taxti ravon» - yuruvchi 
taxt deganlari shu bolsa kerak.
Ushbu taxt tayyor bolgach, shoh katta bir 
bazm uyushtirdi. 0 ‘z o'rniga chiqib o'tirgan shoh 
mohir ustaga ko'pdan ko‘p sovg'alar berib, uning 
obro-e’tiborini yanada ko'tardi. Lekin Zaydning 
qilmishlaridan xabardor bolgan ba’zi hunar- 
mandlar taxtni faqat oltindan yasalishi kerak 
bolgan holda oltin bilan birga kumush ham ish- 
latilganligini bilardilar. Firibgar usta esa shoh 
o'zining xiyonatini sezib qolganida ham bu ajoyib 
taxtni buzib tashlamasligiga ishonardi. Dush- 
manlarining yomon maqsadlarini anglagan Zayd 
qo'rqayotgan bolsa ham, shohning o ‘ziga bolgan 
e’tiboriga ishonardi. Bu payt dushmanlari sirni 
shohga yetkazish yolini o*ylab topishdi. Taxt us­
tidagi to‘tilarga o'xshash ikkita to‘ti topdilar-da, 
ulardan biriga: «Taxt qalbakidir», ikkinchisiga esa 
«Ustasi xiyonatchidir», - deb gap o'rgatdilar. Taxt­
ni asrab turuvchi kishiga ko‘p pul berib, o'zlariga


sherikqilib oldilar-da, erta tong mahali ikki to4ini 
almashtirib qoldilar.
Ertalab shoh taxtga chiqqan chog'da o'rgatilgan 
totilar haligi so'zlarni aytdilar. Shoh bundan hay­
ron bolib: «Bu ishni kim qilgan bolsa ham, u Zayd 
ishidan xabardor odamdir. Ustadan qo'rqqanidan 
uning aybini qushlar tili orqali menga yetkazgan. 
Bu ishning haqiqatini aniqlash esa juda oson», -
degan fikrga keldi-yu, qoliga egov olib taxtning 
bir poyasini ozgina egovlagan edi, oltin tagiga 
kumush ishlatilgani ayon boldi. Bu xiyonatni 
bilgan shoh Zaydga bolgan mehr iplarini uzib 
tashlab, uning mobu dunyosini tortib olib, o ‘zini 
zanjirband qildi-da, zindonga tashladi. Ushbu 
zindon og'zi tor, lekin tubi keng bolgan chuqur^ 
dan iborat edi. Undan qochib ketish esa mutlaqo 
mumkin emasdi.
Zaydga har kuni ikkita kulcha bilan bir ob- 
dasta suv berishardi. Qalloblikka qol urgan usta 
bir kuni zindonga tashlanishi mumkinligini ham 
о у lab, oldindan tayyorgarlik qilib qolgan, ya’ni 
koyiagi ostida ichiga egov solingan xanjami doimo 
o‘zi bilan birga olib yurar edi. «Zanjir har qancha 
oglr bolsa ham, tushkunlikka tushmay, qutul- 
ish chorasini oyiab ko‘rishim kerak», - deb fikr 
yuritgan Zayd zindondan qochish yolini topdi. 
U har kuni non bilan suvni olar ekan, nonni bir 
chekkaga qoyib, xanjari bilan tuproq qazib, olgan 
suvi bilan loy qilib undan zina yasar edi. Egov 
bilan oyoqlaridagi zanjimi kesib tashlagan usta 
nonning isi bilangina yashardi. Har kuni suvga 
intizor bolib kutar, uni olgach esa zina ishini 
davom ettirardi. Kun sayin madori qurib borsa-da, 
zina ham har kuni balandlashib borardi. Bir


necha oy davomida shu xilda qiyinchilik tortgach, 
oxiri zina zindon og'zidagi tuynukka yetdi, uning 
ustiga esa og‘ir bir tosh bostirib qo'yilgandi. Zayd 
xanjari bilan tosh tagini o^yib, odam sig'adigan 
teshik ochdi-da, chuqurdan chiqib qochdi. Shoh 
bilib qolsa, tutib olib oldirishi muqarrarligiga ko‘zi 
yetgan Zayd tez-tez yurib Farang diyoriga y ol oldi.
Zindonbonlar mahbusning qochib ketganidan 
xabar topishgach, bu voqeani shohga ham yet- 
kazishdi. Uning qanday qilib zindondan qutulib 
ketganini anglagan hukmdor Zaydning makr-u 
hiylalaridan hayratga tushdi. Bu payt Zayd joni- 
ni qutqarish uchun faranglar mamlakati tomon 
tobctamay y o l bosar ekan, ko‘p qiyinchiliklami 
boshidan kechirdi. Bir necha kun mashaqqat 
chekib, Qustantaniya shahriga yetib bordi. Sha­
har tashqarisida bir butxona bolib, odamlar bilan 
gavjum edi. Uning ichiga kirgan Zayd hamma 
narsa oltin-u lojuvard bilan bezatilganini, zarkor 
toqlariga ko'plab oltin butlar qo^ilganini, hamma 
devorlari qimmatbaho toshlar bilan bezatilgani, 
baland p ola t eshiklari qulflari ham oltindan 
yasalganini, ular kechasi berkitilib, elning ibodat 
qilishi uchun ochilishini bilib oldi-da, butxonani 
boshdan oyoq aylanib chiqqach: «Bu yerda shun­
cha tekin oltin bor ekan-u, men bolsam shohning 
oltiniga ko‘z olaytiribman», - deb oyiadi-da, o'zini 
butparast qilib ko'rsatib, kofirlar bajarayotgan 
ibodatlar-u rasm-rusumlami oz fursatda o ‘rganib 
oldi. U kecha-kunduz ibodat qilar, har bir butga 
ixlosini izhor qilib, o ‘z e’tiqodining mustahkam- 
ligini namoyish etardi. Uning bu xil makkorligi 
butxona ahlini shaydo qildi, barchalari murid 
bolish istagini bildirib, uning amri bilan ibodat


qila boshladilar. Ko‘p otm ay Zaydning maqomi 
yanada kotarilib, butxona ixtiyori tamoman uning 
qoliga otdi, eshiklaming kalitlari ham unga top- 
shirildi. Shundan so‘ng Zayd o‘zi о У lab qolgan
makkorlikni amalga oshirishni boshladi.
U kechalari odamlar uyquga ketgan paytda 
seldek yugurib har tomonni kezib chiqar ekan, 
dengiz sohilidagi tog‘ ichida bir g‘or borligini 
ko'rdi. Safar choglda bir-ikki dindoshi bilan do‘st- 
lashgan bolib, butparast bolgach, hamrohlari un­
dan uzoqlashishgan edi. Zayd ikkovini izlab top- 
di-da, g‘or ichini o‘zlariga manzil qilishga buyurib: 
«Zargarlik uchun qanday asboblar zarur bolsa, 
ularni tezda topib yashirin holda g‘or ichiga olib 
kelinglar», - deb topshiriq berdi. Hamrohlari bu 
asboblami keltirishgach, Zayd el uxlagan chog‘da 
g‘orga kelib hamrohlari bilan birga ibodatxonadagi 
butlarga, lagan-u qandillarga okshaydigan shakllar- 
ni temirdan yasab, ustini oltin bilan qoplashar, 
rangli shishalardan javohirlar tayyorlashar, so‘ng 
kechalari yashirincha butxonaga kirib, o'zlari 
yasagan buyumlarni birma-bir almashtirishar, 
oltin butlar-u asl javohirlarni, oltin lagan-u qan- 
dillami esa g'orga eltib yashirishardi. Bir necha 
muddat shu xil ishlami bajarishdi, butxona ahli- 
dan hech kim bu makkorliklardan xabar topmadi. 
Bor oltin buyumlar shu tarzda almashtirib bolin- 
gach, Zayd butxona ahlidan o'zining vataniga 
qaytish uchun ruxsat berishlarini iltimos qildi. 
Ular bunday tabarruk zotning o‘zlarini tashlab 
ketayotganiga oh-u faiyod kotarishdi. Zayd esa: 
«Men ham sizlardan ajralishni istamas edim. Af- 
suski, onam vafot etib o'zidan ko‘p mol-u davlat 
qoldiribdi, mendan boshqa voris yo‘q. Borib u


mol-dunyoni qabul qilib olaman-u, yana butlar 
oldiga qaytib kelib, barcha boyliklarimni butxonaga 
sarflayman», - dedi. Butxona ahli uning oyoqlariga 
bosh qo'yib: «Sen o‘z yurtingga eson-omon borib 
kel», - deyishib unga ko'pdan ko‘p sovg‘a-salomlar 
yigib berishdi. Zayd ulami olib, g‘or ichidagi butlar- 
ni qoplarga joylashtirishga kirishdi. Har ikki butni 
bir qopga solar ekan, jami ellik qopni butlar bilan 
toldirdi. Oltin lagan-u qandillami ham qoplarga 
solib, oralarigamatolamijoylab mustahkamladi. Bir 
katta kemani kira qilib, g‘or ichida to'plangan bar­
cha boyliklami yashirin ravishda kemaga tashittirdi. 
Butxona ahlining sovg‘alarini ham kemaga orttirdi. 
So‘ng hammaning kofrglini shod qilib, qavmi bilan 
xayrlashdi. Ayriliq o'tida kuyayotgan butparastlar 
uni quchoqlashib, zor-zor yiglashardi. Zayd kema­
ga qadam qo^ar ekan, ularga boqib: «Bir xat yozib 
butxonaga yashirib qo'ydim. Uni Lot buti oldidan 
topasizlar. Unda sizlar haqingizdagi gaplar bor. 
Barchasi sizlar uchun foydali», - dedi-da, kemani 
yurgizishga buyruq berdi. Kema ketib borar ekan, 
butxona ahli yiglaganlaricha xatni topdilar-da, 
ko‘zlariga surtib o'qishga kirishdilar. Maktubda 
Zayd o‘zi qilgan barcha ishlami boshdan oyoq yozib 
qo^gan edi. О‘qiganlaming boshlari qotib, butxo- 
nadagi narsalami ko'zdan kechirishgan edi, xatdagi 
barcha so‘zlar rostligi aniq boldi. Kofirlar orasida 
to‘s-to‘polon boshlandi.
Bu payt Zayd dengizda o ‘z kemasi bilan yelib 
borardi. Bir necha kundan so‘ng kema Rum 
mamlakati sohiliga yetib keldi. Rum shohi o‘zin- 
ing kezi-kezida qo‘zg‘ab, jismiga iztirob soladigan 
kasaliga chalinib, behol yotardi. Bu kasal xuruj 
qilgan oldingi jnllarda unga Zayd o‘zi tayyorlagan


doridan berib tuzatardi. Tabib qochib ketgach, 
bir necha fursat otib, shu kasallik shohni yana 
azoblay boshladi. Unga hech kirn davo topa ol- 
mas, shohning dardi esa tobora kuchayib borardi. 
Zaydga bergan jazosidan pushaymon hukmdor 
og‘riq kuchaygan paytda o‘z tabibini esga olardi.
Zayd sohilga chiqqach, bu voqeani eshitdi va 
barcha mollarini uyiga eltib qo^di-da, shahar ichi­
da yashirincha yurib, qochish paytida o‘zi kesib tash- 
lagan zanjirlarni qol-u oyog'iga soldi-зла, o ‘sha 
chuqur zindon ichiga tushib yotaverdi. Zindonbon 
Zaydning paydo bolib qolganini bilib qolib, tezda 
shohga xabar yetkazdi. Buni eshitgan hukmdor 
olik qayta tirilgani kabi xursand bolib ketdi va: 
«Uni tezlik bilan huzurimga olib kelinglar», - deb 
buyurdi-da, unga m ol-kol ehsonlar, qimmatbaho 
kiyimlar va o'zining otini yolladi. Bulami Zaydga 
olib kelishganda, u zindondan chiqmay: «Men 
shoh g'azabi tufayli shu choh ichida juda ko‘p 
azob chekdim. O'sha xiyonatni qilganim uchun 
undan o ‘n marta ko'proq oltin tolayman. Yana 
bir arzim shuki, shoh faranglarning butlarini 
sindirmoq, din ishida o‘z ko‘nglini qondirmoqchi 
bolib, ikki marta qo'shin tortdi-yu, o‘z maqsadiga 
erisha olmagan edi. Men ularning butlarini par- 
chalab, oltinlarini shoh xazinasiga topshiraman, 
bor javohirlarimni uning boshidan sochaman, 
og‘ir dardini tezda tuzataman. Faqat bir shartim 
bor: shoh dushmanlarim oyoglga zanjir solib 
mening oldimga olib kelsin-da, murodimga yetka- 
zsin. Chunki men hozir shoh saroyiga boradigan 
bolsam , ular menga qasd qilishlari aniq. Shuning 
uchun bu maqsadimga erishmasam, chohdan 
chiqmayman», - deb javob qildi. Bu gaplarni


shohga yetkazishdi. Zaydning dushmanlari ko“p ji- 
noyatlar qilishganidan shohning kotigli qolib, ularni 
zindonga tashlamoqchi bolib turganida kasallikka 
chalinib, bu maqsadini unutgan edi. Endi Zaydning 
so'zlari bahona bolib ularning barchasini qolga olish 
va zindonga tashlashni buyurdi. Zayd chohdagi o‘z 
©‘mini ularga bo'shatib berdi-da, tashqariga chiqib, 
shoh yuborgan rang-barang kiyimlarni kiydi, saroy- 
ga borib, shoh ostonasini o'pib, ehtirom ko‘rsatdi. 
So‘ng hukmdor otirgan xonaga kirib, yerga tuproq 
kabi bosh qo“ydi. Shoh uni quchoqlash uchun tax- 
tiga chiqardi-da, bag'riga bosib holini sotadi, keyin 
unga qolini uzatdi. Odatga muvofiq Zayd uning 
qolini ©‘pgach, tomir urishini koVdi-da, kasaliga qa­
nday davo qilishni anglab, toVt-besh kundayoq uni 
dardidan xalos qildi. Shoh butunlay tuzalib ketgach, 
o‘zi olib kelgan oltin-u javohirlaming barchasini 
uning oldiga tolcdi. Hayratda qolgan shoh ко‘zlariga 
ishonmasdi. Keyin: «Bolgan ishlami hikoya qilib 
bergin», - deb soVadi. Zayd barcha voqealami so‘zlab 
berdi. Shoh uning hikoyasidan mamnun bolib, kelti- 
rilgan boyliklami xazinaga yolladi va unga shuncha 
ko*p ehson berdiki, bu boyliklami sharhlashning o‘zi 
oson emas. Shoh hukmi bilan butlaming har birini 
yuz pora qilib, din ahliga taqsimlab berildi. Shundan 
so'ng shoh barchaga oltinrang kijrim kiyib yurishni 
buyurdi. Chunki oltin za’faron kabi elni kuldiradi. 
Bir necha vaqtdan so'ng shoh buyrugl bilan zindon 
ahli ham ozod qilindi. Qutulib chiqqanlar ham el 
kiyimiga boqib kula boshladilar. Ularning ustidan 
esa xalq qah-qahlab kulardi.
Bahrom bu hikoyani eshitgach, shod bolib, 
m usofirning vatani-yu ajdodlarini so'radi. 
«Vatanim - Rum mulki, ishim tib bilan hikmat.


Men aytgan Zaydning o ‘gli menga ota boladi. Bu 
tomon kelishimdan maqsad esa sening xizmatingni 
qilishdir. Shukrililloh, bu maqsadimgayetdim», -
deb javob berdi musofir. Shoh bularni eshitgach, 
uni nadim etib tayinladi, hikoyadan huzur topgan 
Bahrom uyquga ketdi-da, quyosh chiqquncha 
ko‘z ochmadi.
*
*
*
Dushanba kuni tong otishi bilan shoh Bahrom 
bo's ton sarvi kabi rayhon rang kiyimlar kiyib, 
yashil qasr sari qadam tashladi. U yerda shohni 
yashil rangli kiyim kiygan mahbuba kutib oldi. 
Qizning o ‘zi yashil sabzaga, tabassumi esa sha- 
karga o‘xshardi. U noz bilan shohga yashil jom
tutdi. Bahrom o ‘z dilbari qolidan dam-badam 
zumrad rangli qadahni olib ichar ekan, ko'zini 
uyqu bosdi, lekin xayollar ichida qolgan hukmdor 
yana uxlay olmadi, shunda mulozimlar oldingi 
kunlardagidek yolga tushib, biyobonda ketayot- 
gan bir musofimi shoh huzuriga boshlab keldilar. 
Bahrom: «Parda tashqarisida o'tirib, afsona bosh- 
lasin», - deganidan so'ng musofir awal olampa- 
nohga madh-u sano aytdi-da, so'ng duo qilib, o‘z 
hikoyasini boshladi.
Uchinchi iqlim yo'lidan kelgan 
musofir aytgan afsona
Bundan ancha muddat awal Misrda bir ba- 
davlat va saxiy xoja yashardi. Mol-u dunyosi 
serob, o‘zi hojatbaror va mehmonnavoz bolgan 
bu boyning jahonda tengi yo‘q, barcha fazl-u hu-


narlarga mohir farzandi bolib, jamoli Yusufi mis- 
riydek go'zal, moli-dunyosi ham Misr shohinikidek 
behisob edi. Otasining moli ham uning ixtiyorida 
bolib, ilm-u fazl ahli uni g‘oyatda hurmat qili- 
shardi. Uning oti Sa’d bolib, otasi uni juda ham 
e’zozlar edi. Uning hashamatli bir mehmonxonasi 
bolib, u yerga tanishlar-u begonalar yig'ilishar, 
musofirlar kelib qolsa, Sa’d ularni turli ne’matlar 
bilan siylab, murodlariga yetkazar, kasb-u korlari, 
ko‘rgan-bilganlarini surishtirib, o‘ziga nomalum 
narsalami eshitsa, ulami o'rganib olishga intilar- 
di. Shu usul bilan xilma-xil ilmlami kasb etgan, 
hatto sehr-u nayrangni ham, kimyo bilimini ham 
o'rganib olgandi.
Bir kuni yashil kiyimlar kiygan ikki musofir 
shu manzilga kirib keldi. Sa’d ulami ochiq chehra 
bilan kutib olib, ziyofat qildi. Mezbonning o‘zlari- 
ga ко‘rsatayotgan hurmat-u saxovatini ko'rgan 
mehmonlar hayratda edilar. Bir kuni Sa’d ularni 
xursand qilish uchun bazm tashkil qildi-yu, may 
ichib shirakayf bolgan ikki musofir bilan xilma-xil 
mavzularda suhbatlasha turib: «O'zingiz qaysi 
mamlakatdan bolasizlar, nima sababli yashil 
libos kiyasizlar?» - deb so‘rab qoldi. Mehmonlar: 
«Vatanimiz juda go'zal bolib, oti Shahrisabz yoki 
Kashdir. Hammayoq yam-yashil, o ‘t-u olanlari 
ham suvi rangida. Ana shu diyor yurtimiz bolgani 
uchun yashil rangli kiyim kiyish odatimizdir», -
deb javob qildilar. «Endi o‘z hayotingiz davomida 
ko'rgan ajoyib hodisalardan gapirib bersanglar»,
- deb iltimos qildi mezbon. Mehmonlardan biri 
so‘zga kirishib, shunday dedi: «Bizning diyorimiz 
tomonda bir ajoyib olka bolib, uni odamlar Kitvar 
deb atashadi. U yerda baland bir butxona mavjud


bolib, ichi-yu tashqarisi turli-tuman jonivorlar 
suratlari bilan tola. Biron kishi u butxona ichi­
da kechasi bilan qolib uxlasa, albatta, bir tush 
ko‘radi, tushda uning oldiga g'alati qiyofadagi ikki 
surat kelib, uning yuziga ko‘zlarini tikib turib, 
bittadan gap aytadi. Biri uyqudagi kishining kela- 
jakda ko'radigan yaxshiliklari haqida xabar bersa, 
ikkinchisi uning boshiga keladigan ranj-u alamlar 
haqida so'zlaydi. Musofir ularning so‘zlarini es- 
hitishi bilanoq uyqudan seskanib uyg‘onadi-da, 
o'rnidan tura solib yaxshi ish sari shoshiladi, 
yomon ishdan esa o'zini himoya qilishga intiladi».
Birinchi musofir shu so‘zlarni aytgach, ikkin­
chisi davom ettirdi: «O'sha butxona ichida yorug‘ 
yuzli bir moysafid pir ham o'tiradi. Kim tushida 
ko'ringan ishlarga y ol topolmasa yoki mashaqqat- 
ga chorasi bolm asa, u pir bu ahvoldan xabardor 
boladi-da, o'sha ondayoq unga tadbir ko‘rsatadi. 
Shart shuki, tush ко‘r gan odam bu pir oldiga 
borib, o‘z holini unga bayon qilishi va u ko'rsatgan 
maslahatlarga amal qilishi zarur».
Bu afsonani eshitgan Sa’d o'sha ibodatxonaga 
borib, aytilgan sirlami o‘z ko‘zi bilan ko'rish orzusi- 
da hushidan ayrildi. Kechasi bilan savdoyi bolib 
yotdi-da, oxiri Shahrisabz tomon safar qilishga 
bel bogladi. Tong yorishgach, otasi oldiga borib, 
o‘z muddaosini bayon qildi. Xoja uni o‘z orzusidan 
qaytarishga har qancha harakat qilmasin, foyda 
bermadi. So‘ng yiglab, o‘gli g'amida oh urdi-yu, 
uni Tangriga topshirdi. Oldiga bor mol-u pullami 
toldb: «Ko‘nglmg istaganicha ol», - deb murojaat 
qildi. Sa’d safar uchun lozim bolgan narsalami 
tayyorlashga buyurdi. Ishchilar oti kun otib tinim 
bilmay ishlab, nihoyat, safar hozirligini tugatishdi.


Shohona bu karvonda qator-qator nor tuyalarga 
ortilgan behisob oltin-u kumushlar, kamarlari lal-u 
gavharlar bilan bezatilgan to‘rt yuz quldan tashkil 
topgandi. Safar uchun zarur bolgan hamma narsa 
muhayyo edi. Sa’d ikki yashil kiyimli musofimi o‘zi- 
ga hamroh qilib, ikki ko'zlaridan yoshlarini tolrib, 
otasi bilan xayrlashdi. Karvon manzilga tezroq yetib 
borish uchun har ikki manzilda bir to'xtab borardi. 
Uning yashil kiyimli hamrohlari Sa’dga Xizr misoli 
y ol koYsatib borishardi. Ancha muddat biyobonni 
bosib otishgach, istagan manzillariga yetib kelishdi. 
Ikki musofir Sa’dni o‘zlari tasvirlagan butxona to­
mon boshlashdi. Ibodatxona yaqinida otlaridan tu- 
shishgan Sa’d va hamrohlari, xushhavo joyda otirib 
ovqatlanib olishgach, butxona ahliga ко*р ehsonlar 
tarqatdilar. So*ng Sa’d butxonani tezroq koVishga 
shoshildi-da, ikki hamrohi bilan ichkari kirdi. U 
sayr qilib, hamma yoqqa nazar tashlar ekan, har 
qadamda hayratlanardi. Qorong4i tushgach, Sa’d 
yana butxona ichiga kirishga intildi. Bundan xa- 
bardor bolgan karvon ahli odamlar bunday qiziqishi- 
dan ko‘p zarar ko'rganlarini aytib, uni qaytarishga 
harakat qilishdi. Lekin havasi zo^rayib borayotgan 
yigitga bu xil maslahatlar yoqmadi.
Shundan so'ng Sa’d butxona ichiga kirdi va 
uning bir chekkasida uxlashga joy topdi. Bar- 
ahman eshikni mahkam qilib berkitgach, un­
ing ko/nglini vahm bosib, chiqib ketishni ham 
o*yladi-yu, lekin o‘z maqsadiga yetishni afzal bildi. 
Uning ko'ziga tongga qadar uyqu kelmadi, erta 
tongdagina ko'zlari yumilib uxlab qoldi. Tushida 
unga shu ibodatxona ko'rindi, o‘zi shu yerda sayr 
qilib yurganmish. Bir mahal o‘zi qushga obcsha- 
gan, lekin yash il rangli ikki yoqim li surat


sayrab baland kotarildilar-da, uchib kelib, uning 
boshidan aylanib otishgach, oldiga qo'nishdi. Biri: 
«Sening nasibang yuzi sharq quyoshidek go‘zal 
pari boladi», - dedi. Ikkinchisi esa qo'rqinchli 
qilib: «Seni dev asir qilib ikki oyog'ingga zanjir 
soladi», - deb aytdi. Bu ajoyib ishlardan hayratga 
tushgan Sa’d seskanib uyg‘ondi-yu, fig‘on chekib, 
har tarafga boqar ekan, tong otib, har tomon yorishib 
ketganini ko‘rdi. O'rnidan tura solib, eshik tomon 
yugurgan edi, barahman eshikni ochdi. Sa’d 
tashqari chiqdi-da, o‘zi haqida g‘am chekisha- 
yotgan hamrohlarini ko'rdi. Tushida yuz bergan 
hodisalardan savdoyi bolayozgan yigit kechgacha 
beqaror bolib, fig‘on-u zor qildi. Mulozimlar yashil 
kiyingan musofirlarga murojaat etib: «So'zlaring 
rost bolib chiqdi, xojamiz telba bolib qoldi, endi 
o‘zingiz chora topib bering», - deyishdi. Ikkinchi 
musofir esa: «Men senga Pir chorasini topib bera- 
di, degan edim-ku. Tura qol, uning oldiga boraylik, 
shoyad dardingga davo topilsa», - dedi. Sa’d ham­
rohlari bilan birga pimi izlashga tushdi. Baland 
tog‘ tomon y o l olishib, tog‘ ichidagi qorongl g‘or 
ichiga kirdilar. G‘or ichida bir ayvon bolib, uni 
tog‘ qazuvchining teshasi hozirlagan edi. Uning 
to‘rida moysafid pir o'tirardi. Uning tanasi soch- 
lari ichida yashiringan, go у о jahon tun zulmati 
ichida edi. Ko'ngli ichida ilmlar yashiringan, misoli 
kon ichidan javohir koni o‘rin olgandek edi. Yetti 
yuz yildan oshiq umr ko'rgan, hayotdan umidi 
ham, qo'rqinchi ham qolmagan bu keksa otini 
xalq Paylaqus hakim deb atardi. Kirgan odamlar 
hayratdan qotib, qollarini qovushtirganlaricha 
jim turishardi. Ular kirib kelganlarini ко‘rgan 
pir sochlarini ochib, yuzini ko‘rsatgach, yuzining


nuri davronni quyosh nuri yoritgandek ravshan 
qilib yubordi. U mehmonlarga iltifot ko‘rsatdi. 
Pirning shukuhini ко‘rgan musofirlar tufroqqa 
yuzlarini qolishdi. Pir Sa’dga boqib: «Ey baxtiyor 
farzand, jam olingni ko‘riboq barcha holingni 
fahmlagan edim. So'zlaringni о ‘zing boshidan 
oxirigacha aytasanmi yo men aytib beraymi?» -
deb so'ragan edi, mehmon yer o ‘pib: «Hikmatni 
Luqmon aytgani yaxshiroq», - deb javob berdi. 
Donishmand tabassum bilan boshini egib yoqimli 
so‘z boshladi-da, Sa’d bilan bolib o‘tgan barcha 
voqealami birma-bir aytib: «Yuzingni ko'rish or- 
zum edi. Tushing talDirini ham aytib beraman va 
uni amalga oshirishga ham tadbir kot-sataman, 
lekin senga hozir aytishim kerak bolgan gaplarim 
bor», - dedi-da, o‘zining azalda shu butxona pe- 
shvosi bolganini, bir kecha shu yerda qolib tush 
ko'rganini, undan ko'ngliga gtilgtila tushib, har 
qancha izlasa ham to‘g‘ri ta*bir aytuvchilami to- 
polmagani, oxiri bir Xizrga o'xshagan moysafid 
maslahati bilan «Jomospnoma» kitobini o ‘qib, u 
yerda o‘z taqdiri yozilganidan xabar topib, yuz 
jdldan beri shu makonda ibodatxonada ko'rilgan 
tushlarga ta*bir aytish bilan shugtillanayotgani, 
kitobdagi tafairga ko‘ra Sa’d ismli yigitni kutib 
intizpr bolgani, nihoyat, uning visoliga erishgani- 
ni batafsil so'zlab bergach, keyin o‘z mehmoni 
tushini izohlab, birinchi qush bashorat qilgan pari 
yashil kiyinganlar shohining qizi bolib, nihoyatda 
go‘zal va shirinso'z ekani, uning baland bir qasrda 
yashashi, qasr atrofini uch osmono'par qo‘rg‘on 
o ‘rab turishi, oldingi qo‘rg‘onni Qatron degan 
devsifat zangi qo'riqlashi, ikkinchi qo‘rg‘onda bir 
kuchli olim bolib, uning savollariga tola javob


bergan insongina keyingi, sehrli qo‘rg‘onga o'tishi 
mumkinligini, u yerda esa sehr sirini fosh etish 
zarurligini aytdi.
Sa’d pirdan shuni ham bilib oldiki, malika 
vasliga mushtoq bolgan oshiqlarning qaysi biri 
ana shu uch qo‘rg‘ondagi to'siqlaming birontasida 
maglub bolsa, darhol qatl etilib boshi qo‘rg‘on 
kungirasi ustiga qo^ilar ekan. Shu paytgacha 
ko'plab boshlar kungiralar ustidan joy olgan ekan. 
Pir 

Yüklə 10,71 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   168




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin