Ikkovlari o‘tirishgach, xoja ayoliga murojaat qilib:
«Tangri taqdiri bilan ikkovimiz shu paytgacha
shod-u xurram yashab keldik, sening. ishlaring-
dan mengina emas, balki xudo ham xushnuddir.
Lekin bu ayyom ayrilish payti keldi»,
- dedi-da,
hayratdan qotib qolgan parivashni taloq qildi. Axiy
ayoliga hisobsiz mol-u pul, ko‘pdan ko‘p lal-u
durlar berdi-da, so'ng: «Seni
bir shahzodaga ni-
koh qilaman», - dedi. Parivash har qancha faryod
ko‘tarib, yalinib-yolborsa ham, xoja o‘z fikridan
qaytmadi, nihoyat, rozilikdan boshqa chora
yo‘qligiga tan bergan go'zalni shohona to^ qilib,
Farruxga nikohlashdi. Keyin Axiy o‘z mehmoniga
ko'plab yaxshi kiyingan qul-u cho'rilar,
qimmat-
baho matolar yopilgan tuya-yu xachirlami hadya
qilib, yolga uzatdi-da, bir manzil yolga hamrohlik
qilgach, ular bilan xayrlashdi-yu, yodgorlik bolsin
deb Farruxning qora palosini so‘rab oldi.
Shahzoda yolda borar ekan, Axiyning qilgan
ishlari haqida fikr yuritar,
uning xayrlashish
chog‘idagi g'amginligidan iztirob chekardi. Dilidagi
hijron o‘ti alangasi pasaygach, Farrux o‘z go'zali
huzuriga kirgan edi, yori ko'zlari yoshli ekani,
jmzlarini timoqlari bilan majruh qilganini ко‘rib
hayron boldi. Shahzoda uning g'amginligi saba-
bini so‘ragan edi, gul yuzli mahbuba: «Har kimni
taloq emas, nikoh xursand qiladi»,
- deb javob
qildi. Farrux hayratga cho‘mib: «Ey parivash hur,
so‘zlaringga tushunmadim. Taloq so‘zini nega til-
ga olyapsan, vasl ichida firoq haqida gapirishing
nimasi?», - deb so'ragan edi, oy yuzli sohibjamol
ko‘zlaridan yosh tolcib, shahzodaga o ‘z sargu-
zashtini so‘zlab berdi.
Uning gaplarini eshitgan
Farrux o‘zini halok qilishiga oz qoldi. Keyin u ham
tushda ko‘rgan yori visoliga yetish yolida chekkan
azoblarini tola-tolcis so'zlab berdi. So‘ngra:
Dostları ilə paylaş: