«мл т*'1шн» «* иа Alisher Navoiy


«Kim jahongardlig‘ erur havasim



Yüklə 10,71 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə106/168
tarix20.11.2023
ölçüsü10,71 Mb.
#162698
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   168
Xamsa. Alisher Navoiy

«Kim jahongardlig‘ erur havasim,
Yo‘q ani man’ etarga dastrasim.
Xiradim qildi bu havas bexud,
Chun havas g ‘olib o4di, ketdi xirad.
Bu azimatda ixtiyorim y o ‘q,
Azm to qilmog'um qarorim y o ‘q.
Bo‘yla ishJdm manga tavallodur,
Shohdin ruxsat о ‘Isa avlodur.
Bo'lmasa ruxsat oflgucha ogah,
Ketgudekman boshim olib nogah».
Otasi bu so'zlami eshitgach, yurak bag‘ri kuyib, 
har qancha iltijo qilmasin, o'glini safardan voz 
kechdira olmadi. Ko‘z yoshlarini toTondek oqizsa 
ham, orzusi ushalmadi. Oxiri shahzodaning ishq 
o ‘tiga mubtalo bolganiga ishonch hosil qilib, 
qo'shinining yarmini ajratib, xazinasining yarmini 
ham berdi-da, o ‘gliga ruxsat qilib, shod etdi va u 
bilan xayrlashdi.
Farrux y o ‘lga ravona b o lib , hech yerda 
dam olishga to‘xtamay, tun-u kun yurib, sha-


harma-shahar kezib borardi. U zamonda odamlar 
КаЪа o'miga Quddusni tavof qilishardi. Farrux 
u shaharga yetib borganida yuz minglab ibo- 
datchilarning tavof qilish uchun yig‘ilishayot- 
ganini ko‘rdi. U ham pok ko'ngli bilan tavof etib, 
tufroqqa bosh qo'ydi-yu, sham kabi yiglar ekan, 
Yaratgandan o‘z murodigayetkazishini iltijo qildi. 
U o ‘zi izlayotgan go'zal mahbubasini uchratib, 
visolidan murod hosil qilishga shoshilardi. Bir 
necha kun hamma yoqni aylanib chiqsa ham 
sohibjamol dilbardan xabar topolmadi. Bir necha 
kundan so'ng tavof uchun bu yerga kelgan odam­
lar o‘z vatanlariga qayta boshlashdi. U g'amgin 
holda uyquga ketgan edi, tushida bir kishining: 
«Murodingga yetmoqchi bolsang, bu yerda tur- 
may, erta tongda Halab tomon y o l ol», - degan 
ovozini eshitdi. Uyg‘ongach, toqati toq bolib, 
Halab sari yolga tushdi.
Halab tomon borayotgan yolovchilar g'oyatda 
ko‘p bolib, yolda suv juda oz edi. Shuning uchun 
o‘zi bilan ikki-uch yuz kishini olib qoldi-da, qolgan 
sipohlarga Hindistonga qaytishni buyurdi. Ular 
istar-istamas vatanlari tomon yolga tushdilar. 
Shahzoda Halab tomon ketayotgan odamlarga 
hamroh bolib borarkan, sirdoshi dardi, do'sti 
oh edi. Yolda bir necha bor dam olib, ancha y ol 
yurib, nihoyat, shaharga yaqinlashdilar. Halab ya- 
qinidagi dasht-u shahar ko'chalari odamlar bilan 
tola bolib, hamma yoqdan shovqin-suron eshitilar- 
di. Farrux ular orasida o‘zi tushida ko‘rgan qora 
pardali kajavani izlardi. Bir mahal ko‘zi shahar 
darvozasi tomon yurib borayotgan tuya ustidagi 
qora rangli kajavaga tushdi. Shu dam shamol 
esdi-yu, kajava pardasini ko‘tarib 
5
rubordi-da,


uning ichida quyosh misol go‘zal bir parivash 
ko'rindi. Tushda ko'rgan sohibjamolni topganidan 
shodlikka tolgan Farrux uni qayta ko'rmoq uchun 
boqqan edi, parda yopiqligini ко‘rib, jahon uning 
ko'ziga qorong'i bolib ketdi. Ko'zida nur qolmay, 
hushini yo‘qotgan shahzoda o'ziga kelganida 
dashtni barcha tark etgan bolib, safar ahli o‘z 
vatanlari bolm ish Halab ichiga kirib ketgandilar. 
Farrux iztirobga tushib, yana hijron alamini torta 
boshladi. Buni sipohlarga sezdirmaslikka intil- 
sa ham, uning holatidagi o'zgarishni kuzatgan 
odamlari hayron bolib, shivirlasha boshlashdi. 
Ular shahar tashqarisidagi bir manzilga tushdi- 
lar. Xayolga botgan Farrux o‘z sipohlari so‘zlarini 
ham, o‘z so‘zlarini ham anglamasdi. Shahzoda 
holidan tashvishlanayotgan xodimlari uni o ‘rab 
olishdi, u esa o ‘zini uyquga solib yotaverdi. Buni 
ko‘rgan sipohlar xotiijam bolib uyquga yotish- 
di. Odamlarining qattiq uyquda ekanliklariga 
ishonch hosil qilgan Farrux o ‘rnidan turdi-da, 
qoliga qog‘oz-u qalam olib, shunday maktub 
yozdi: «Bu olam turli hodisalarga tola, taqdirda 
yozilganni ko‘rmaslikning iloji yo‘q. Mening taqdi- 
rimga ovoralik, ishq-u bechoralik yozilgan ekan, 
bu dardlami tortish men uchun zaruratdir. Sizlar 
esa bu gtirbatda turmay, meni ham izlab yurmay, 
vatanga qayting, tirik bolsam , sizlar bilan o‘sha 
yerda uchrashamiz». Bu xatni o'z o‘rniga qo У di- 
da, shohona kiyimlarini yechib, ustiga qora rangli 
bir matoni tashladi va uydan ohista chiqib, sha- 
harda ko‘chama-ko‘cha keza boshladi. Telbasifat 
har tomon yugurar ekan, bir gulxanni topdi-da, 
ustiga qora palosni yopganicha yana ishq o‘tida 
iztirob cheka boshladi.


Ertalab tong otgach, shahzodaning odamlari 
uni topisholmay, har tomonga yugurib uni izlay 
boshladilar. Ikki kecha-kunduz qidirsalar ham, 
harakatlari bekor ketdi. Nihoyat, u yozgan mak- 
tubni topib olishdi-da, yiglab-siqtab vatanlari 
tomon yolga tushdilar.
Farrux shohlikdan gado holiga tushgani, yuz 
baloga giriftor bolayotganini, o‘z ishiga chora to- 
polmayotganini o^lab g‘am chekar ekan, bir necha 
kun suv ham ichmadi, ovqat ham yemadi, oxiri: 
«Bu ahvolda yuraversam, ishim bitmaydi, yaxshisi, 
oyoqqa turib, yotib qolguncha yorimni izlay», - deb 
shahar ichiga qarab yol oldi. Bir-ikki kun ko‘cha- 
ma-ko‘cha sevgilisini izladi-yu, undan darak ham 
topolmay, behol bolib, bir vayrona ichiga kirib yotib 
qoldi, hayotdan to^ib, olar holatga yetishdi.
Halabda bir boy xoja bolib, mehmondorchilik 
uning odati edi. El orasida obro-e’tibori yuksak 
bu odamning mol-u davlati hisobsiz bolib, uyi 
mehmonxonaga o'xshar, oshna-yu begonalar 
uchun bu uy doim ochiq edi. Rahmdil va saxiy 
bu xojaning ismi Axiy bolib, ba’zi-ba’zida ot surib, 
y o l boshlari-yu vayronalami ko‘zdan kechirib yu- 
rarkan, mazlum va xastalami ко‘rib qolsa, darhol 
uning ko'ngli zaxmiga malham bolardi, shu tu­
fayli ham shahar ahli uni g'oyatda hurmat qilardi.
Bir kuni shu odatiga ko‘ra shaharni kezib 
yurgan Axiy Farrux behol b olib yotgan vay- 
ronaga nazar tashlar ekan, uni ко‘rib qoldi-da, 
otidan tushib, xastaning oldiga kelib: «Ey rahm-u 
shafqatga muhtoj odam, kimsan, ahvolingni 
menga malum qilgin», - deb murojaat qildi. Far­
rux yuzini ochib, salom berdi va o tirib: «Ey xoja, 
yolingdan qolma, mendan hol-ahvol ham so‘ra­


ma, toki ko'nglingga g‘amim asari yuqib, joningga 
o'tim uchqunlari tushmasin», - deb javob qildi. 
Uning pokiza yuzini ko‘rib, ta’sirchan so'zlarini 
eshitgan Axiyni:

Yüklə 10,71 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   168




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin