Qilayin sadqa joni zorimni. Tirik o‘lsa ЬоЧау fidosi aning, Beribon jon, topay rizosi aning. ОЧдап о ‘Isa, o‘zumg‘a tig‘ urayin, Diyatig‘a o ezumni o ‘ldirayin». Lekin toj-u taxt nomusi, odamlar oldidagi xijo-
lat, aql-u farosati bu ishlami qilishga yol bermadi.
Xuddi bir chumoli ikki ajdaho orasida qolganidek,
joni ikki balo o'rtasida iztirob chekardi: olik ham
emasdi, tirik ham. Uni tirik deb bolmasdi.
XVI
Shoh Bahrom yiglashga emas, kulishga mu-
nosib bolgan bunday ishni qilib qolgach, ikki
kungacha o'ziga kelolmay, ko'nglini shula, jonini
o‘q qiynadi. Uchinchi kuni holiga qaytdi-yu, um-
rining yorug' kuni qora tunga aylanganini bildi.
Tama uning ko‘ngli mulkini barbod qilgan edi:
ichiga chaqmoq tushib, vujudini o‘tga g‘arq qil-
gandek boldi. Hajrdan joni og‘ziga yetib, o‘midan
turdi-da, yolga tushib mahbubasi tashlab kelin-
gan vodiy tomon ot choptirib ketdi. Yetib borgach,
dasht-u sahroni kezib chiqdi-yu, o‘zi izlagan sarvi
ra’noni topa olmadi. Mayus bolib yuzlariga sha-
paloqlar urdi, baland ovoz bilan Shirinini topa
olmagan Farhoddek faryod chekdi. Bemor oshiq
kabi yerga yiqilib, chala soyilgan hayvondek tal-
pinar, ko'zidan qonli yoshlarini toldb, falakning
ko'nglini ham qon qilardi.
Dedi: «0‘z jonima ne qildim, voy! ВоЧипп buy la ish ne bildim, voy!
Kim o‘zi ko'ksin o‘zi chok etgay, Oezi jonin o'zi halok etgay? Ulcha men qildim, aylagaymu kishi, Bu ish ermas edi kishining ishi! ...Naylayin bu jahonni jonsiz men, Bui jahon birla jonni onsiz men? Jonni olgHlki, to‘ymisham billoh!