«мл т*'1шн» «* иа Alisher Navoiy


Bodakim olsa ixtiyor eldin



Yüklə 10,71 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə100/168
tarix20.11.2023
ölçüsü10,71 Mb.
#162698
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   168
Xamsa. Alisher Navoiy

Bodakim olsa ixtiyor eldin,
Ne ajab chiqsa har ne bor eldin.
Ishq ham mayg‘a aylasa imdod,
Tong emas borsa bor-u y o ‘q barbod.
*
*
*
Shoh Bahrom oshiqlig-u mastlik bilan mashgtil 
ekan, g‘aroyib ikki ish yuz bergan edi: birinchidan, 
u aysh-u ishrat bilan band bolib davlat ishlari- 
ni unutgach, mamlakatda beboshlik boshlanib, 
xalq xohlaganini qilishga tushdi. Zolimlar bosh 
ko'tarib, xalq qora kunlarga qoldi. Qaroqchilar 
tobora ko‘payib, barcha yollarda talonchilik qila 
boshlashdi; ichkilikbozlik kuchayib, din susaya 
bordi. Dashtlar bo‘rilar bilan tolib ketdi, ular- 
ga qoyiargina emas, cho‘ponlar ham yem bo la 
boshladi. Bu hollardan ogoh bolgan a’yonlardan 
bir nechtasi mamlakat-u xalqning ahvoli haqida 
shohni yashirincha xabardor qilishdi. Bahrom 
ularning so'zlarini tinglagach, mulohaza yuritib
qanday chora topish haqida о “у1ашЬ qoldi. Ni- 
hoyat: «Men shoh ekanman, bunday oy yuzli 
soqiylar topilaveradi, shoh bolmaganimda uning 
visoliga yetisha olarmidim?» - degan xulosaga kel- 
di. Uning ko‘ngli mulk-u xazinani tanlagan bolib, 
ishqni tark etishga bahona izlardi.
Shoh shu xil xayol bilan yashasa ham, ha- 
nuz kunlari ov qilish va yor qolidan may ichish 
bilan о‘tar ekan, toj-u taxt ishi uni tashvishga 
solib qo“ygan edi. Bir kuni shoh shirakayf holda 
ov qilar ekan, oy yuzli yori Dilorom ham yonida 
edi. Shu chog‘ dashtda tez yugurib borayotgan 
chiroyli bir g‘azol-ohuni ко‘rib qoldi. Shoh o ‘q


otishga shunday mohirediki, yonidagi hamrohlari 
qanday xohlashsa, hayvonni ular istagandek qilib 
otib oldirardi. Saydning qaysi tukini nishonga 
olsa, o‘qi o‘sha joyga borib tegardi. Shoh Bahrom 
yonidagi gul yuzli go'zalga qarab: «Ey parivash, 
tez yugurib borayotgan bu g‘azolning qaysi yeriga 
o‘q otay, sen nimani buyursang shunday oldira- 
yin», - dedi. Dilorom: «Oldin ikki qolini tushovla, 
toki u o'midan qo‘zg‘alolmay qolsin, so'ngra uning 
bo'g'ziga o ‘q ur», - deb javob qildi. Shoh o ‘z yori 
istagini bajo qilish uchun sadoqdan ingichka bir 
o'qni oldi-da, ohu tomon otib, ikki qolini birik- 
tirib qoydi. So'ng yo‘g‘onroq boshqa bir o ‘qni 
shunday otdiki, ohuning bo‘g‘zi kesilib, qoni oqa 
boshladi. Dilorom nimani orzu qilgan bolsa, 
shoh barchasini bajardi: hech kim qilolmaydigan 
mohirlikning uddasidan chiqdi. U o ‘z ishi uchun 
parivashning tahsin aytishini kutgan edi, lekin o‘z 
husn-u jamolidan mag'rur go‘zal shohga tahsin 
uchun og‘zini ham ochmadi, uning qolini ham 
o‘pmadi-da: «Har kim bir ishda ko‘p mashq qil- 
sa, shunday natijaga erishadi», - deb qo“ya qoldi. 
Shohga «boplading, barakalla!» deyish o'rniga, 
uning mahoratini mashq natijasi deb atash bilan 
cheklandi. Dilorom o‘z so'zini yana bir takrorlagan 
edi, shohning qoshi chimirildi, mahbubasi uning 
jahli chiqqanini sezib, o‘z xatosini tuzatmoqchi 
boldi-yu lekin:

Yüklə 10,71 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   168




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin