Gah sahro navardu, dashtxirom,
Ichibon saydning nishotig'a3 jom.
Onda ham hajrin ittifoq etmay,
Oni o‘zdin dame yiroq etmay.
Shoh sahro kezib, ov qilib, o ‘z ko'nglini xursand
etar ekan, bundan Dilorom ham huzur topardi.
Shoh sayd etsa, oyga o'xshash pari shohni sayd
qilardi. Shoh biron hayvonni halok etsa, Dilorom
o‘z ashulasi bilan jahonga g‘avg‘o solardi. Kuy
bilan nag'madan lazzatlanayotgan Bahrom sevgili-
si
qolidan may ichishni istar, bu bilan goyo o‘z
ko'nglidagi o ‘tni pasaytirmoqchi bolardi. Dilorom
visoli uning joniga o t solar ekan, undan ayrilish-
ni xayoliga ham keltirmas, yori ham, do‘sti ham,
hamrohi ham, suhbatdoshi ham shu pari edi.
Bir dam usiz qolsa, yoqasi o‘rniga kolcsini chok
qilardi. Oxiri shoh mamlakatni boshqarishni ham
unutib qoydi. Davlat ishlariga ham, sipohlar ah-
voliga ham e’tiborsiz bolib qoldi. Uch-to‘rt yil shu
holda kechgach, el bu ishlardan shikoyat qilishga
tushdi, xalq ichida turli gap-so‘zlar, hikoyatlar
tobora ko'proq tarqala boshladi. Kimki ishq bilan
oshno bolsa,
mamlakatda tinchlik, xotirjamlik
yo‘qoladi. Ishq
seli koshonalarni yiqitar ekan,
unga saroy bilan vayrona farqsizdir. Ishq ajdahoni
chumoliga aylantirib, shohni gado qiladi. Xullas,
jahon shohi bolgan Bahrom ishq askarlariga
asir bolib, sohibjamol yori
bilan aysh qilishdan
boshqa hamma narsani unutdi. Har kuni yangi
makonda
kuy va ashula eshitib, uning husn-u
ovozidan bahra olib, boda ichish shohning odatiga
aylandi.
3 Nishot - shodlik.