«мл т*'1шн» «* иа Alisher Navoiy


Ham yuzi oni beqaror etdi



Yüklə 10,71 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə107/168
tarix20.11.2023
ölçüsü10,71 Mb.
#162698
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   168
Xamsa. Alisher Navoiy

Ham yuzi oni beqaror etdi,
Ham so ‘zi oni ashkbor etdi.
Ne ко‘rub erdi uyla turfa jamol,
Ne bu yanglig‘ eshitmish erdi maqol.
Bildikim, bas aziz paykardur,
Angladikim, sharif gavhardur.
Keyin qiyinchilik bilan uni otga mindirib, uyiga 
olib ketdi-da, aziz mehmondek ehtirom ko‘rsa- 
tib, taom va sharbat bilan mehmon qildi. Farrux 
ham mehbonlik odobini namoyish etib, mezbon 
savollariga oqilona javoblar berar ekan, Axiyni 
lol qoldirardi. Mehmonga bir hujrada joy hozir- 
langandi. Lekin Farrux tuni bilan ishqdan nola 
qilib, g‘am-anduh chekar, kunduzlari xomush 
bolganicha mehmonxonada o'tirardi. Axiy unga 
xilma-xil liboslar taklif qilsa ham, mehmon o ‘z 
palosidan ayrilmasdi.
Xoja o‘z mehmoni yotgan hujra atrofiga bir 
necha mulozimni qo'yib, uning ahvolidan xabar- 
dor bolib turishni tayinlagandi. Bir kecha ular 
Farruxning yashirin oh-u ko‘z yoshlaridan ogoh 
bolib, bu haqda Axiyga xabar yetkazdilar. Xoja 
barcha odamlar uxlayotgan mahal hujra yoniga 
kelib quloq soldi-da, mehmonning dard-u alamlari 
haddan oshib, uning ko'ngliga ajib bir o‘t tutash- 
gani, elning eshitishidan andisha qilib, past ovoz 
bilan oh-faiyod chekayotganini, goh dilbari, goh 
sipoh-u mamlakatini eslab nola qilayotganini anglab,


ko'ngli buzilib, ko'zidan yoshlar oqiza boshladi. 
Mehmonning shoh ekanligi, lekin bir narsa uni iz- 
tirobga solib, bu yerlarga kelib qolganini sezdi-da, 
unga biror chora topib yordam ko'rsatishni diliga 
tugib qo'ydi. Buning uchun esa, awalo, dardi 
sirini bilish kerak. Bunday hollarda ishq o'tida 
qovrilayotgan oshiqlar ahvolini uni mast qilgan 
holda bilib olish mumkinligini eslagan Axiy shu 
yolni tutishga qaror qildi. Tong otishi bilan xoja 
mehmonxonaga y o l oldi, ketma-ket u yerga Far­
rux ham kirib keldi. Yeguliklarga m ol dasturxon 
atrofida ikkovlari tushga qadar qizgln suhbat- 
lashib o'tirdilar. Quyosh botishi yaqinlashgach, 
xoja may keltirishni va xonanda-yu sozandalami 
chaqirib kelishni buyurdi. Bazm boshlanib, mu- 
siqa-yu ashulalar yangray boshlagach, ichayot- 
ganlar sarxush boldilar. Shunda xoja qoliga may 
tola jomni olib, ta’zim bilan shahzodaga tutdi-da, 
o‘zi ham qoliga jom olib, ikkovlari ko'tarishdi. 
Soqiy barchaga qadah tutgach, o'zga bir soqiy 
yana qadahlarga may toldirib uzata boshladi. 
Shu tarzda qadahlar bir necha marta aylangach, 
bazm ahlining kayfi osha boshladi, hamma gapga 
tushib ketdi. Xoja esa Farruxni xonaga taklif etib, 
suhbat boshladi. Shahzoda ham kayfi oshgani 
uchun mamlakat-u davlati, amalga oshmagan 
orzularini eslab, ko'zlaridan yosh oqib, o ‘z boshi- 
dan o‘tganlami so'zlashga tushdi. Mayni oz ich- 
gan Axiy xilma-xil savollar berib, mehmonning 
nasabi-yu davlatini, Jasratxondek otasi borligini, 
tushida bir parivashni ко‘rib, oshiq bolganini, u 
parivash shaksiz Halabda yashashini bilib oldi. 
Xoja mehmon maftun bolgan go‘zalning ko‘rinishi 
qandayligi haqida savol berib, Farrux javoblarini


eshitar ekan, jismiga harorat, ko'ngliga iztirob 
tushdi. Chunlri mehmon aytgan belgilar uning 
ayoligaxos edi. Demak, bu oshiq yigitning ко‘ngli 
uning yostiqdoshiga tushib qolgan ekan. 0 ‘zicha: 
«Bu g'arib oshiq shohlig-u davlatidan voz kechib, 
olimga ham rozi bolib, oglr ahvolga tushib qolgan 
ekan, hijron dardida halok bolishi ham muqarrar. 
Uning dardiga mengina chora qila olaman.

Yüklə 10,71 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   168




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin