mulozimlari
olampa-
noh sogligini so‘rashga yigllgandilar. Tabiblarning
maslahatlaridan so‘ng ularning har biri bittadan
qasr qurib, bezatishga kirishishdi. Ular tun-u kun
ishlashib, imoratlami mumkin qadar tezroq qurib
tugatishga harakat qilishardi.
Shoh taxtidan o'ziga tobe’ bolgan yetti iqlim
tomon olib boradigan keng ko'chalar - shohrohlar
yaratilgan bolib, ulardan odamlar yurardi. Yetti
iqlim xon-u xoqonlari o‘z diyorlari tomon olib boradi
gan yollarda yetti ulkan qasr bunyod etdilar. Ular
ning har biri bir jannatga o‘xshardi. Ushbu xilma-xil
shakldagi binolami qiziqib tomosha qilarkan, shoh
Bahromning sogligl kun sari yaxshilanib borardi.
Muhandislar ishlarini tugallab, binolami bitka-
zishdi. Qurilish choglda ustalaming mahorati-yu,
binolaming salobatini tomosha qilib, o‘z dardiga
shifo topayotgan Bahrom bunyodkorlik ishlari
tugallangach, tom osha qilish imkoniyatidan
mahrum bolib qoldi. Tabiblar bu holatdan ogohlik
topgach: «Endi tezda mohir naqshband-u san’at-
pardozlami topib, qasrlami xilma-xil ranglarda
bezatishga kirishish lozim. Har bir qasrning ichi
bilan tashqarisi bir xil rangda bolishiga alohida
diqqat qilish zarur. Shunda ularni tomosha qilar
ekan, shahanshoh tuzala boradi», - deb maslahat
berdilar. A’yonlar Moniyni chaqirtirdilar-da: «Ey
mohir ustoz, sen oldingi ishlaring bilan shohni
xursand qilgan eding, endi bu qasrlarni ziynat-
lashga kirishib, yetti qasmi yetti rangga boyagin-
da, shohni shodmon aylab sihatiga madad qilgin.
Naqshlarni o ‘zing tanla, ko'ngling tilaganicha
bezat. Senga «Unday qil, bunday qil», deb aytmay-
miz», - dedilar.
Naqqosh bu so'zlarni eshitgach, barmoqla-
rini ko'ziga qo^ib «Unday bolsa, sizlar kerakli
narsalami keltirib bersangiz bas», - dedi-yu, ishni
boshlab yubordi. Mamlakatdagi bor naqqoshlar-
ni chaqirtirib, har qaysisiga bir ishni topshirdi.
Ustalarni naqshbandlik, zarkorlik kabi sohalar
boyicha yetti guruhga ajratib, ularga ishboshilar
tayinladi. O'zi esa ishlar rejasini tuzib, naqqoshlar
ishini kuzatib turardi.
Shoh Bahrom ertadan kechgacha imoratlami
sayr etar ekan, har qaysi timsolni koYganda, unga
maftun bolarkan, xayol ogtishiga cho'mar ekan,
ko'nglidagi tashvishlar ham unutilib borardi. Ko“p
fursat otmay, qasrlami bezash ishlari nihoyasi-
ga yetdi. Yetti qasr yetti rangda ziynatlangan edi.
Ulami tomosha qilgan shohning ko“nglida ishq opi
ning ba’zi uchqunlarigina qolgan edi. Tabiblar ko“p
maslahat qilishib: «Endi bu yetti qasming har biri
ichiga bittadan hurdek go'zal qizni keltirib qo^sak,
shoh butunlay tuzalib ketishi, quw at topishi
mumkin. Qaysi shohning hurvash qizi bolsa, uni
shahanshohga nikohlab bersin», - degan qarorga
kelishdi. Shohlar fikr yuritishib, bu muammoni ham
hal qilishdi. Yetti shohning yettita parimisol qizlari
bor edi. Har biri ham go'zal, ham oqila bolib, pok-
lik pardasida olam quyoshi, husn burjida ravshan
yulduz, lutf duijida pok gavhar bolib, shahanshoh
nikohiga munosib edi. Shohona bazm uyushtirib,
yetti go'zal shoh Bahromga nikohlandi-da, to^dan
so tig kelinlaming har biri o‘z otasi tomonidan qurdi-
rilgan qasmi manzil qildi.
Tabiblar shoh Bahromning qasrlarga borib
orom olish vaqtini belgilashib, haramlarga tashrif
buyurishni yulduzlar amriga ko'ra shanba kuni-
dan, mushkin (qora) rangli qasrdan boshlashga
maslahat berishdi.
Shanba kuni erta tongda Bahrom mushkbo'
go‘zal bilan may ichish uchun qora qasrga y o l
oldi. Bu yerdagi hamma narsa mushk rangida
bolib, qop-qora, mushkin taxtda Chin g‘azoli
o'tirar, qora rangdan zulmat tusini olgan uyda oy
yuzli go'zal zulmat ichidagi hayot suvi kabi ko‘ri-
nardi. Qora kiyimlar kiyib olgan Bahrom qasrga
kirgach, mahvash tomon yurdi. U taxtga chiqib
o'tirgach, yonidan quyosh rashkini keltiradigan
sohibjamol mahbuba joy oldi. Soqiylar ikkovlariga
mushk rangi qadahlarga mushk hidi anqib tur
gan may tutishdi. Shorn mushk sochib, olam
yuzini mushk rangiga bo‘yaganiga qadar qasrdagi
a’yonlar ishrat qilishar ekan, bu shanba Bahrom
uchun azali kun boldi. Hakimlar shohga bo'sadan
boshqa ishlardan uzoq bolishni buyurishgan
edi. Buni mahbuba ham bilar, shuning Uchun
o‘zini shohdan yiroqroq tutardi. Shoh kunduzlari
ishrat bilan band bolishi, kechalari esa ko'proq
uxlashi zarur edi. Lekin ko'nglidagi alam-qayg4i
ko‘zidan uyquni o'chirgandi. Mahvash o‘z par-
dasi ichiga kirib yotdi, lekin hijron shoh ko'ziga
jahonni qorongti qildi. U o‘z Diloromining uzun
sochlari xayoli bilan tolg'anardi. G‘am tuni azob
berayotgani, uyqusizlik o‘zini xarob qilayotgani-
ni sezgan shoh: «Bir-ikki xodimni qasr oldidagi
yoldan borib, biron odam yoliqsa, uni huzurim-
ga olib kelishga buyuringlar, toki u odam o ‘zi
ko'rgan-bilgan voqealam i yoki afsonalardan
menga so'zlab bersa, shoyad ko'zimga uyqu kelib
osojdsh topsam», - deb amr qildi. Yolga tushgan
xodimlar ko‘p o‘tmay shoh oldiga bir sayyohni olib
keldilar. Parda oldiga kelib, yer o'pib ko‘rpachaga
otirgan musofir shohning biron qissa aytib berishi
haqidagi hukmini eshitdi va uni duo qilgach o'zi
bilgan afsonani so'zlashga kirishdi.
Birinchi iqlim yo‘lidan kelgan
musofirning afsonasi
Bir bor ekan, bir yo‘q ekan, Hindis ton mam-
lakatida bir shoh bolgan ekan. Uning askarlari
cheksiz, xazinasi behisob b o lib , Xitoy ham,
Kashmir ham unga tobe’ ekan. Sarandib shahri
uning poytaxti bolib, ismi Jasrat, laqabi esa Xon
ekan. Hashamatni sevuvchi bu shohni jahon
eli Jasratxon deb atasharkan. Uning donishda
yagona, husnda nodiri zamona bir o‘gli bolib,
otasi ko'nglining sururi, hind xalqining ko‘z nuri
ekan. Uning lutf-u xulqi g'oyatsiz, fahm-u idroki
nihoyatsiz bolib, ilm-u kamolda ham mohir ekan.
Hech kimga ozor bermaydigan bu shahzodaning
ismi Farrux bolib, olam eli unga banda ekan. Qirq
yil sultonlik qilib, yoshi saksonga yaqinlashgan
shoh o'gliga mulk-u tojini, Hindistonning bor
mol-u dunyosini ham, Xitoy mamlakatining xiro-
jini ham berishni o'ziga faxr deb hisoblar, lekin
Farrux saltanatni emas, faqirlikni xush ko‘rar,
shu tufayli otasining taklifini rad etib kelar ekan.
Bir kecha ibodat paytida sajdadan so‘ng ko‘zi-
ga uyqu kelib, bir tush ko‘rdi: shahzoda bir bi-
yobonda behisob odamlar orasida yurganmish.
Kishilaming barchasi bir tarafga qarab ketishardi.
O'sha orada ustiga qora mato yopilgan bir mah-
mil - kajava ham bolib, bir mahal tong shamoli
esdi-yu, kajava pardasini ko'tarib yuborgan edi,
uning ichida bir pari, parigina emas, balki sharq
quyoshi otirgani ko'rindi. U quyoshning alangasi
shahzoda jismini kuydirdi. Bundan behol bolgan
Farrux kajava tomonga boqqan edi, dilini o'rtagan
parivash boshqa ko'rinmadi: parda uning chehrasi-
ni to‘sib turardi. Quloglga odamlarning: «Bu Quds
yeri», - degan ovozlarigina eshitildi, xolos.
Farrux cho'chib uyg‘ondi-yu, ko‘zidan uyqusi
o'chdi. Borgan sari harorati kuchayib, ko‘nglida-
gi iztirobi ortar ekan, biron chora topmasa, ishq
zulmidan o'zining halok bolishi muqarrarligini
anglab yetdi. So‘ng Quddus dashti tomon safar
qilishga bel boglab, tong otgach otasi huzuriga
y o l oldi-da, yer o‘pib, o‘z muddaosini bayon qildi:
Dostları ilə paylaş: |